Mаvzu: Geodezik ishlar va geodezik tarmoqlar haqida ma`lumot
Download 13.83 Kb.
|
Презентация12222
Anvar, [19/10 2023 19:03] 9-mа`ruzа Mаvzu: Geodezik ishlar va geodezik tarmoqlar haqida ma`lumot. Mа`ruzа rеjаsi: 1. Geodezik tarmoqlar.. 2. Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash 3. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari 4.Triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya uslublari Joyda o’rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan, koordinatasi(X,Y) va absolut balandligi(H) aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkti deyiladi. Bunday nuqtalar yig’indisi geodezik tayach tarmog`ini tashkil etadi.Planli koordinatasi ma’lum bo’lgan tayanch punktga planli tayanch punkt, absolut balandligi ma’lum bo’lgan tayanch punktga balandlik tayanch punkti deyiladi. Shunga yarasha geodezik tarmoqlar planli-balandlik (X, Y va H ma'lum), faqat planli (X, Y ma'lum) va faqat balandlik (H,ma'lum) tarmoqlariga bo‘linadi. Geodezik tayanch tarmoqlari Davlat geodezik tayanch tarmoqlari (DGT), Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari (MGT) va Tasvirga olish tayanch tarmoqlariga (TOTT)bo’linadi.Davlat geodezik tayanch tarmoqlari maxsus dastur asosida barpo qilinadi va barcha masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi va mudofaasiga, turli ilmiy va texnikaga doir masalalarni yechishda ham davlat geodezik tayanch tarmoqlariga asoslaniladi.Masalan,Yerning shakli va kattaligini, yer po’stlog’ining harakati, qit’alarming siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va boshqalar davlat geodezik tayanch tarmoqlari natijalaridan foydalanib aniqlaniladi. Yirik muhandislik imshootlarining loyihalari joyga geodezik tayanch punktlarga tayanib ko’chiriladi. Davlat geodezik tayanch tarmoqlari mamlakatimizning istagan joyida bir-biriga bog’lanmagan holda bir vaqtda yoki turli vaqtda tasvirga olishga va geodezik o’lchash ishlarini bajarishga, bu ishlarda ro’y beradigan tasodifiy xatolar ta’sirini kamaytirishga, mazkur ishlarning qanchalik aniq bajarilganini tekshirishga, shuningdek, barcha geodezik o’lchash ishlarini yagona koordinata sistemasi (YKS)ni bog’lashga imkon beradi. Anvar, [19/10 2023 19:04] Màvzu Geodezik ishlar va geodezik tarmoqlar haqida ma`lumot Bu səhifədəki naviqasiya: Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash 9.1-rasm. Geodezik tayanch punktni joylashtirish Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari. 1:500, 1:5000 masshtabli topografik planlar olish uchun va qurilish maydonlarida bajariladigan geodezik ishlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tasvirga olish tarmoqlari barcha masshtabda planlar olish uchun bevosita asos bo’lib hisoblanadi. Tasvirga olish tarmoqlarini hosil qilih uchun teodolit yo’li, geometrik tarmoq, to’g’ri va teskari kesishtirish usullaridan foydalaniladi. Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari bilan tasvirga olish tarmoqlari ham planli va balandli geodezik tayanch tarmoqlariga bo’linadi. Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash 9.1-rasm. Geodezik tayanch punktni joylashtirish Geodezik tayanch tarmoqlari punktlarini o’rni punktlarning ahamiyatiga va ulardan foydalanish muddatiga qarab belgilanadi. Davlatgeodezik tayanch tarmoqlaridan uzoq vaqt foydalanish uchun ularning punktlari joyda mustahkam saqlanadigan doimiy belgilar bilan belgilanadi. Bu belgilarga markaz deyiladi.Joyning tabiiy geografik sharoitiga va geodezik punktning qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab turli markazlar qo’llaniladi. Markazlarning tuzilishi va joyga o’rnatilishi maxsus ko’rsatmalarda beriladi. Yerning muzlash chuqurligi 1,5-2 m gacha bo’lgan joylarda o’rnatiladigan markazlar 9.1-rasm (a) da, qoyali joyga o’rnatiladigan markazlar 9.1- rasm (b) da ko’rsatilgan (rasmlarda markazlarning o’lchami sm hisobida berilgan). 9.1-rasm (a) dagi markazni o’rnatish uchun yer ikki metrdan chuqurroq qazilib, uchta beton monolit o’rnatilgan. Beton monolitlar cho’yandan yasalgan markalar bitta tik chiziqda yotadigan qilib joylashtirilgan markalarning tuzilishi turlicha bo’lib, shulardan biri 6.1-rasmda ko’rsatilgan (bu rasmda marka o’lchami mm hisobida berilgan). Cho’yan marka qopqog’idagi 2 mm li teshikcha punktning markazi hisoblaniladi. Geodezik tayanch tarmoqlarini o’tkazish vaqtida ana shu teshikchaning koordinatasi aniqlaniladi. Ustki monolitdagi marka yerga 50 sm chuqurlikda ko’milishi lozim. Joydagi markazni osonlikcha topish uchun ustki monolit tepasiga beton ustun o’rnatiladi. Bir punktdan ikkinchi punktni kuzatish maqsadida ularning markazi ustiga maxsus geodezik belgi-piramida o’rnatiladi. P Anvar, [19/10 2023 19:05] Màvzu Geodezik ishlar va geodezik tarmoqlar haqida ma`lumot Bu səhifədəki naviqasiya: 9.6-rasm.Triangulyatsiya uslubi ( 9.7-rasm.Trilateratsiya uslubi Triangulyatsiya uslubi. Triangulyatsiya uslubida qator uchburchaklarning barcha ichki burchaklari (9.6 -rasmda β1, β2, β3,..., βn), boshlang’ich va oxirgi uchburchaklarning biror tomoni (AB va MN) o’lchanishi lozim.Har bir uchburchakning ichki burchaklarini o’lchash uchun ularning uchlari bir-biridan ko’rinishi kerak. Shuning uchun uchburchak uchlari sifatida baland nuqtalar tanlanadi. Biroq bu nuqtalardan hosil bo’ladigan uchburchaklar mumkin qadar teng tomonli bo’lishi shart. Joyda triangulyatsiya uchburchaklarining uchlariga markaz, markazga piramida yoki signal o’rnatiladi. Triangulyatsiya punktlarining koordinatalarini aniqlash uchun uchburchaklarning ichki burchaklari bilan bir qatorda boshlang’ich uchburchakning biror tomonini (AB tomon) va bu tomonning haqiqiy azimuti yoki direksion burchagi (α) ni ham o’lchash kerak. Agar (ABC) yassi uchburchakning (AB) tomoni hamda barcha ichki burchaklari (β1, β2, β3 ) ma’lum bo’lsa, qolgan tomonlarni sinuslar teoremasiga asoslanib chiqarish mumkin 9.6-rasm.Triangulyatsiya uslubi ( 9.7-rasm.Trilateratsiya uslubi BCD) uchburchakning (CD) va( BD) tomonlari BC tomon bilan ichki burchaklar (β4, β5, β6) qiymatlariga asoslanib topiladi. Keyingi uchburchaklarning tomonlari ham shu tarzda aniqlanadi. Boshlang’ich uchburchakning bevosita o’lchanishi kerak bo’lgan tomoni juda uzun bo’lishi va joydagi sharoit uni o’lchashni qiyinlashtirishi mumkin. Bunday hollarda uchburchakning bu tomoni bevosita o’lchanmasdan, boshqa yordamchi tomon (9.6-rasm,a.b)ning ma’lum uzunligiga qarab hisoblab chiqariladi. Shu maqsadda joyda yordamchi uchburchak (aAb)va (aBb)lar yasaladi. Bular bazis tarmoq bo’ladi. Bazis tarmoq (aAbB) to’rtburchak hamda (AB) va (ab) diagonallardan iborat. Bazis tarmoqning bazis tomoni (ab) va burchaklari (φ) va (ψ) bevosita o’lchanadi. Bu o’lchash natijalariga asoslanib triangulyatsiya uchburchagining bazis tomoni (AB) hisoblab chiqariladi. Bazis tarmoqning bevosita o’lchangan tomoni (ab)ga chiqish tomoni deyiladi. Bazis (chiqish) tomonning haqiqiy azimuti (α) va biror uchining geografik koordinatalari astronomik kuzatish natijasida aniqlaniladi. Bazis tomonning geografik koordinatasi aniqlangan uchiga Laplas punkti deyiladi. Bazis (chiqish) tomonning haqiqiy azimuti va burchak qiymati ma’lum bo’lgach, triangulyatsiya uchburchaklari boshqa tomonlarning haqiqiy azimuti (direksion burchagi) hisoblab chiqariladi. Laplas punktining koordinatalari aniqlangach va triangulyatsiya uchburchaklari o’lchangach, triangulyatsiya uchburchaklari uchlari (punktlari) ning planli koordinatalari birin-ketin hisoblab chiqariladi. Triangulyatsiya uchburchaklarining ichki burchaklari va bazis tomonini o’lchagan vaqtda kichik bo’lsa-da, har holda tasodifiy xato ro’y beradi. Bu xato o’lchash natijalariga ta’sir etmasligi uchun uchburchaklar qatoridan birontasining koordinatalari astronomik uslubda aniqlanadi va bazisi (6.6-rasm MN) yoki chiqish tomoni (cd) joyda bevosita o’lchanadi. So’ngra bu tomondan yana uchburchaklar qatori boshlanib ketadi. Anvar, [19/10 2023 19:08] Màvzu Geodezik ishlar va geodezik tarmoqlar haqida ma`lumot Bu səhifədəki naviqasiya: Poligonometriya uslubi. 9.8-rasm .Poligonometriya uslubi Trilateratsiya uslubi . Keyingi yillarda masofani o’lchashda radioelekrtonika vositalari keng qo’llanilmoqda; bu esa geodezik tayanch tarmoqlari hosil etishning yangi trilateratsiya uslubini keltirib chiqaradi. Trilateratsiya uslubida qator uchburchaklarning tomonlari radiodalnomer va svetodalnomerlar bilan o’lchanadi. Uchburchaklarning burchak qiymatlari (6.7-rasm β) uchburchaklar tomonlari (a, b va c) ning uzunliklariga asoslanib, quyidagi formulalar yordamida topilishi mumkin. yoki bu yerda: 2p=a+b+c. O’lchash va hisoblash natijalaridan uchburchak uchlari (punktlari)ning koordinatalari topiladi. Uchburchak uchlari koordinatalarini juda aniq hisoblash kerak bo’lganida triangulyatsiya va trilateratsiya uslublaridan baravar foydalaniladi. Bunda uchburchaklarning barcha ichki burchaklari va tomonlari joyda bevosita o’lchanadi. Poligonometriya uslubi. Bu uslubda koordinatalari aniqlangan punktlarni tutashtiruvchi chiziqning uzunligi hamda tutash chiziqlar orasidagi gorizontal burchaklar o’lchanadi. Triangulyatsiya punktlari kabi poligonometriya punktlari ham joyda maxsus markaz bilan belgilab, markazga geodezik belgi (piramida yoki signal) o’rnatiladi. Poligonometriya yo’li ochiq polygon(6.8-rasm.a) yoki yopiq poligon (6.8-rasm,b) bo’lishi mumkin. Ochiq poligonometriya yo’li odatda koordinatalari ma’lum bo’lgan ikkita tayanch punkt oralig’ida o’tkaziladi. Yopiq poligonometriya yo’li esa koordinatasi ma’lum bo’lgan punktdan boshlab yana shu punktga bog’lanadi. Bir necha poligonometriya yo’llari poligonometriya tarmog’ini tashkil etadi. 9.8-rasm.Poligonometriya uslubi Triangulyatsiya uslubini qo’llab bo’lmaydigan rayonlarda, masalan, o’rmon zonasida yoki shahar ichida punktlar bir-biridan ko’rinishi uchun juda baland geodezik belgi (signal) o’rnatilishiga to’g’ri kelgan hollarda geodezik tayanch tarmoqlari qurishda poligonometriya uslubi qo’llaniladi. Bu uslub poligon tomonlarini o’lchash usuliga qarab, magistral, parallaktik va dalnomer poligonometriyalarga bo’linadi. Magistral poligonometriya koordinatalari ma’lum bo’lgan ikkita tayanch punkt oralig’ida o’tkazilgan poligondan iborat, bunda poligon burilish nuqtalari(1, 2, 3..,) ning koordinatalarini aniqlash uchun joyda bu nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqning uzunligi (d1, d2, d3, …, dn) poligon burilish burchaklari (β1, β2, β3,..., βn) hamda yondosh (ψ1, ψ2) burchaklar o’lchanadi. Boshlang’ich tomonning ma’lum direksion burchagi (α5) dan hamda burchak qiymatlaridan foydalanib formulalar yordamida hisoblab chiqariladi. Ochiq poligonda oxiri (CD) tomonning ma’lum direksion burchagi (α0) direksion burchaklarni hisoblashda nazorat bo’lib hizmat qiladi. Boshlang’ich punkt (B) ning koordinatalari, direksion burchaklar hamda tomonlar ma’lum bo’lgach to’gri geodezik masalani yechish yo’li bilan poligonometriya punktlari birin ketin aniqlanadi. Poligonometriya punktlarining koordinatalarini hisoblashda oxirgi punkt (C) ning ma’lum koordinatalari nazorat bo’lib xizmat qiladi. Paralaktik poligonometriyada poligon tomonlari bevosita o’lchanilmaydi, balki boshqa yordamchi tomonlarning uzunligidan foydalanib hisoblab chiqariladi. Bu usul masofani o’lchash qiyin bo’lgan joylarda qo’llaniladi. (6.9-rasm a) da (ABCD) poligonometriya yo’li berilgan. Uning (AB, BC va CD) tomonlarini aniqlash uchun ularga perpendikulyar va simmetrik qilib (db, mn va kl) bazislar olinadi. Bazislar joyda bevosita o’lchanadi. Bazislardan tashqari, paralaktik burchaklar (φ1, φ2 φ3 va ψ1, ψ2, ψ3)ham o’lchanadi. Poligon tomonlari quyidagi formulalar yordamida hisoblab chiqariladi: Poligon tomonlarining burchaklarini hisoblab chiqarish uchun poligon burilish burchaklari (β1, β2,) o’lchanilishi kerak. Shu ma’lumotlardan foydalanib, to’g’ri geodezik masalani yechish yo’li bilan poligon punktlarining koordinatalari topiladi. Anvar, [19/10 2023 19:08] Ba’zi joylarda, daryo jar va boshqalar bo’ylab poligonometriya o’tkazilganda poligon yo’lning yo’nalishiga qarab simmetrik qilib bazis olish qiyin bo’ladi. bunday vaqtda punkt oralab bazis olinadi. Bu bazis (b1 va b2) lar poligonometriya yo’li burilish burchagining bissektrtisasi bo’yicha (6.9-rasm b) joylashtiriladi.( b1) bazisdan poligon yo’lining (d1) tomonlar uzunligini hisoblashda foydalaniladi. Har bir poligon bo’laklarining bazislaridan tashqari paralaktik burchaklar, bazis yon burchaklari hamda poligon tomonlari yo’nalishlari orasidagi gorizontal burchaklar o’lchanadi. Bunday poligonometriyada poligon tomonlarining uzunligini quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi: Download 13.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling