Mavzu: Gazlamalarning o`relish turlari haqida ma`lumot Reja: Gazlamalarning o‘rilish turlari


Download 0.63 Mb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1228487
  1   2   3
Bog'liq
Materialshunoslik mustaqil ish




Mavzu: Gazlamalarning o`relish turlari haqida ma`lumot


Reja:

  1. Gazlamalarning o‘rilish turlari;




  1. Oddiy yoki bosh o‘rilishlar;




  1. Mayda gulli o‘rilishlar;




  1. Murakkab o‘rilishlar;




  1. Yirik gulli o‘rilishlar


Gazlamalarning o’rilish turlari

Asosiy ma’lumotlar. To’kuvchilik o’rilishlari turlicha bo’lib, gazlamaning xossalari va tuzilishini belgilaydi. Gazlamaning o’ngidagi naqshlari, silliqligi, tovlanishi, tanda va arqoq iplarning o’rilishiga bog’liqdir.

To’kuvchilik o’rilishlari gazlamaning bir qancha xossalariga: mustahkamligi, cho’ziluvchanligi, qalinligi, sitiluvchanligi, bikirligi, kirishishi va boshqa xossalariga ta’sir qiladi. To’quvchilik o’rilishlari o’z navbatida to’rtga guruhga bo’linadi:


I.Oddiy o’rilish;
II.Mayda gulli o’rilish;
III.Murakkab o’rilish;


IV.Yirik gulli o’rilish.

To’kuvchilik gazlamalarining o’rilishini aniqlash vaqtida bo’ylama qator tanda iplari, ko’ndalang qator esa arqoq iplari deb belgilanadi.

Agar tanda iplari arqoq iplarining yuqorisidan o’tib o’rilishi tanda yopilish, aksincha bo’lsa, arqoq iplari tanda iplarining yuqorisidan o’tib o’rilishiga arqoq yopilishi deyiladi.

Gazlama o’rilishining takrorlanuvchi qismi rapport deyiladi.

Gazlamaning uzunligi bo’ylab takrorlanadigan rapport arqoq bo’yicha rapport, gazlamaning eni bo’ylab takrorlanadigan rapporti esa tanda bo’yicha rapport deb ataladi.

Oddiy o’rilish. Oddiy o’rilishlar guruhiga polotno, sarja, atlas, satin o’rilishlar kiradi.Barcha oddiy o’rilishlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:

1. har qaysi tanda ipi rapportda arqoq ipi bilan faqat bir marotaba o’rilishadi:

2.har doim tanda bo’yicha rapport, arqoq bo’yicha rapportga teng bo’ladi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling