Toifalash sharhini tuzish qoidasi:
1. Toifalar bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.
2. Bitta mini - guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.
3. Ta’lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo’yilgan toifalarni berish mumkin emas bu ularning mustaqil tanlovi bo’la qolsin.
Toifalash jadvali
Masalan, Jahonning siyosiy xaritasi mavzusida mamlakatlarni toifaga ajratish ucnun ushbu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:
Toifalar
|
Davlat
|
Mamlakat
|
Maqomi noma’lim davlat
|
Monarxiya
|
Respublika
|
|
|
|
|
|
KONTSEPTUAL JADVAL. Texnologiyaning maqsadi: O’rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo’yicha taqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’tkazilish tartibi: Kontseptual jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Taqqoslanadiganlarni aniqlaydilar, olib boriladigan taqqoslanishlar bo’yicha, xususiyatlarni ajratadilar
Alohida yoki kichik guruhlarda kontseptual jadvalni to’ldiradilar.
- Uzunlik bo’yicha taqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi;
- Yotig’i bo’yicha taqqoslanish bo’yicha olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi.
Ish natijalarining taqdimoti
Kontseptual jadval
“QANDAY?” DIAGRAMMASI. “Qanday?” diagrammasi quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo’ysunuvchi metod hisoblanadi.
Texnologiyaning maqsadi:
Muammo to’g’risida umumiy tasavvurlarni olish imkonini beruvchi, mantiqiy savollar zanjiri. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’tkazilish tartibi:
Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o’zlarining chizmlarini to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar
Diagrammani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagrammani tuzadilar
Ish natijalarining taqdimoti
Quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo’ysunuvchi “Qanday?” diagrammasi
Do'stlaringiz bilan baham: |