Mavzu: gigiyenaning qadimgi davrda shakllanishi XIX va XX asrlardagi taraqqiyoti
Download 40.94 Kb.
|
1 2
Gigiyena (grekcha: ὑγιεινός — „sogʻlom“) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Gigiyenaning bir necha sohalari bor. Aviatsion gigiyena, harbiy gigiyena, mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi (maktab gigiyenasi), shaxsiy gigiyena, ijtimoiy gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena va h.k. Gigiyena fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chun-ki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iktisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, kishilarning yashash va ishlash sharoiti hamda dam olishini sogʻlomlashtirish boʻyicha sanitariya tadbirlarini asoslab berish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini saqpash, sanitariya qonun-qoidalarini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-roʻzgʻor buyumlari sifatini sanitariya ekspertizasidan oʻtkazishda qatnashish gigiyenaning vazifasidir. Sogʻliqni saqlash va kasalliklarning oldini olish, unumli ish qobiliyatini taʼminlash va umrni uzaytirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida turar joylar va i. ch. korxonalari havosi, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzallarning gigiyenik normativlarini ishlab chiqish zamonaviy gigiyenaning eng muhim vazifalaridan biridir. Gigiyenaning amaliy tomonini maxsus boʻlim — sanitariya tashkil etadi. Gigiyenik tadqiqrtlarda tashqi muhit (havo, suv, tuproq), oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, kiyim-kechak va poyabzallarni fizik-kimyoviy jihatdan oʻrganish usullari, sanitariya statistikasidan foydalangan holda bakteriologik, biokimyoviy, klinik va demografik tekshirish usullari qoʻllaniladi.
Gigiyena eng qad. fanlardan. Qad. Hindiston qonunlari majmuasida kiyim-kechakni almashtirish, teri va tishni parvarish qilish, oʻsimliklardan tayyorlangan ovqatlar yeyish zarur deb koʻrsatilar, ovqatga ruju qilish taqiqlanar edi. Misrda aholi yashaydigan joylarni sogʻlomlashtirish uchun sanitariya tadbirlari amalga oshirilgan. Qadimgi Xorazm atrofidagi yirik obod shaharlarda hammomlar, toza suv olinadigan inshootlar boʻlgan. Qad. yunonlar shaxsiy gigiyenaga qatʼiy amal qilishgan. Gippokrat havo, iqlim va suvni odam sogʻligʻiga taʼsir etadigan muhim omillar deb atagan. Abu Ali ibn Sinoning gigiyenaga doir fikrlari, sogʻliqni saqdash qoidalari koʻp asrlar mobaynida amaliy qoʻllanma boʻlib keldi; u havo va suv orqali tarqalib, kasallikka sabab boʻladigan qandaydir jonivorlar bor, deb faraz qilgan, suvni qaynatish yoki filtrlash kerak, degan talab esa ana shu farazga asoslangan. Gigiyena fani oldiga qoʻyilgan vazifa va talablarning ortishi, gigiyenik tekshirish usullarining murakkablashishi gigiyena sohalarining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ilmiy gigiyena 19-asrning 2-yarmidan rivojlana boshladi. Dastlab maktab gigiyenasi (hoz. bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi), kom-munal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi va ijtimoiy gigiyena maydonga keddi. Ionlashtiruvchi nurlar (radiatsiya)dan ishlab chiqarish, q.h. va tibbiyotda keng foydalanish xizmatchilarni radiatsiyadan saqlash va aholini nurlanish xavfidan muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish muammosini vujudga keltirdi. Bu masalalar bilan radiatsion gigiyena shugʻullanadi. O‘rta Osiyoda gigiyenaning rivojlanishi o ‘ziga xos tarixga ega. Qadim zamonlardayoq 0 ‘rta Osiyo aholisi qaysi hayvon va o'simlik mahsulotlarini iste’mol qilish mumkinligi, suv manbalarini tanlash va issiq iqlim sharoitida turar joylami qurish, kiyinish to ‘g ‘risida ma’lumotga ega bo'lishgan. O’sha davrlarda odamlarda kasallikning kelib chiqishi to‘g ‘risida yetarli tushuncha bo'lmaganligi sababli u empirik holda xalq tabobati bo'lgan. Xalq tabobatiga oid ma’lumotlar uzoq muddat davomida avloddan-avlodga o'tib, kelgusida tibbiyot kasbining kelib chiqishiga asos bo'lgan. Lekin ko'pchilik aholi xalq tabobati (tabiblar, eshonlar, kinnachilar va hokazo) yordamida yoki o'zini-o'zi davolash bilan chegaralanishgan, unda asosan kasallikka emas, kasallik belgilariga qarshi davo qidirilgan. Feodalizm davrida O'rta Osiyoda boshqa fanlar qatori tibbiyot fanining ham rivojlanishi kuzatilgan. Buning sababi bir tomondan, aholining iqtisodiyoti va madaniyati yuksalishi bo'lsa, ikkinchi tomondan k o'p shaharlar orqali O'rta Osiyodan Ipak yo'lining o'tishi bo'lgan. Karvonlaming qum, sahrolardan, o'rmonlardan quyoshning jazirama nuri ta’sirida o'tishi, ulaming sog'lig'iga salbiy ta’sir qilmay qolmagan albatta. Bu davrda aholining bir davlatdan ikkinchi davlatga borishida ko'pincha yuqumli kasalliklarning tarqalishi uning oldini olish choralarini qidirishga majbur etgan. Qadimgi Buxoroda yuqumli kasallik bilan og'riganlami aholidan ajratish, alohida xonalarga joylashtirish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish talab etilgan. Arxeologik topilmalarga ko'ra, O'rta Osiyoda tibbiyot fani juda qadim zamonlardayoq rivojlanganligi isbotlangan. Quva shahrida (Farg‘ona viloyati) suv quvurlarining pishgan loydan yasalgan qoldiqlari topilgan. Eng katta qazilma boylik Afrosiyob shahrida topilgan. Olim jahonda birinchi bo‘lib chechakning oldini olish uchun emlash kerakiigini tavsiya qilgan va uni qanday ijro etishni batafsil ifodalagan. O‘rta asrda O‘rta Osiyoning yirik shaharlarida ilm-fan markazlari, madrasalar tashkil etila boshlagan. Ularga o ‘nlab mashhur olimlar boshchilik qilgan va fanning o ‘sha davrda ma’lum bo‘lgan ko‘pgina sohalari bo‘yicha ijod qilgan va mashhur asarlar yaratganlar. O‘sha davrda O‘rta Osiyodagi davlatlar fan va madaniyatining rivojlanishi jihatidan jahonda eng taraqqiy etgan davlatlar qatoriga chiqib oldi. IX - X asrga kelib jahonga mashhur bo‘lgan qadimgi Xorazmning mavqei qaytadan ko‘tarila boshladi. O‘sha davrda hukmronlik qilgan shoh Ma’mun ibn Muhammad shimoliy va janubiy Xorazm mamlakatlarini birlashtirib, yagona Xorazm davlatini barpo etdi. Shu davrdan boshlab Xorazm siyosiy va iqtisodiy jihatdan bir butun davlat bo‘lib rivojlana boshladi. O‘sha zamonning ko‘zga ko‘ringan yirik tib olimlaridan biri Ilohiy bo‘lgan. U o'zining "Davolash usullari" kitobida o ‘sha davrda ma’lum bo‘lgan barcha davo tadbirlari: dori-darmon berish, qon olish, parhez qilish orqali davolash, organizmni tashqi muhitning salbiy ta’sirlaridan saqlash va hokazolar haqida batafsil to‘xtaladi. Bulardan tashqari, tabiat omillaridan toza suv, havo, tog’ havosi, dengizda cho‘milishdan foydalanishni tavsiya etadi. X asr boshlarida yashab ijod qilgan Abu-sahl Masixiy ham zamonasining yetuk olimlaridan hisoblangan, o ‘tkir ilmli va zehnli b o ‘lganligi sababli "Ma’mun Akademiyasi" olimlari qatoridan joy olgan. Abu Ali ibn Sino Xorazmga ко‘chib kelgandan so‘ng u bilan do‘stlashgan va biiga ishlagan. 1080 yilda Juijon shahrida tug'ilgan Ismoil Juijoniy ham o ‘z zamonasining mashhur tabibi bo‘lib yetishgan. U o'zining "Xorazmshoh xazinasi" deb nomlangan kitobida salomatlikni saqlash uchun kishi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi barcha omillami bartaraf qilishi zarurligini uqtiradi. Juijoniyning salomatlik, kasallik va tibbiyotning vazifalari haqidagi fikrlari Abu Ali ibn Sinoning fikrlariga tamomila mos keladi. Muallifning "Xorazmshoh xazinasi" kitobida odam organizmiga turli omillaming, shu jumladan ovqat moddalarining ta’sirini aniqlash bayon etiladi. So'ngra gigiyenik tadbirlaiga, xususan, odam hayotida suv, havo, tuproq, kiyimkechak, turar-joy, uyqu, uyqusizlik, uni oldini olish, sayyohlar va qariyalar yo‘lga chiqqanda salomatlikni saqlash uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tiladi. Abu Ali ibn Sino faoliyati asosan inson salomatligini saqlash, ya’ni kasallikning oldini olish, agar kasallik kelib chiqsa, uni davolash choralarini ko'rishdan iborat boigan. Tibbiyot olamida Abu Ali ibn Sinoning tabarruk nomi G ippokrat va Galen kabi buyuk tabiblar bilan bir qatorda turadi. Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga doir asarlari bir necha asrlar davomida tibbiyot fanining nazariy va amaliy asosi bo‘lib keldi. Uning shox asari bo‘lmish "Kitob al-qonun fit tibb" ("Tib ilmi qommi") bir qancha tillarga tarjima qilindi. XVII asrga qadar u Yevropa dorilfununlarida asosiy qo‘llanma sifatida o ‘qitib kelindi. Sharqda esa Abu Ali ibn Sino asarlari tabibu hakimlar qo'lidan tushmadi. Qayd qilingan kitobda keltirilgan ma’lumotlar hozirgi kunda ham o‘z qiymatini yo'qotmagan. Jumladan, olimning bu kitobida sog‘liqni qanday qilib saqlash mumkinligi haqidagi ta ’limotlar (keyinchalik gigiyena deb nomlangan) bayon etilgan. Abu Ali ibn Sino ichki va tashqi muhit (ovqat, havo, suv, iqlim, turmush sharoitlari va hokazo) kasallik paydo bo'lishida muhim o‘rin tutishini ko'rsatib bergan. U turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi hamda tarqalishida turli tabiiy omillar, suv, havo orqali kasallik tarqatuvchi ko'zga ko'rinmaydigan "mayda hayvonotlar" makruhlar (ya’ni mikroblar) haqidagi fikrni olg‘a suradi, shu sababli u suvni qaynatib yoki suzgichdan o‘tkazib iste’mol qilishni tavsiya etadi. Bu bilan u Pasterdan deyarli 8 asr oldin yuqumli kasalliklami qo‘zg‘atuvchi mikroblar to‘g ‘risidagi fikmi asoslab, buyuk kashfiyot yaratgan. Abu Ali ibn Sino kasallikning oldini olish (profilaktika), oiganizmni yoshlikdan chiniqtira boshlash, gigiyena tadbirlarini muntazam ravishda to‘g‘ri amalga oshirish masalalariga katta ahamiyat beradi. Darhaqiqat, Abu Ali ibn Sino tib ilmini rivojlantirish bilan birga, kasalliklarning oldi ni oluvchi - muhofaza qiluvchi tadbirlar, ya’ni profilaktika amallaridan keng foydalanishni tavsiya qiladi. Awalo insonning pokizaligi, tabiatning musaffo va so‘limligi, ovqatlanishning rejaliligi, uyqu oromi, hammom, jismoniy tarbiyaning zarurligi kishi hayotiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishini buyuk tabib ravon izohlab beradi. Yevropadagi Uyg‘onish davri tibbiyotga ijobiy ta’sir ko'rsatdi va antik tibbiyot bilan yangi davr tibbiyoti o‘rtasida muhim va qimmatli davr bo'ldi. Bu esa O'rta Osiyo xalqi vakillari dunyo tibbiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shganligini ko'rsatdi. Download 40.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling