Mаvzu: Geologiyada vaqt. Geoxronologiya
Geologiyada vaqt. Geoxronologiya
Download 479.2 Kb.
|
10 ma\'ruza Geologiyada vaqt. Geoxronologiya
10.1. Geologiyada vaqt. Geoxronologiya
Planetamiz yoshini bilish insonlarni uzoq vaqtlardan beri qiziqtirib kelmoqda. Yerimizning yoshini yillar bilan ifodalab berishga qilingan urinishlar absolyut geoxnologiya deb nom olgan. Geologik yil hisobining yana bir usuli bor. U shundan iboratki, Yer tarixini dunyoning taraqqiyiga qarab bo'ladilar. Organik qoldiqlarni o'rganish shuni ko'rsatadiki, qazilma holida uchraydigan formalar asta-sekin bir-birlari bilan almashib turgan shu bilan birga organizmlar progressiv taraqqiyoti yo'lida muayyan jarayondan o'tgan. Eng qadimgi qatlamlarda Yuqori tipdagi hayvonlar va o'simliklarning vakillari bo'lmagan holda, juda sodda organizmlarni uchratamiz. Organizmlarning formalari asta-sekin mukammallashib borgan va yangilari bilan almashinib turgan. Shunday qilib, bu formalarning ma'lum almashinishi va demak, ularga muvofiq kelgan Yer tarixi bo'laklarini ham aniqlanishi imkoniyati tug’ildi. Biroq, materialning ozligi tufayli bu masala echilmay kelmoqda. Bugungi vaqtdagi ayrim tekshiruvchilarning Yer yoshi to'g’risidagi hisoblari bir-birlaridan juda katta farq qilgan. Masalan, Uzoq sharq xalqlari - xitoy va Yapon xalqlari hisobicha dunyoning yoshi bir necha o'ng ming yilga, ba'zan esa yuz mingdan ortiq yilga teng. O'rta dengiz atrofidagi xalqlar, jumladan yaxudiylar fikricha Yer eramizdan bir necha ming (besh mingcha) yil muqaddam paydo bo'lgan. Bu yil hisobi xristian dinida qabul qilingan va butun o'rta asrlar mobaynida asosiy yil hisobi bo'lgan. Byuffon ayrim xususiy xossalar asosida Yerning yoshi ancha uzoq o'tmishga ega bo'lishi kerak, shuning uchun uni taxminan 35000 yilga teng deb hisoblash kerak deganda buni masxara qilganlar va Byuffon inkivizatsiya sudidan qo'rqganidan o'z fikridan qaytishga majbur bo'lgan. Buning ustiga bu masalada xristianlar bir-birlari bilan kelisha olmaydilar, masalan, Antioxiya episkopi feofil Odam atodan Isogacha 5515 yil, Avgustin-5351 yil, Ieronim esa - 3941 yil o'tgan deb hisoblaydilar: bular ham xaledeyarliklar va misrliklar, forslar haqida qadimgi avtorlar qoldirgan va bundan ham ko'p bo'lgan yil hisoblarini va hozirgi vaqtda xitoylarning o'z xalqlari to'g’risidagi yil hisoblarini aslo rad qila olmaydilar. Yerda yuz bergan ayrim jarayonlarning muddatini aniqlashga ham konkret urinishlar qilingan edi. Masalan: dastlabki okean chuchuk bo'lishi kerak deb taxmin qiligan, chunki u Yerning 100 gradusdan past temperaturagacha sovugan vaqtida yog’in-sochin hisobiga paydo bo'lgan. Hozirgi yog’inlarning suvi esa deyarli distirlangan, deyarli butunlay tuzsiz. Holbuki, hozirgi okeanlar ancha Yuqori sho'rlikga ega, ya'ni har bir litr okean suvida o'rta hisob bilan 35,5 g tuz bor. Bu tuz qaerdan kelishi mumkin? U dengizga ko'p miqdorda mineral suvlarni olib keladigan daryolarning quyilishi natijasida to'plangan. Shunday qilib, daryolar okeanga yildan-yilga ko'p miqdorda tuz olib keladi. daryolarnig har yili olib keladigan tuzlari miqdorini hisoblab chiqarish mumkin. Chunki, okeandagi suvning umumiy hajmi ma'lum bo'lsa, u holda ilgari chuchuk bo'lgan okean qancha vaqt ichida, hozirgacha sho'r bo'lishini hisoblab chiqarish qiyin emasdey tuyular edi. Ma'lum bo'lishicha, bu vaqt taxminan 500000 yilni tashkil qilar ekan. Rasm 26. Yerning tarixi Keyingi yillar ichida, radiy kashf qilinganidan keyin radioaktiv jarayonlar natijasida hosil bo'ladigan mineral massalardan Yerning yoshini aniqlash usuli qo'llaniladi. Agar radiy usuli bo'yicha aniqlash etarli takomillashgan vaqtda olingan natijalarni (12 milliard yil) chiqarib tashlansa unda xozirgi geofziklarning ko'pchiligi Yerning yoshini 3 mlrd dan 4 mlrd gacha hisoblaydilar. Shunday qilib, planetamizning yoshi qadimgi xalqlarning tasavvuriga nisbatan ancha cheksiz muddatga ega ekan. . Yerimizning yoshini yillar bilan ifodalab berishga qilingan urinishlar absolyut geoxronologiya deb nom oldi. Absolyut yoshni aniqlash usullari turlicha bo'lib, ular yotqiziqlarni yotishini o'rganishga, yotqiziqlarni emirilishini o'rganishga, Yerning issiqlik rejimini o'rganishga va boshqa geologik jarayonlarni o'rganishga asoslangan. Masalan: Nil daryosi 100 yilda 151sm qalinlikdagi yotqiziq olib kelar ekan. Nil daryosi yotqiziqlarining umumiy xajmini bilgan holda bu yotqiziqlarni hosil bo'lishiga 4082-6350 yil ketganligini aniqlash mumkin. Yana bir misol, Niagara sharsharasi 100 yilda 31m. ga kengayar ekan. Sharsharaning umumiy kengligini bilgan xolda u taxminan 36000 yilda hosil bo'lganligini hisoblab chiqish mumkin. Hozirgi vaqtda absolyut yoshni aniqlashni bir qancha radioaktiv moddalarga asoslangan usullari bor. Ular jinsning tarkibidagi radioaktiv moddalarning miqdorini aniqlashga asoslangan. Uran (U) ta toriy (Th) parchalanganda o'zidan issiqlik chiqaradi va geliy va qo'rg’oshinga aylanadi. O'rganishlar natijasiga 1gramm Uran parchalanishi natijasida 1 yilda 9.10-6 sm3 geliy va 7.4.10-9 gr. Qo'rg’oshinga aylanar ekan. Jinslarning tarkibidagi Uran, geliy va qo'rg’oshinlarning miqdorini bilgan holda quyidagi formula yordamida jinsning absolyut yoshini aniqlash mumkin: n n1 A= ------------------ (geliy uchun); A= --------------------- (cho’rg’oshin uchun); m Download 479.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling