Mavzu: Global ichki va tashqi havflar
Download 213.06 Kb.
|
1 2
Bog'liqUmarov Abduqahhorning Global iqtisodiyot fanidan tayyorlahan slaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat
Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni bajaradilar (qarang Marketing). I.h.ni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni i. ch., harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega
Iqtisodiy xavfsizlik - bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o'sishi, ijtimoiy ehtiyojlarining maqbul darajada qanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajada himoyalash ta'minlanadi.[1] I.x. milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi. I.x.ning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi.Keyingi yillarda sayyoramizning ekologik holati qanday o'zgarishlarga uchramoqda? Bu masala nafaqat soha mutaxassislarini, balki har bir kishini qiziqtiradi, chunki har bir insonning hayoti tabiatdagi sodir bo'layotgan o'zgarishlarga juda bog'liqdir. Televizor ekranidan, radio, gazeta va jurnallar orqali deyarlik har kuni sayyoramizning u yoki bu burchagida sodir bo'layotgan ekologik falokatlar haqida noxush xabarlar kelib turibdi: Tabiy muommolar; - Atmosfera havosi global darajada isimoqda, - Antarktidadagi muzliklar emirilib, erib ketmoqda, - Ba'zi mamlakatlarda suv toshqinlari sodir bo'lmoqda, - Okean suvlarini isishidan to'fonlar paydo bo'lmoqda, - Ozon tuynugi borgan sari kengaymoqda, - Ichimlik suvi kamayib bormoqda, - O'rmonlar maydoni qisqarib bormoqda.. Ma'lumki keyingi yillarda aholi sonini o'sishi, ularning iste'mol tovarlarga bo'lgan talabining ko'payishi fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli tabiiy boyliklarning ko'p miqdorda olinishi sayyoramizda global darajadagi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Aholi soni inson paydo bo'lgandan 1830 yilgacha 1 mlrd.ga etgan bo'lsa, 1830 yildan 1930 yilga qadar 2 mlrd.ga, 1930 yildan 1960 yilga qadar 3 mlrd.ga, 1960 yildan 2000 yilga qadar 6 mlrd.ga etdi. Shu darajada ko'payish davom etaversa, XXI asr o'rtalarida sayyoramizda aholi soni 12-14 mlrd.ga etishi mumkin. Odam sonining ko'payib borishi sayyoramizda yangi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ma'lumki sayyoramizning quruqlik yuzasining 40 mln.km2 maydoni qurg'oqchil-arid hududlardan iborat. Dunyo aholisining 15% dan ortig'i (800 mln. kishi) aynan shu mintaqada istiqomat qiladi. Sug'oriladigan erlardagi sho'rlanish, tuproq eroziyasi natijasida erlarning unumdorligi yo'qolmoqda. Yaylovlarda tartibsiz mol boqilishi, dov-daraxtlarning o'tin va boshqa maqsadlarda ayovsiz kesib yuborilishi yaroqsiz erlar maydonini uzluksiz kengayib borishiga sabab bo'lmoqda. Cho'llanish jarayonini keltirib chiqaruvchi sabablarning salkam 90% i inson faoliyati tufayli sodir qilinmoqda. Inson faoliyati tufayli yiliga 21 mln.ga er yaroqsiz holga kelmoqda, 6 mln.ga sug'oriladigan er cho'l tusini olmoqda, sug'oriladigan erlarning 90 mln.ga sho'rlanishga uchragan. Tashqi tahdidlar jumlasiga esa quyidagilar kiritiladi: - eksport tarkibida xom ashyo mahsulotlarining ustuvorligi; - mamlakatning import mahsulotlariga qaramligi, bog’liqligi; - import tarkibining ratsional emasligi; - tashqi qarzlarning o’sib borishi; - eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi; - bojxona chegaralarining yetarli darajada belgilanmaganligi; - eksport-import operatsiyalariga xizmat ko’rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivojlanmaganligi. Davlatning ichki tahdidlarga qarshi turish qobiliyatining sust bo’lishligi uni samarali tashqi siyosat olib borishdan mahrum qilib qo’yadi, u milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlay olmaydi, raqobatbardosh mahsulotlar eksportini rag’batlantirib, yangi tovar bozorlarini egallay olmaydi. Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar sifatida quyidagilar keltiriladi - mamlakat iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanganligi va tarkibiy deformatsiyaning kuchayishi; - milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi; - iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi; - yuqori darajadagi inflyatsiya; - mineral – xom ashyo bazalarining kam o’rganilganligi; - mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi, fan-texnika rivojlanishining ayrim yo’nalishlarida ilg’or o’rinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat nufuzi va obro’- e’tiborining tushib ketishi; - infratuzilmaning rivojlanmaganligi; - ichki bozorlardan milliy tovarlarning chet el tovarlari tomonidan siqib chiqarilishi;
E’tiboringiz uchun rahmatDownload 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling