Mavzu: Geoxronologik jadvalni o`rgnish 1-Topshiriq. Geoxronologik jadvalni o`rganish va tahlil qilish Geoxronologik jadval


Download 22.36 Kb.
Sana30.01.2024
Hajmi22.36 Kb.
#1808694
Bog'liq
Amaliy mashg`ulot № 5


Amaliy mashg`ulot № 5
Mavzu: Geoxronologik jadvalni o`rgnish
1-Topshiriq. Geoxronologik jadvalni o`rganish va tahlil qilish
Geoxronologik jadval

Eralar
mln. yil


Davrlar (mln yil) va ularning indekslari


Asosiy tabiiy voqealar.


Tarkib topgan foydali qazilmalar


Kayna-zoy


erasi

To`rtlamchi yoki avtoropogen davri 1,3 mln. yil, K


Bir necha bor muzlik bosgan. Hozirgi zamon relyefi paydo bo`lgan.


qurilish materiallari (gil, qum), torf, sochma oltin.


Neogen davri, 21 mln.yil, N


Tez-tez kuchli vulqonlar otilib turgan. Ilgari yaxlit bo`lgan O`rta dengiz, Qora, Kaspiy, Orol dengizlari bo`linib ketgan. Odamsimon maymunlar taraqqiy etgan


Qo`ng`ir ko`mir, neft, qahrabo, toshtuz, cho`kindi temir rudalari, qurilish materiallari (granit, marmar)


Paleogen davri. 42 mln yil. R


Mezozoy erasida ko`tarilgan tog’lar yemirilib ketgan. Alp tog’ burmalanishi boshlangan


Qo`ng`ir ko`mir, neft-yonuvchi slaanes fosforit, toshtuz, cho`kindi temir rudalari, alyuminiy rudasi (boksitlar).


Mezozoy erasi


Bo`r, 70 mln yil, K


Yopiq urug’li o`simliklar paydo bo`lgan, sudralib yuruvchilar qirilib ketgan. qushlar taraqqiy etgan, sut emizuvchilar paydo bo`lgan.


Ko`mir, neft, yonuvchi gaz, fosforit, bo`r.


Yura, 58 mln yil, J


Iqlim issiq va sernam bo`lgan. Ochiq urug’li o`simliklar keng rivojlangan. Sudralib yuruvchilar ko’paygan. qushlar paydo bo`lgan.


Toshko`mir, qo`ng`ir ko`mir, neft, fosforit, yonuvchi slanes.


Trias, 45 mln yil, T.


qadimgi sudralib yuruvchilar qirilib ketgan mezozoy sudralib yuruvchilari paydo bo`lgan.


Tosh tuz, neft, ko`mir, alyuminiy xom ashyosi.


Paleozoy erasi


Perm, 45 mln. yil. R


Gersin burmalinishi tugagan. Iqlim quruq bo`lgan. Daraxtsimon paporotnik qirqbo`g`inlardan iborat o’rmonlar tugab ketgan, yalang’och urug’li o`simliklar paydo bo`lgan. Sudralib yuruvchi hayvonlar ko’payib ketgan.


Tosh tuzi, kaliy tuzi, gips, ko`mir, neft, gaz.


Toshko`mir (karbon) 60 mln. yil, S


Kaledon tog’ tizmalari yuvilib ketgan Gersin tog` burmalanishi boshlangan. Botqoqli pasttekisliklar ko`paygan. Iqlim issiq va sernam bo`lgan. Sudralib yuruvchilar paydo bo`lgan quruqlikda ham suvda ham yashovchi hayvonlar ko`payib ketgan.


Ko`mir va neft ko`p paydo bo`lgan mis, qalay, volfram, polimetall rudalari.


Devon 80.mln yil, D


Dengizlar maydoni qisqargan. Iqlim issiq bo`lgan daslabki cho`llar paydo bo`lgan. Umurtqalilar suvdan quruqlikka chiqqan. Quruqlikda ham suvda ham yashovchi hayvonlar dunyoga kelgan Quruqlik o`simliklari keng tarqalgan. Yalang`och urug`li o`simliklar vujudga kelgan.


Neft, yonuvchi gaz, tuz va mineral shifobaxsh suvlar.


Silur, 25 mln. yil. S


Kaledon burmalanishining asosiy fazasi ro`y byergan. Baliqlar paydo bo`lgan.


Temir, mis rudalari va boshqa rudalar.


Ordovik, 45mln. yil O


Dengiz havzalari qisqargan. Kuchli vulqanlar otilgan. Quruqlikda dastlabki umurtqasiz hayvonlar paydo bo`lgan.




Kembriy 100 mln.Yil


Materiklar pasaygan va keng maydonlarni dengiz bosgan. Baykal tog’ burmalanish tugagan.


Boksit, fosforit cho`kindi, marganes va temir rudalari.


Prote-rozoy erasi. 2000 mln yilga yaqin R




Baykal burmalanishining bosh fazasi bo`lib o`tgan va Baykalbo`yi va Zabaykale tog’ tizmalari paydo bo`lgan kuchli vulqanlar otilgan. Baktyeriyalar va suv o`tlari rivojlangan.


Temir rudasi. Polimetall rudalari. Grafit, Qurilish materiallari.


Arxey erasi 2000 mln yildan ortiq A




Organik dunyosi-skeletsiz yumshoq tanli organizimlardan iborat. Ularning tosh qolidiqlari emas, balki bazan izlarigina uchraydi.






2-Topshiriq. Mazkur Geoxronologik jadvalni daftarga tushiring va undagi tog` hosil bo`lish bosqichlarini tahlil qiling
3-Topshiriq. Geoxronologik jadval ma`lumotlari asosida har bir erada sodir bo`lgan asosiy o`zgarishlarni baholang.
Download 22.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling