Mavzu: Geraldika Reja
Download 47.2 Kb.
|
Geraldika Gerblar tarixi
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Gerb (pol-nem meros) – Biron-bir mamlakat yoki hududning siyosiy va tarixiy xarakteragi g’oyalari majmuasini, o’ziga xos tabiiy va xo’jalik xususiyatlarini, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug’ va shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi. Gerblar antik davrda paydo bo‘lgan. Gerblar quyidagi tur va toifalarga bo’linadilar: 1. Davlat gerblari, shahar, viloyat gerblari. 2. Korporatsiya (o’rta asrdagi sex, gildiya va birodarlik) larning gerblari. 3. Urug’larning gerblari. Gerblar rangi, shakli, rasmlari bilan o’zaro farqlanib, maxsus qoidalarga binoan ishlanadi va maxsus terminlar bilan tavsiflanadi. Masalan, Shumer davlatining gerbida sher boshli burgut, qadimgi Rim davlati gerbida burgut tasvirlangan. Amir Temur davlatining ham gerbi bo‘lgan. Bu gerbda 3 ta halqa tasvir etilgan bo’lib, bu Temurning 3 iqlimda ya‘ni shimol, janub va g’arbda hukmron ekaniga ishoradir. O’rta asrlarda ko‘pgina shaharlar ham o’z gerbiga ega bo’lgan. Venetsiya gerbida qanotli sher tasvirlangan. G’arbiy Yevropada gerblar urug‘, merosxo‘rlik belgilari sifatida salb yurishlari davrida yuzaga kelgan. Keyinchalik bayroqlar, qog’oz pullar, muhrlarga gerblarning tasviri tushirila boshlangan. Gerblar va ularning tarixi bilan geraldika fani shug’ullanadi. Geraldika (lotincha: heraldus — jarchi, gerold) — gerbshunoslik. 19-asrning 2-yarmidan gerblarni oʻrganuvchi yordamchi tarix fani; Dastlab 13-19-asrning l-yarmigacha dvoryan, sex va yer mulklarining gerblarini tuzish bilan geroldlar shugʻullanganlar (Geraldika atamasi shundan olingan). 14-asrdan boshlab gerbchilar ustaxonasi tashkil topgan, unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixiy yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va harbiy qurollarga gerb suratlarini tushirish odat tusiga kirgan. Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni oʻrganadi, milliy anʼanalar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarni oʻrganishda yordam beradi va b. Arxeologik qazishlar Oʻzbekistonda ham qadimdan muhrlar, tangalar va buyumlarga shahar, davlat, urugʻ yoki hunarmandchilik uyushmalarining gerb suratlarini tushirish keng tarqalganini koʻrsatadi. Ular ajdodlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, turmush madaniyati va sanʼatini oʻrganishga, davlatlar va sulolalar tarixini oydinlashtirishga xizmat qiluvchi manbalardan biridir. Geraldika genealogiya, numizmatika, paleografiya va sfragistika kabilar bilan aloqador. Geraldika maʼlumotlari tarix fanining boshqa sohalarida ham qoʻllaniladi. Download 47.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling