Alkaloidlar tarkibida azot tutgan, asos xossalariga ega, ayrim o‘simliklar tarkibida uchraydi, organizmlarga kuchli ta’sir. qiladigan murakkab organik moddalardir. Alkaloidlardan nikotin tamaki o’simligining bargi va ildizida uchraydi, suvda yaxshi eriydi, moysimon suyuqlik. Bu eng zaharli alkaloid qishloq xo‘jaligida kontakt insektitsidi sifatida ishlatiladi. Alkaloidlar O‘rta Osiyoda o‘sadigan «Anabasis aphyhla» zaharli o’simligining asosiy alkaloidi, rangsiz, moysimon, kuchli zaharli suyuqlik. Anabazin nikotin kabi qishloq xo’jaligida kontakt insektitsidi sifatida ishlatiladi. Galantamin Surxondaryo viloyatida o’sadigan «Ungemia victoris» yoki Omonqora o’simligining yer ustki qismidaii olinadi. Galantamin HBr tuzi tibbiyotda bolalami shol kasalligi (poliomiyelit) dan davolashda ishlatiladi. Galantaminni xlorid kislota bilan ishlab, metilopogalantamin preparati olinadi va qon bosimini tushiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Kofein – choy bargini qayta ishlash sanoatida choy barglarining chiqindilaridan olinadi. Kofein oq kristall bo’lib, tibbiyotda markaziy nerv sistemasi faoliyatini yaxshilashda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |