Mavzu: Geometrik materiallarni o'rgatish metodikasi


Download 20.96 Kb.
bet2/2
Sana05.04.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1276580
1   2
Bog'liq
Geometrik materiallarni o\'rgatish metodikasi

Jihozlar. O'quvchilarda amaliy ishlarda chizmalar (rasmlar, sxemalar) chizishlari uchun kataklarga bo’lingan maxsus daftar, shuningdek, chizg’ich, go'niya, chizmachilik uchburchagi va qalamlar bo’lishi kerak. O’qituvchi chizmachilik qurollaridan foydalanish qoidalarini o’quvchilarga tushuntirib berishi lozim. Masalan, chizg’ichdan foydalanishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat chizg’ichning bo’linmalar qo’yilgan qirrasi faqat o’lchash uchun mo’ljallangan, to'g'ri chiziq kesmalarini chizish uchun uning ikkinchi qirrasidan foydalaniladi. Chizg’ich ifloslanmasligi va chizilgan kesma ravshan bo’lishi uchun chizmani faqat qalam bilan chizish loizim. Qog’ozga chizg’ichni shunday qo’yish kerakki, o’lchanayotgan yoki chizilayotgan kesma chizg’ichning yorug’lik tushib turgan tomonida qolsin. Ishga kirishishdan oldin o’qituvchi chizmachilik qurollarini tartibli saqlash zarurligini bolalarga tushuntirishi lozim: chizg’ich va go’niyada bo'lishi, chizg'ichning bo’linmalari ravshan ko’rinib turishi, qalamlar yaxshi ochilgan bo’lishi kerak. Sinfda o’rganilayotgan figuralarning xossalarini namoyish qilish uchun ko’rsatmali qurollar majmui, shuningdek o’quvchilar bajaradigan rasmlar, sxemalar o’xshash ko’rgazmali rasmlar, sxemalar bo’lishi lozim.
Chizmachilik sinf doskasida bajarish uchun doskaning bir qismi kataklangan bo’lishi kerak.
Darsni tashkil etish. Yangi materialni o’rganish uchun mo’ljallangan amaliy ishlarga 10-12 minut (3-4-sinflarda esa darsning ko’proq qismini ham) mashq va tekshirish ishlariga esa 8-10 minut ajratish maqsadga muvofiqdir. Ishni boshlashdan oldin o’qituvchi bolalarga topshiriqni aytib beradi, suhbat o’tkazadi, bunda chizma yoki modelni namoyish etadi. O’quvchilar o’qituvchining gapini diqqat bilan tinglaydilar va qilinadigan ishning hamma jihatlarini tushunib olishga harakat qilib, suhbatda ishtirok etadilar.
O’quvchilar ishni bajarayotganlarida o’qituvchi qiynalayotgan o’quvchilarga yordam berishi kerak.
Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling