Mavzu: Gellarda bo`ladigan reaksiyalarni aniqlash
Download 14.42 Kb.
|
Mavzu: Gellarda bo`ladigan reaksiyalarni aniqlash. Reja: Gellarda bo`ladigan reaksiyalarni aniqlash O`quv mashg`ulotining maqsadi: Gellarda bo`ladigan reaksiyalarni aniqlashbo`yicha keng qamrovli bilim va ko`nikmalarni shakllantirish O`quv faoliyatining natijalari:Gellarda bo`ladigan reaksiyalarni aniqlash bo`yicha tajriba bajaradilar, xulosalar yoziladi. Kerakli asbob va reaktivlar: Tagi yassi ikkita shisha kosacha, ikkita probirka, 5 ml li pipetka, quruq jelatina poroshogi, kristalik kaliy bixromat, kumush nitratning 8,5% li eritmasi. Tajriba: 4 g jelatina va 0,12 g kaliy bixromat 120 ml distillangan suvda eritiladi. Hosil qilingan eritma tagi yassi ikkita kosachaga yupqa qavat qilib qo`yiladi: uzunligi 15-18 sm keladigan ikkita probirkaga ham shu eritmadan quyib to`latiladi. Jelatina batamom qotgandan keyin tagi yassi kosachaning ichida hosil bo`lgan yupqa gel qavati o`rtasiga (bir joyiga) kumush nitrat eritmasidan 5 tomchi tomiziladi. Kosachaning qopqog`i yopiladi va sal ham qimirlatmay qo`yiladi. Probirkadagi jelatina qotgandan keyin hosil bo`lgan gel ustiga 5ml kumush nitrat eritmasi pipetka yordamida ehtiyotlik bilan probirka chetidan qo`yiladi. Bir sutkadan keyin kosachalarda kontsentrik halqalar, probirkalarda esa gorizontal kumush bixromat qavatlari paydo bo`lganini ko`rish mumkin. Bunda hosil bo`lgan qizg`ish Ag2Cr2O7halqalari hamda bo`yalmagan gel halqalari navbatma-navbat joylashgan bo`ladi. Nazorat savollari : 1.Diffuziya prosessi toza suyuqliklarda qanday tezlikda boradi va uning sababini tuchuntiring ? 2. Diffuziya prosessi gellarda ancha sekin boradi va uning sababini tuchuntiring? Download 14.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling