Mavzu: Global rompyuter tarmoqIari. Internet tarmog’i
. Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi
Download 192.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glasnet tarmog’i.
- Relcom tarmog’i
- 3. INTERNET global kompyuter tarmog’i
2
. Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari SprinNet tarmoіi SprinNet ma’lumotlarni uzatish tarmog’i bo’lib, o’nlab mamlakatlarning yuzlab shaharlariga kirish uzellariga ega. SprinNet tarmog’iga keng sohadagi ma’lumotlarga ega mingta ma’lumot bazasi ulangan SprinNet tarmog’i axborotlariga katta tezlikda almashish imkonini beradi. Glasnet tarmog’i. Oshkoralik kuchaygan paytda tashkil etilgan va uni o’z atamasiga aylantirgan (Glasnost-oshkoralik) Glasnet tarmog’i 1990 yildan boshlab, Rossiya aholisiga va MDHdagi bir qancha davlatlar uchun jahon Internet kompyuter tarmog’iga kirish xizmatini ta’minlaydi. Xususiy mijozlar va tarmoq xizmatidan foydalanuvchi kichik biznes vakillariga e’tibor berish - Glasnetning ajralib turuvchi xususiyati sanaladi. Relcom tarmog’i 1990 yilda Atom energetikasi instituti va bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, UNIX- kompyuterlar tizimini ishlab chiquvchi mutaxasislar va foydalanuvchilarni birlashtiruvchi uncha katta bo’lmagan tarmoq tashkil etildi. Tez orada tarmoq 30 dan ortiq tashkilotlarni birlashtirdi va Internetning g’arbiy Evropadagi tarmog’iga ulandi hamda ro’yxatga olindi. 3. INTERNET global kompyuter tarmog’i 1957 yil ARRA (Advanced Research Rrojects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida DARRA (Defense Advanced Research Rroject Agency) ARRANet tajriba tarmog’ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, asosiy tuzilish printsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli bo’lishi edi. 1975 yil ARRANet tajriba tarmog’i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o’zgartirdi. 80-yillar boshida tarmoqda mashinalarning o’zaro ta’sir protokollari standartlashtirildi. Boshlang’ich variant TCP/IP (Transfer Control Protocol/Internet Protocol). BBN kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi, bu esa TCP/IPni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda - Internet tashkil etildi. ARPANet 2 ta qismga bo’lindi: MILNet va ARPANet. 1989 yil – ARRANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojat qilishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin edi. 90 yillar o’rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun qo’llanila boshlandi. Biroq, bu borada turli muammolar: tarmoq kanallarini ortiqcha yuklash va axborotni himoyalash mavjud edi. Internetning statistik ma’lumotlari љuyidagicha: 1981 y. - Internet ga 213 ta kompyuter ulangan; 1983 y. - Internet ga 562 ta kompyuter ulangan; 1986 y. - 5089 ta kompyuter ulandi; 1992 y. - 727000 kompyuter ulandi; 1995 y. - 20-40 million kompyuter birlashdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling