Glitserin metil va etil spirtlari bilan aralashadi, atsetonda, spirt va xloroformning bir xil nisbatdagi aralashmasida, hamda spirt : dietil efir = 2 : 1 aralashmasida eriydi. U benzolda, toza xloroformda, petroley efirida erimaydi. Bir litr quruq dietil efirda atiga 2,5g glitserin eriydi. Glitserinning o‘zi ko‘pgina noorganik moddalarni erita oladi (KON, NaON, NaCI, Na2SO4 va boshqalar). Glitserin turli gazlarni erita oladi. Uning bu eritish qobiliyati bosim, glitserinning temperaturasi va konsentratsiyasiga bog‘liq. Atmosfera bosimida 80% konsentratsiyali glitserinning gazlarni eritish xususiyati maksimum bo‘ladi. - Glitserin metil va etil spirtlari bilan aralashadi, atsetonda, spirt va xloroformning bir xil nisbatdagi aralashmasida, hamda spirt : dietil efir = 2 : 1 aralashmasida eriydi. U benzolda, toza xloroformda, petroley efirida erimaydi. Bir litr quruq dietil efirda atiga 2,5g glitserin eriydi. Glitserinning o‘zi ko‘pgina noorganik moddalarni erita oladi (KON, NaON, NaCI, Na2SO4 va boshqalar). Glitserin turli gazlarni erita oladi. Uning bu eritish qobiliyati bosim, glitserinning temperaturasi va konsentratsiyasiga bog‘liq. Atmosfera bosimida 80% konsentratsiyali glitserinning gazlarni eritish xususiyati maksimum bo‘ladi.
- Glitserin yuqori haroratda yog‘ kislotalar va glitseridlarni ham eritadi. Bunday eritma sovutilganda glitseridlar to‘liq ajralib, yog‘ kislotalar esa molekulyar massasiga bog‘liq ravishda juda oz miqdorda eritmada qoladi.
- Glitserinning suvli eritmalari noldan past haroratda muzlamaydilar. Toza glitserin asta sekin qizdirilsa 150-1600S haroratda bug‘lanadi. Agar glitserin yondirilsa, alangalanib tutunsiz, issiz yonadi. Glitserinning ochiq idishdagi chaqnash harorati 1870C va yonish harorati 3930C. Glitserin bug‘ tarangligi 280C dan past haroratda nolga teng. SHuning uchun xona haroratida glitserin bug‘lanmaydi. Mutlaqo toza glitserin normal atmosfera bosimida 2900C haroratda parchalanmay qaynab haydaladi.
Glitserinning kimyoviy xossalari. Glitserin gidroksil guruhlarining kimyoviy reaksion aktivligi turlichadir. Birinchi va uchinchi gidroksillar ikkinchi gidroksilga nisbatan aktivroq. Glitserin ishqoriy metallar bilan alkogolyatlar hosil qiladi: - Glitserinning kimyoviy xossalari. Glitserin gidroksil guruhlarining kimyoviy reaksion aktivligi turlichadir. Birinchi va uchinchi gidroksillar ikkinchi gidroksilga nisbatan aktivroq. Glitserin ishqoriy metallar bilan alkogolyatlar hosil qiladi:
- 2CH2OH – CHOH- CH2OH + 2Na = 2CH2ONa – CHOH - CH2OH + H2
- Bu alkogolyatlar glitseratlar, deb ataladi. Ishqoriy metallarning mono- va diglitseratlari ma’lum. Glitseratlar konsentrlangan ishqor eritmalari va glitserindan ham hosil bo‘ladi.
- Qo‘rg‘oshin oksidi bilan glitserin hosil qilgan qo‘rg‘oshin glitserat zamazka sifatida ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |