Mavzu. Gibridli kompozitsion materiallar


Ip gazlamalar asosidagi plastiklar-tekstolitlardan


Download 56.45 Kb.
bet2/6
Sana03.02.2023
Hajmi56.45 Kb.
#1153205
1   2   3   4   5   6
Ip gazlamalar asosidagi plastiklar-tekstolitlardan (GOST 2910-74) konstruksion detallar, elektroizolyasion materiallar, prokat jihozlarini podshipniklar qo‘ymalarini, jipslovchi materiallar, germetik flans birikmalar tayyorlanadi. Tekstolitli detallar xavo muhitida, moy, kerasin yoki benzin sharoitlarda ishlatilishi mumkin. Tekstolitlar list, plita, sterjen va trubalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
SHishatekstolitlar (GOST 10292-74, GOST 12652-74) bu shishatolali materiallar asosidagi qatlamli plastiklar. SHishi tekstolitlar yuqori issiq va sovuqlik ta’siriga chidamliligi, okislitel va boshqa kimyoviy aktiv reagentlarga barqaroligi hamda yuqori mexanik xoossalarga egaligi bilan tavsiflanadi. SHishatolaliklar uzoq vaqt davomida 2000C va qisqa vaqt davomida 2500C ishlaydigan katta hajmdagi buyumlar, radiotexnika va elektroizolyasion detallar tayyorlashda ishlatiladi.
SHishaplastiklar konstruksion material bo‘lib, turli texnika tarmoqlarining kuchlanadigan buyumlari (uchar apparatlarini tashuvchi detallari, mashina kuzovi va kabinalari, temir yo‘l vagonlari, qayiq va kema korpuslari va h.k.)ni tayyorlanishida qo‘llaniladi.
Rektoplastlarni xossalari va qo‘llanilishi
-jadval

Plastmassa turi

Zichligi g/sm3

CHo‘zilishidagi mustahkamligi,
mPA

Ishchi tempera
tura diapazoni, 0S

Qo‘llanilishi ko‘llami

Feno
plast

1,7

30

-60....
+140



Kam yuklanuvchi detallar, priborlar korpuslari,panellar, elektroizolyasion detallar

Aminoplast

1,8

80

-60....
+130



YOrutuvchi apparatura detallari, elektrotexnik va elektroizolyasion detallar, maishiy buyumlar

Tolali

1,6

50

-60....
+200



SHkivlar, maxoviklar, vtulkalar, disklar, yuqori antifriksion xossalarga ega detallar

Teksto
lit

1,3

95

-60....
+160



SHesternilar, vtulkalar, sig‘anchik podshipniklar, konstruksion va elektroizolyasion detallar

Asbotekstolit

1,6

90

-60....
+250



Tormozli va friksion tuzilmalar, rotatsion benzanasoslarni lopatkalari, issiqlik himoyalovchi va issiqlik izolyasion detallari

Kriogen muhitda ishlash uchun epoksid smola va turli o‘rilishdagi yuqori moduli shisha tolalari asosidagi yuqori mustahkam kompozitlar -shishaplstiklar ishlatilib kelinmoqda.
Sovuqqa chidamli shishaplastlarni ishlab chiqarishda armirlashgan material sifatida yuqori mexanik mustahkamlika, qayishqoqlik modulga va yaxshi adgezion xossalarga hamda kam zichlikka ega noishqorli alyuminborsilikatli shishaning 6….7 mkm diametrdagi tolalardan qo‘llanilmoqda. SHishali karkas bog‘lovchi modda bilan shimirtiriladi va qotishish jarayonidan so‘ng buyumda ularni yaxlitligini va birga ishlashini ta’minlash uchun to‘ldiruvchi qatlamlarini va yakka tolalarni biri biri bilan yopitiradi. SHisha plastiklarni yuqori fizik-mexanik xossalari shisha tolalari va polimer bog‘lovchi moddaning yuqori ushlanib qolishi bilan ifodalaniladi. SHisha tolalariga nisbatan epoksid smolalarni yuqori adgeziyaga egaligi hamda qotishi jaraenida kam o‘tirishishi, ularni kriogen sharoitlarda kompozitsiyasini yaxlitligini saqlab qolishga sabab boladi.
SHisha plastiklar raketa-kosmik texnikada keng qo‘llaniladi. YUqori mustaxkamlikdagi shishaplastiklarni asosiy komponetlari-epoksid smola va shisha-suyuq vodorod bilan ta’siri mavjud emasligi, ulardan yoqilgi baklar ishlab chiqarilishiga sababdir.
YAxshi issiqlik izolyasiyasini hamda yuqori zanga chidamliligini ta’minlashda shishaplastikli quvurlar katta ahamiyatga ega.

6-mavzu. Nometall kompozitsion materiallar.


6.1.Nometall kompozitsion materiallarni bog‘lovchi moddaga qarab sinflanishi, asosiy sinflarning xossalari va qo‘llanilishi.


6.2.Polimer kompozitsion materiallarning original xossalari, tarkibi va sinflari.

Nometall kompozitsion materiallar press-kukun va press-materiallarga bo‘linadi.



Download 56.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling