Mavzu: global jarayonlar va barqaror taraqqiyot global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz oqibati
IJTIMOIY BASHORAT TURLARI, METODLARI
Download 192.76 Kb.
|
6-mavzu
IJTIMOIY BASHORAT TURLARI, METODLARI. O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida e’tibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.
Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning quyidagi turlarini farqlash mumkin: 1) mifologik bashorat 2) kundalik bashorat 3) intuitiv bashorat 4) ilmiy bashorat 5)ijtimoiy bashorat. Xulosa. Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globallashuv jarayonlari va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni engib, o‘z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an’analarning o‘ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin. Download 192.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling