Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti
Germaniya huduning qismlarda ifodalanishi (7-rasm)
Download 0.8 Mb.
|
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti 221214 093131
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy boyliklari
Germaniya huduning qismlarda ifodalanishi (7-rasm)Hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 mln.ga) oʻrmon bilan qoplangan. Mam- lakatda har yili salkam 30—40 mln. kub metr yogʻoch tayyorlanadi, bu hajm ichki ehtiyojning uchdan ikki qismini ko’paydi. Olmoniya yogʻoch eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya oroli atro- flarida baliq ovlanadi.Germaniyada ekin maydonlar mamlakat maydonining 35 foizini tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi ekin maydonlariga nisbatan yеm-xashak ekin maydonlar katta maydonlarni egallaydi. Shunga qaramay mamlakatda yеm-xashak ekinlar Shunga qaramay mamlakatda yеm-xashak ekinlar katta miqdorda chetdan import qilinadi. Donli ekinlar mamlakat g'arbiy yеrlarida haydaladigan yеrlarning 5/3 qismini, sharqda esa 3/2 qismini egal- laydi. Qishloq xo'jaligida bug'doy asosiy oziq-ovqat ekini hisoblanadi, lekin Germaniya javdar, suli, arpa еtishtirishda Yevropada alohida ajralib turadi. Pivo ishlab chiqarish uchun arpaning bir qancha sortlari yеtishtiriladi. Germaniya o'zini donli oziq-ovqat ekinlari bilan to'la ta'minlaydi. Bovariyada katta maydonlarda xmel еtishtiriladi. Bundan tashqari mamlakatda kartoshkachilik va qand lavlagi yеtishtirish muhim o'rin tutadi. Reyn daryosi va uning irmoqlari bo'ylab (mamlakatning g'arbiy rayon- larida) uzumchilik va bog'dorchilik yo'lga qo'yilgan. GFR qishloq xo‘jaligida aholining atigi 4-5 foizi band bo‘lib, mamlakatning oziq- ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining 90 foizdan ortiqrog‘ini qondiradi. Bu ho- lat mamlakat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda mehnat samara- dorligi naqadar yuqori ekanligidan dalolat beradi.10 Tabiiy boyliklariRudali foydali qazilmalarning konlari о`rtacha balandlikdagi tog‘larga, neft va tabiiy gaz konlari esa Shimoliy Germaniya pasttekisligiga to'g'ri keladi. G'arbiy Yevropa davlatlari o'rtasida Germaniya o‘zining toshko‘miri va qo'ng'ir ko‘miri bilan ajralib turadi. Toshko‘mirning asosiy konlari Rur, Saar va Axen havzalarida joylashgan, ko'mirning 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanadigan ko‘mirdir. Qo‘ng‘ir ko'mirning ishonchli zaxiralarining katta qismi (80 mlrd. t) Sharqiy Ger- maniyada joylashgan. U ochiq usulda qazib olinadi. Tabiiy gaz konlari mamlakatning shimolida to'plangan. Temir rudalari zaxiralari mavjud bo`lsada, biroq ularning sifati past. Shimoliy Germaniya pasttekisligida tosh tuzining katta qatlamlari joylashgan. Kaliy va magniy tuzlarining zaxiralari ham mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqarish va shisha sanoati uchun xomashyo resurslari kattadir. Mamlakatning yirik daryolari - Reyn, Elba, Vezer, Ems (Shimoliy va Boltiq dengizlari havzalari) va Dunay (Qora dengiz havzasi). Barcha muhim daryolar kanallar bilan tutashtirilgan. 1993-yilda Shimoliy dengizdan Qora dengizgacha bo'l- gan transyevropa suv yo'lining qurilishini yakunlagan Mayn-Dunay kanali ochildi. O'rta Germaniya kanali va uning Berlin hamda Vezer daryogacha bo'lgan davomi ta’mirlanmoqda. Xalqaro darvo mavqeyiga ega bo'lgan Reyn daryosining iqtisodiy ahamiyati Germaniya uchun juda muhimdir. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling