Mavzu: Globallashuv tushunchasi, mohiyati, jamiyat hayotida namoyon bo‘lish xususiyatlari. Globallashuvning nazariy asoslari Reja: kirish


Globallashuv universallashuv jarayonida sifatida


Download 25.61 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi25.61 Kb.
#1054194
1   2   3   4
Bog'liq
Globallashuv tushunchasi, mohiyati, jamiyat hayotida namoyon bo‘lish

Globallashuv universallashuv jarayonida sifatida.
Bundan tashqari, globallashuvni turli soqalarda sodir bo`layot-gan integratsiyalashuvning natijasi sifatida qarashlar ustuvorlik qiladi. Bunday qarash mazmunini dunyo mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tabiiy ravishda mustaqkamlanib borishi va ularning o`zaro integratsiyalashuvi natijasi sifatida, sub‘ek-tiv omillar ta‘siri, ya‘ni katta iqtisodiy saloqiyatga ega bo`lgan davlatlarning kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning resurslari-ni turli yo`l va vositalar bilan qo`lga kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarningnatijasi sifatida qarashlar ham mavjud. Xullas, globallashuv tushunchasi qaqidagi qarashlar tur-li-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy qol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari turlicha bo`lib dunyo-ning o`zgarishiga o`tkazayotgan ta‘sirida qam yangi-yangi imkoniyat-lari namoyon bo`lmoqda.
«Globallashuv» tushunchasiga mualliflar tomonidan yuqorida il-gari surilayotgan turli fikrlarga qo`shilish mumkin. CHunki qar bir muallif uning turli sohalariga o`tkazayotgan ta‘sirini turlicha ta-fakkur qiladi va uni turlicha talqin etadi. Boz ustiga globalla-shuvning o`tkazayotgan ta‘sir doirasi bepoyon va keng qamrovli ham-dir. SHu ma‘noda mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikr-lar qanchalik turli-tuman bo`lsa, uning turli xususiyatlari va in-soniyat, millat, mamlakat, jahon miqyosida o`tkazayotgan ta‘sirini o`rganishning imkoniyatlari shunchalik kengayib boradi. Avvalo «globallashuv» tushunchasiga ta‘rif berishda, unga haqiqatan ham kengroq va chuqurroq yondoshmoq kerak bo`ladi. Jumladan, yuqorida berilayotgan ta‘riflarning aksariyat ko`pchiligida «globallashuv» tushunchasiga yaqin bo`lgan «internatsionallashuv» (baynalminalla-shuv) va «integratsiyalashuv» tushunchalari o`rtasidagi munosabatlar e‘tibordan chetda qolib kelmoqda. YA‘ni nega «Globallashuv» tu-shuncha sifatida ommaviylashib ketmoqda yoki «internatsionalla-shuv» va «integratsiyalashuv» tushunchalari unga nisbatan kam qo`lla-nilmoqda degan savolga javob ochiq qolib kelmoqda.
Aslida, «Globallashuv»ning asl mohiyati va uning barcha soha-larga o`tkazayotgan ta‘sir doirasini bilish uchun uni yuqorida kel-tirilayotgan ikkala tushuncha bilan solishtirish maqsadga muvofiq-dir. CHunki ular o`rtasida ma‘lum o`xshashlik mavjud. Ayni paytda ular o`z yo`nalishi, maqsadi va funksiyalari bilan o`zaro farqlanadi. SHuning bilan birga ularning tushuncha sifatida ilmiy iste‘-molga kirish davrlari o`rtasida ham farklar mavjud. Ayniqsa, «in-ternatsionallashuv» sobiq sho`rolar qukmronligi sharoitida eng ko`p qo`llaniladigan tushunchaga aylangan edi. Uni millatlarning o`za-ro qo`shilib ketishiga olib keladigan ijobiy omil sifatida baqo-lashdan tortib, oila, turmush, milliy madaniyatlarning yagona ma-daniyatga aylanishigacha bo`lgan barcha soqalarda sobiq KPSSning «internatsionallashtirish» borasida olib borgan zo`ravonlik siyo-satini aqolidan yashirish maqsadida qo`llanilib kelinar edi.
Lekin bu aslida internatsionallashuv jarayoni bo`lmagan edi, degan gap emas, balki bu erda uni jirkanch manfaat va maqsadlarni amalga oshirish yo`lida qo`llanilib kelinganligi qaqida so`z bor-moqda.
YAna yuqoridagi tushunchalar taxliliga qaytib shuni aloqida ta‘-kidlash lozimki, bugun bir qator olimlar globallashuv jarayon sifatida insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qil-gan, degan fikrlarni qam ilgari surmoqdalar. Hatto qadim dunyo xalqlari o`rtasidagi madaniy aloqalarning yuzaga kelishi va ri-vojlanish jarayonlarini «globallashuv» bilan bog‗lash to`g‗risida-gi fikrlar qam uchraydi.
Jumladan, yuqorida tilga olingan maqo-lada Muqammadjon Xolbekov: «Moziyga qaytaylik. Miloddan ol-dingi IV asrda yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy butun Osiyoni qurol kuchi bilan zabt qilib, aslida yarim dunyoni birlash-tirmoqchi, qudratli davlat barpo etmoqchi bo`lgan va shu tariqa in-soniyat tarixida globallashuv jarayonning boshlab bergan. Yoki miloddan oldingi I asrda Rim imperatori Yuliy Sezar qam xuddi shunday yo`l tutib, butun Ovro`poni ishg’ol qilgan va qudratli imperiya sarqadlarini kengaytirgan. Ta‘bir joiz bo`lsa, insoniyat tarixida zo`ravonlik bilan bo`lsada, ikkinchi globallashuvga asos solgan», deb yozadi. O`rta asrlarda ham globallashuv jarayonining sodir bo`lganligini ko`ramiz. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarida sodir bo`lgan turli «birlashtirishlar», «sivilizatsiyalar», «ma‘rifatchilik» qarakatlari globallashuv jarayonini yuzaga keltirgan.
Adolat yuzasidan aloqida ta‘kidlash lozimki, muallif maqola-ni juda qiziqarli tarzda aniq faktlar asosida yozgan va ushbu ma-qolaga munozara yuritishga arziydigan material sifatida qarash noto`g’ri bo`lmaydi. Ana shunday munozaraga arziydigan fikrlar-dan biri globallashuvning eramizdan avvalgi IV asrda boshlangan-ligi va adabiyot bugungacha bo`lgan davrda o`z boshidan globallashuv-ni kechirish natijasida taraqqiy qilganligi qaqida ilgari surilayotgan fikrdir. Bu erda bizni munozaraga tortayotgan fikr glo-ballashuvning boshlangan davri adabiyotni ma‘rifatning global-lashuvi ta‘sirida rivojlanayotganligidir.
Agar muallifning fikriga qo`shiladigan bo`lsak, adabiyot, san‘at va xalqlarning bir-biriga tabiiy ta‘sir o`tkazish jarayonida o`zaro boyishni o`zida ifoda ettiruvchi baynalminallashuvning o`rni qaerda qoladi? YOki bugun jahonda bir qator yuksak taraqqiy qil-gan mamlakatlarning barcha imkoniyatlarini ishga solib barcha xal-qlar uchun umumiy bo`lgan ommaviy madaniyatni shakllantirishga bo`lgan qarakatlarini qam ijobiy baholash kerakmi?
Ular adabiyot, san‘at, ommaviy axborot vositalari, kompyuter, internet va uyali telefon kabi zamonaviy vositalar bilan yoshlar ongi hamda qalbi-ni «zabt» etish yo`lida olib borayotgan siyosatlariga qanday qara-moq kerak? Bu qo`yilayotgan savollarga javob mazkur kitobning uchin-chi paragrafida so`z boradi va yana yuqorida fikr yuritilayotgan glo-ballashuvning boshlanish davri va tushunchalar mazmuni xususida fikr yuritiladi.
Globallashuvning boshlanish davri bo`yicha g‗arb olimlari qam turli fikrlarni ilgari surib kelmoqdalar. Jumladan, R. Kobden va J. Brayt kabi olimlar globallashuv to`lqinlarini mamlakat-lar o`rtasida erkin savdoning amalga oshuvi va uning natijasida iqtisodiyotdagi o`sish bilan bog‗laydilar qamda uning boshlanish davrini XIX va XX asr bilan chegaralaydilar.
Ularning fikricha, Britaniya o`zining dengiz, industriya va moliyaviy qudrati bilan globallashuv to`lqinining birinchi bosqichi kafolati bo`lgan. Ular globallashuvning ikkinchi bosqichi yoki tiklanishini 1970- yillarning oxirlarida informatika va telekomunikatsiyada sodir bo`lgan inqiloblar asosida boshlanganligini ta‘kidlaydilar.
Keltirilganlardan ko`rinib turibdiki, globallashuv erkin savdoning boshlanishi va uning natijasida iqtisodiyotdagi taraqqiyot, informatika va telekomunikatsiya taraqqiyotida sodir bo`lgan inqiloblar bilan bog’liqdir.

Xulosa
Xullas, globallashuv tushunchasi va uning boshlanish davri qaqida turli fikrlar ilgari surilishi davom etmoqda. Endi glo-ballashuvning internatsionallashuv va integratsialashuv tushuncha-lari bilan munosabatlari ustida to`xtalamiz.
Falsafa qrmusiy lug‗atida «Internatsionalizm, baynalmialchi-lik (lotlSHer - aro, payop - xalq) - turli millat, irqdagi kishi-larning xalqaro birdamligini ifodalovchi tushuncha. Bu tushuncha K. Marks tomonidan o`ylab topilmagan, u tomonidan fikrga kiri-tilmagan, faqat sobiq ittifoq davrida mutloqlashtirilgan edi...» degan ma‘lumot keltiriladi. To`g’ri, «internatsionalizm» insoni-yatning ongli faoliyati boshlanibdiki, u tabiiy jarayon sifatida kechib kelmoqda. Ammo uning xuddi shunday nomlanishi har doim ham bo`lgan edi degan fikrga qo`shilib bo`lmaydi. Aslida, uning il-miy iste‘molga kirib kelishi ishchilar sinfi tomonidan burjua-ziyaga qarshi kurashdagi yakdillikni vujudga keltirish mafkurasi bilan bog‗liqdir.
«Integratsiya» tushunchasiga esa falsafa qisqacha izoqli lug‗ati-da quyidagicha ta‘rif keltiriladi: «Integratsiya (lotin, -to`la, butun, buzulmagan, butunlik) - umumiyat, birlikka erishishga yo`naltirilgan jarayon yoki faoliyat natijasi»dir. Falsafa qomu-siy lug‗atida «Integratsiya» (lotincha t1e§eg - butun): 1) ayrim qism va elementlarni bir butunga birlashtirish; 2) turli mamlakatlar-ning birlashmalari, tor doiradagi iqtisodiy-siyosiy guruqlar qo`shilishi degan ta‘riflar uchraydi. Integratsiyaning shakllari ilmiy, siyosiy, madaniy, xalqaro va qokazo turlarga bulib o`rganiladi.|

Foydalanilgan adabiyotlar





  1. Karimov I.A. Asarlar tо‘plami. 1-18 jildlar. T. О‘zbekiston. 1996-2011

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.

  3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari. – Toshkent: О‘zbekiston, 2009. – 56 b.

  4. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: О‘zbekiston, 2009.

  5. Karimov I.A. Hamkorlik, taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlash yо‘lidan // Xalq sо‘zi. – 2010 yil 22 sentabr.

Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling