Mavzu: gimnastika mashqlarini o’rgatish uslubiyati reja


Badiiy gimnastikaning sport yo‘nalishi


Download 89.07 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi89.07 Kb.
#1566374
1   2   3   4
Bog'liq
GIMNASTIKA MASHQLARINI O000

2.Badiiy gimnastikaning sport yo‘nalishi
Badiiy gimnastika siklik mukammal koordinatsiyasini sport turi, uning asosiy vositalari quyidagilardan iborat:
Buyumsiz mashqlar (muvozanat, to‘lqinlar, siltashlar, sakrashlar, burilishlar);
Buyumlar bilan mashqlar (xalqalar, to‘plar, cho‘qmorlar bilan, arg‘amcha, tasma);
Klassik raqslarni elementlari;
Xalq raqslari elementlari;
Tarixiy raqslarni elementlari;
Akrobatika mashqlari;
Ritmik mashqlar;
Pontomimo mashqlari;
Asosiy gimnastikaning elementlari (URM, saf va amaliy mashqlar);
Boshqa sport turlari mashqlari;
Badiiy gimnastikaning amaliy turi boshqa sportchilarni tayyorlashda foydalaniladi (sport gimnastika, aerobika, muz ustida uchish, sinxron suzish) va balet sirk artislarini tayyorlashda uchratish mumkin. Ularning vositasi raqslarni elementi muskullarini bo‘shatish mashqlari, to‘lqinlar, siltanitshlar, sakrashlar, burilishlar va x.k. Badiiy gimnastika sport yo‘nalishi o‘zimizning vatanimizda va xorijda katta e’tiborga sazovordir. Dasturlangan turkumlash mashqlariga maydonda erkin xarakat, raqslarni elementi, mimika, pontomimika bilan jo‘rlangan ritmik xarakatlar, osonlashtirilgan akrobatik mashqlar va musobaqaga to‘g‘ri keladigan mashqlar o‘ziga qamrab olgan.Shunday qilib badiiy gimnastika - fanning o‘zlashtirish xarakatini tasavvur qilish san’ati hisoblanadi. Badiiy gimnastika mashqlari asosan erkin xarakatni boshqarish bilan tariflanadi.Sport gimnastika vakilini xarakatidan badiiy gimnastikaning erkin xarakati maydonda kam darajadagi tashqi sun’iy takrorlangan sharoiti bilan ham cheklangan xarakati bilan ajralib turadi.Shuning uchun badiiy gimnastika jismoniy tayyorgarlikning tabiiy xolatda o‘zining tanasini, san’atini boshqarish bilan bog‘liq asosiy vazifa deb hisoblanadi. So‘nggi holat badiiy gimnastikaning mashg‘ulotlariga kerakli jismoniy sifatlarni tarkibini ma’lum darajada rivojlantiradi. Ko‘rinib turibdiki, badiiy gimnastikada statik kuchni rivojlanishi va mukammalashtirish muammosi bo‘lishi mumkin emas yoki yelka kamarini tezligini kuchi, kuch chidamliligi, bular yorqin ta’kidlanmaydi. Jismoniy sifatlardan egiluvchanlik (aktiv, passiv, tos son kamarida rivojlanishi) badiiy gimnastikada katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari bu sport turi artistlik, musiqalilik, ritmni sezish, nozik xarakat koordinaiyasini rivojlanishini va mukammalashtirishni talab qiladi. Badiiy gimnastika mashqlari shug‘ullanuvchilardan organizm yurak tomirlariga va nafas olishi sistemalariga muhim talablarini bajarilishini talab qiladi.
Yurak urushini ko‘tarilishi klassifikatsion dastur mashqlarini bajarishda yurak urushini ko‘tarilishi, chegarama-chegaragacha kislorod xajmi va kislorod talabi, bunga dalil mashqlangan mashg‘ulotlar katta jadallik bilan o‘tadi (mashg‘ulot jarayonida puls o‘rtacha 148 daqiqada urush), shuning uchun mahoratli gimnastikachilar vegetativ sistemasi yuqori faollikni ta’minlovchi deb tariflanadi. Gimnastikachilarning xarakat tartibini murakkabligi o‘zaro bog‘lanmagan mashqlarni ko‘p xajmda bajarilishi kerakligini shartlaydi. Bu gimnastikaning xotirasiga va shunga o‘xshash sifatlarga ijro etish, aniqlik va to‘liq ko‘rinish tasavvuri xarakatni aniq ifoda qilinish sifatlariga talab qo‘yiladi. Mashqni bajarish sifati (artislik ko‘rinishi) ifodalovchi o‘zini nazorat qilish qobiliyatini shakillantirish va mushaklarni taranglatishni boshqarishi, diqqatni turg‘unligi, bir joyga jamlash va taqsimlash, sezgirlikni tezligi, tafakkurni tezligi, zukkolik, tanqid qilishni ustunligi shakillanishini talab qiladi. Badiiy ginastikaning yuqorida bayon etilgan xususiyatlari sportchilarning faoliyatini asosay mashg‘ulot mashqlarida tariflanadi. Musobaqada o‘tadigan sharoitlar mashqlanishdagi sharoitlardan ancha farq qiladi kiyinchiliklarni samarali yechish uchun musobaqa faoliyatida bo‘ladigan (emotsional asab taranglashi mashqni boshlash, titrashi) gimnastikachi izlanuvchi, dovyurak, o‘zini tutgan muvozanatdan gimnastika talabchan muvaffaqiyatga intiluvchi bo‘lishi kerak. Badiiy gimnastika kuprkurash turlarining kichik razryadli gimnastikachilar majbur dasturdan musobaqalashadi. Kattalar shartli va erkin. Undan tashqari dasturda juftlik va jamoatlik mashqlari buyumlar bilan tavsiya etiladi. Gimnastikachilar shaxsiy birinchilikda ko‘pkurash (alohida turlarda) guruhli mashqlarda va jamoat birinchiligida qatnashishi mumkin. Erkin mashqlarning kompozitsiyasini hal qilish ahamiyati – badiiy gimnastika musobaqada sovringa moyillik haqida bildirishi va gimnastikachi musobaqada sovrinli o‘rinni egallashi mumkin.
Bosqichning asosiy vazifalari.Ko‘nikma va bilimlarni maxsus kasb bilimlarni o‘zlashtirish, ularni biriktirish jarayonini bosqichini muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Badiiy gimnastikani o‘tish vaqtida talabalarning dunyoqarashi tayyorgarligini mazmunini to‘ldirish uchun katta imkoniyatlar yaratiladi. Buning asosi gimnastikaning o‘quv ilmiy va amaliy fan hisoblanishidir. Gimnastika bosqichida maxsus bilimlarni va ko‘nikmalarni mustahkamlab o‘zlashtiriladi.O‘quv ish amaliyoti va jamoa pedagog turli shakillariga turli alohida ahamiyat ajratiladi.Amaliy mashg‘ulotlarda shahsiy xarakat tayyorgarligini amalga oshiriladi. Gimnastika mashqlarini o’rgatishning usuilari nihoyatda xilma-xil. Quyidagilar eng samarali va o’rgatish tajribasida ko’p foydalaniladigan usullar qatoriga kiradi.Harakat texnikasi haqidagi tasavvurni hosil qiladigan vaaniqlaydigan usullar: o’qituvchi talabalar bilan nutq orqali mashqlarning bajarilishini yetkazishi, suhbatlashishi, tushuntirishi, muhokama qilishi va boshqa shakllarni qo’llashi kerak. Har bir so’z aniq va obrazli, iboralar esa qisqa va tushunarli bo’lgandagina tarbiyalash ancha samarali hamda ta’sirli chiqadi, shunday holda o’qi- tuvchi bevosita yangi mashq o’rgatish oldidan tayyorgarlik ishini muvaffaqiyat bilan o’tkazishi, o’rgatish jarayonini boshqara olishi mumkin; ko’rgazmali qurollar (chizma va rasmlar, jadvallar, videolavhalar, odam gavdasining yumshoq simdan yasalgan va boshqa modellari, multiplikatsion rasmlar va h.k.) ko’rsatish, sportchi mashqni bajarib ko’rsatishi, turli ko’rgazmalardan foydalanish (quyiroqqa qarang) lozim; mashq texnikasi elementlarini chizmada tasviriy ko’rinishida nusxalashtirish ketma-ket bajariladigan harakatlarni, sportchi gavdasi harakatining murabbiy tomonidan ko’rsatilishi, harakat texnikasini og’zald yold yozma tasvirlab berish, texnika vositalari yordamida harakatning ayrim parametrlarini qayta tasvirlab ko’rsatish, bu sportchini u uchun yangi bo’lgan mashqlarni tez o’zlashtirishga va o’rgatishning asosiy vazifasi bo’lgan harakat ko’nikmasi shakllanishini hal qilishga yordam beradi. Gimnastika mashg‘ulotlarida hayotiy zarur malaka va kо‘nikmalar orttiriladi va takomillashtiriladi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test sinovlariga gimnastikadan nazorat mehyorlari kiritilgan. Gimnastika mashqlarining sog‘lomlashtirish ahamiyati katta bо‘lib, shug‘ullanuvchilarni estetik tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. Mashqlarni bajarish texnikasining gimnastikaga xos uslub talab qiladigan darajada mukammal bо‘lishi uchun harakatlar ravon va ifodali bо‘lishi, ijrochining harakatlari о‘ziga yarashadigan, nafis bо‘lishi kerak. Gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanish natijasida kelishgan qomatga ega bо‘linadi, gavda tuzilishidagi nuqsonlar tuzaladi, gavdani ayrim bо‘g‘inlari rivojlanishida yaxshi mutanosiblikka erishiladi. Foydalaniladigan mashqlarning hajmi butun organizmga ta’sir kо‘rsatish va muskullar hamda organlarning alohida guruhlarini rivojlantirish, bolaning jinsini, yoshini, jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda bajariladigan mashqlarni boshqarish imkonini beradi.
9-sinflarda gimnastika va akrobatika mashqlarini о‘rgatish Barkamol avlod orzusi – eng ulug‘ orzu. О‘zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga qathiy ishonch bilan yashayotgan xalqimizning orzusi bu. Prezidentimiz tahkidlaganidek, “Nimani о‘z oldimizga maqsad qilib qо‘ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha olijanob harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimizning zamirida farazandlarimizni ham jismonan, ham mahnaviy jihatdan sog‘lom qilib о‘stirish, hech kimdan kam bо‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir”. Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi ta’lim muassasalarida, maktablarda, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida va turli tashkilotlarda keng shug‘ullaniladi. Ushbu sport turining keng yoyilganligiga sabab vositalarning barchaga tushunarli va hilma-xil ekanligida, jismoniy tarbiyaning turli vazifalarni hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta ekanligidadir. Utirishlar — erda yoki gimnastika snaryadlarida o‘tirish holatlari. Utirishning quyidagi turlari bor: o‘tirish oyoqlarni kerib o‘tirish, burchakli o‘tirish, oyoqlarni kerib burchakli o‘tirish, buqilib o‘tirish, oyoqlarni quchoqlab o‘tirish, tovonlarda yoki o‘ng tovonda, o‘tirish, sonda o‘tirish va boshqalar CHo‘qqayish — shug‘ullanuvchining oyog‘lary bukilgan holat, yarim cho‘qqayish, do‘ngsimon cho‘qqayish, do‘ngsimon yarim cho‘qqayish, ortga engashib yarit cho‘qqayish, zngashib yarim cho‘kqayish va bu «suzuvchi starti» deb ham yuritiladi, o‘ng yoki chap oyoqda yarim cho‘qqaynsh, o‘ng yoki chap oyoqda cho‘qqayish va boshqalar.
Gimnastika – bu harakatar majmui bо‘lib, har qanday kasb egasi uchun zarur bо‘lgan yuqori harakat imkoniyatini tahminlaydi. Gimnastika mashg‘ulotlarida muhim amaliy malaka va kо‘nikmalar: tо‘g‘ri yurish, yugurish, sakrash, tо‘siqlardan о‘tish, arqonlar va uzun yog‘ochlarga tortilib chiqish, emaklab о‘tish, og‘irliklarni kо‘tarish va bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirish va h. k. shakllantiriladi. Gimnastika mashg‘ulotlarida iroda, estetika va boshqa kо‘plab sifatlar, shu jumladan insonda harakatlanish apparatining turli qismlari hatti- harakatlarini bir-biriga moslashtirish qobiliyati rivojlantiriladi. Bu esa inson kundalik hayotida, turmushida, mehnat qilishida va sport faoliyatida duch keladigan murakkab harakatlarni egallashga yordam beradi. Gimnastika jismoniy tarbiya sifatida kо‘p asrlik tarixga ega. Bizning mamlakatimizda XX asr о‘rtalarida gimnastika bilan shug‘ullanish uchun katta imkoniyatlar tug‘ildi. Shundan buyon о‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalashda gimnastikadan keng foydalaniladi. Qо‘llanma maktab jismoniy tarbiya о‘qituvchilari, sport murabbiylari uchun mо‘ljallangan
Ко’maklashish va ehtiyotkorlik usuilari:O’qituvchining talabaga ko’maklashishining xilma-xil usuilari bor. Masalan, mashq bajarish paytida nima qilishni aytib turish, harakat vazifasining natijasi yoki bajarish usuli haqida oldindan yo’l-yo’riq ko’rsatish va h.k.lar. Ko’maklashish va straxovka usullarining maxsus bir guruhi o’qituvchi bilan talabaning birgalikdagi faoliyati bilan bogliq. Masalan; talaba harakat vazifalarini amalga oshirar ekan, unga xatosini tuzatish, texnika dementiarini aniqlash yoki xavfsizlikni ta’minlash uchun jismoniy ko’mak zarur bo’ladi. Shu maqsadda o’qituvchi, alohida dastlabki turish holatini qayd etishda, harakatlar ketma-ketligini takrorlashda, mashqni yaxlit taqlidan baja- rishda talabaga yordam beradi. Bunda o’qituvchi talabaning harakatini sekinlatib, sun’iy qarshilik hosil qiladi, straxovkanita’minlab turadi.O’rgatish,vaqtida bu usullarni qo’llash samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchining qobiliyatiga bog’liq bo’lib, u ayni shu paytda zarur bo’lgan eng yaxshi usulni, talabaning qaysi tomonida turishini va mashqlarni birgalikda bajarish uslubini tanlay bilishi kerak. Shuning uchun o’qituvchi o’zining amaliy mehnat faoliyati,davomida hamma usullarni,maxsus,o’rganib va takomillashtirib,borishi lozim.Qo’shimcha belgilar qo’llash, awalo, yangi gimnastik mashqlarni o’zlashtirishni osonlashtiradi. Bunday belgilar harakat parametrlari haqidagi tasawumi aniqlashtirib beradi, harakat faoliyatini to’g’ri bajarishga, bajarilgan harakat natijalarini aniq baholashga yordam beradi.
Ko’rinadigan belgilar sifatida, odatda, quyidagilardan foydalaniladi: gimnastika jihozlarining ayrim qismlari, talaba gavdasining ba’zi qismlari, tabiiy belgi (mashq bajarilayotgan joy yaqinidagi buyum)lar, qo’shimcha buyum (to’plar, tayoqchalar, arg’amchi)lar,shuningdek, maxsus chizilgan (masshtabli va oddiy) belgilar.Akrobatika yo’lakchalaridagi belgilarga muvofiq, akrobatika mashqlarini bajarish yuzasidan yoki gimnastika jihozlaridan sala'agandan keyin muayyan chegarada yerga aniq qo’nish yuzasidan talabaga berilgan topshiriq bunga misol bo’la oladi.
Ayrim tovuslilar (qarsak, hushtak) harakatga jo’r bo’lib turishi yoki sur’at va ritmni belgilab turishi mumkin. Bunday belgilar o’qituvchi yoki o’rgatishning texnik vositalari orqali berib turiladi. Tovushli belgilar davom etish vaqti va kuchining o’zgarib turishi bilan ko’rinadigan belgilardan farq qiladi. Bunday holat ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi, talabaning e’tiborini mashqlarni imo-ishoralar almashinishiga muvofiq bajarishga jalb qilish.imkonini beradi. Daktil .imo-ishoralarni mashq bajarganda talabaning ko’rib turib bajarishi qiyin bo’lgan hollarda qo’llasa bo’ladi. Talabaning o’zi nimagadir(gimnastika jihoziga, biror-bir belgiga) .tayanib mashq bajarayotganini his etishi, unga harakatni faoliyat natijasi bilan taqqoslab ko’rishi va o’z harakatiga o’zgartirishlar kMtishiga hamda mashq o’rganishni davom ettirislming oqilona usullarini tan- lashga yordam beradi. O’qituvchining sun’iy daktil imo-ishoralar hosil qilishi (talaba gavdasining ayrim qismlariga qo’l tekkizib qo’yishi) ham talabani mashqlarni to’g’ri bajarishga majbur qiladi. Bu usullar samaradorligi o’qituvchining kasbiy mahoratiga bog’liq. Yangi mashqlarni o’rganish jarayonida har xil qo’shimcha belgilarni (oriyentir) birga qo’shib qo’llash, o’rgatish uslubiyatining talablaridan biridir.
O’rgatishda texnik vositalardan foydalanish mashq bajarilishi natijasining sifatiga baho berishdan oldin aniq miqdoriy ma’lumot olish, bajarilishi kerak bo’lgan mashqlar dasturiga o’zgartirish kiritish, shuningdek, mashqlarni bajarish mobaynida qo’yilgan xatolarni tuzatib borish imkonini beradi. Quyidagilar texnik vositalarga kiradi: eng oddiy o’lchov asboblari (vaqt o’lchagich, santimetrli lentalar, burchak o’lchagichlar); qayd qilish va yozuv apparatlari (diktofon, videomagnitofon, kino va videokameralar, fotokameralar, dinamograflar),dastur va nazorat-axborot apparatlari.
Harakat ritmi (ayrim harakatlar)ning muayyan vaqt ichidagi ketma-ketligi yorug’lik va tovush dasturlarini idrok etish hamda takrorlash gimnastika mashqlarini o’rgatishda texnik vositalardan foydalanishga misol bo’la oladi. Bunda yangi mashq o’rgatish oldidan shu mashq haqida tasawur hosil qilish uchun ham, yangi mashqni bajarish jarayonida harakat natijalari haqida tezkor axborot olish uchun ham foydalaniladi, ushbu holat o’rgatish jarayonini boshqarishni osonlashtiradi.




Download 89.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling