Mavzu: Globallashuv va milliy ma’naviyat. Reja
-Bob. Glaballashuv va mafkuraviy jarayonlar
Download 81.17 Kb.
|
Mavzu Globallashuv va milliy ma’naviyat. Reja-www.hozir.org
1-Bob. Glaballashuv va mafkuraviy jarayonlar.
1.1.Glaballashuv va mafkuraviy jarayon tushunchalari va ularni mohiyati. Glaballashuv (lotoncha,globus-shar,yer sayyorasi)-XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibotlar, davlat lar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makani,kapital,tavor hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyala shuv,atrof-muhitga texnagen tasirning kuchayishi ommaviy madniyat namunalarining keng tarqalishi,axborot-mafkuraviy va diniy ekstrimestik xurujlar xavfning ortib bori shini ifoda etuvchi tushunchadir.”Glaballashuv” atamasi dastlab Ameriqalik olim T.Levitning 1983 yili “Garvard biznesrevyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi ( u yirik transmilliy karparatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mah sulot bozorlarining birlashuv jarayonini Glaballashuv deb atagan).1985 yilda esa taniqli Amerikalik olim R.Robertson “Globalization” iborasini ilmiy muomilaga kiri tib,bu tushunchani “odamlar ongida sayyoramizning torayishi hamda dunyoning yahlit tarzda anglanishi”ni aks ettirib, “dunyoning birlashuvi va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni kuchayishini” ifoda etadigan jarayon sifatida talqin etadi.Mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara hamon davom etayotgan hamda bu borada yagona umumiy qarash shakllan magan,yahlit kansepsiya yaratil magan bo’lsada,gumanitar limning turli sohalarida, chunonchi, ijtimoiy fanlarda ushbu jarayonning o’ziga xos xususiyatlari,namayon bo’lish shakl lari har tamonlama o’rganilmoqda. Jumladan, iq tisodiyot fanida diqqat etibor asosan moliyavi Globallashuv,global transmilliy karparatsiyalarning (TMK) shakllanishi, iqtisodiyotning min taqiylashuvi,jaxon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalarga qaratilgan. Tarixiy asarlarda esa Glaballashuv jarayoni insonning ko’pasrlik taraqqiyot bosqich laridan biri sifatida talqin etiladi.Siyosatda transmilliylashuv jarayonining tezlashuvi, dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning kuchayishi,BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtiroqida yangi umumsayyoraviy tartibning shakllanishi ni tadqiq etilmoqda.1 Sotsiologiya sohasi mutahasislari madaniyatning universalla shuvi tasirida turli mamlakat va mintaqa halqlari turmush tarzining yaqinlashuvi hamda birhillashuvi tastiqlaydigan dalillarni izlamoqda.Ba’zi faylasuflar XXI asrda dunyoda yagona axloq umumiy ma’naviyat,glabal madaniyat qaror topishini bashorat qilmoq dalar.Boshqalari esa, Kantning yahlit abadi dunyo hamda umumdunyoviy hukumat g’oyasiga tayanib,turli millat va halqlar qadriyatlarining uyg’nlashuvini asoslashga intilmoqdalar.Keyingi yillarda ilmiy adabiyotlarda turli fan yutuqlarini uyg’unlashtirish asosida hamda insoniyatni bilashuvi,ijtimoiy voqealikning univer sallashuvi vakishilar dunyoqarashining kengayishi tendensiyalari ga tayanib,Glabal lashuv jarayonining umumiy nazariyasini yaratish borasida intilish lar(masalan: A.Vallerstaynning tizimli yondashuvi va xakozalar) ko’zga tashlanmoq da.Shu bilan birgalikda Glaballashuv jarayonining turli davlatlar va xalqlarning iqtisodiy,ijtimoiy, siyosiy,madaniy va ma’naviy taraqqiyotga salbiy tasirini ilmiy tadqiq etishga etibor kuchayib bormoqda.Prizidentimizning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida Glaballashuv mazmun mohiyati quyidagicha tavsiflanadi: ”Glaballashuv fenomeni ha qiqida gapirganda,bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy,hayotiy tushuncha sifatida keng manoni anglatishini takidlash lozim.Umumiy nuqtayi nazardan qaraganda,bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo’ja lik, ijtimoiy siyosiy,tabiiy-biolo gik muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy mintaqaviy muammo larning jaxon miqyosidagi muamolarga aylanib borishini ifoda etmoqda. …Har bir ji timoiy hodisaning ijoboy va sakbiy tamoni bo’lgani singari,glaballashuv jarayoni ham bundan mustasno emas.Hozirgi paytda uning g’oyat o’tkir va keng qamrovli tasirini deyarli barcha sohalarda ko’rish,xis etish mumkin. Ayniqsa,davlatlar va halq lar o’rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi,xorijiy investitsiya lar,capital va tavarlar,ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi,ko’plab yangi ish o’rinlarining yaratilishi, zamonaviy kammunikatsiya va axborot texnologiyalarining,ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi,turli qadriyat larning umuminsoniy negizda uyg’unlashuvi, sivilizatsiyalar aro muloqotning yangi cha sifat kasb etishi,ekologik ofatlar paytida o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlari ning ortishi-tabiiyki,bularning barcha siga glaballashuv tufayli erishilmoqda”.1 Mazkur xulosalarga tayangan holda Glabal lashuv jarayonining quyidagi umumiy jihatlariga etibor qara tish mumkin: a)Glaballa shuv insoniyat tamadduni rivojining ichki extiyojlarini ifoda etadigan obyektiv, tabiiy-tarixiy jarayon; b)Glaballashuv ijtimoiy jarayon kengayishi va murakkablashuvi oqibatida sayyoramiz miqyosida iqtisodiyot,texnika va texnologiya,axborot-kammunikatsiya,siyosat, huquq, boshqa ruv va boshqa sohalardagi integratsiyalashuv jarayonining kuchayishi oqibatida vujudga kelgan,o’ziga xos tuzilmaga tayangan holda faoliyat yuritadigan murakkab tizim;v)Glaballashuv jarayoning toboro keng ko’lamda namoyon bo’lishi jamiyat hayoti,kishilar turmush tarzi va mentalitetiga (yangi extiyojning kammunikatsiyasi shart-sharoitlari va shakllari,qadriyatlarning paydo bo’lishi,ommaviy mada niyat qadriyatlarini singdirish orqali) jiddiy ta’sir ko’rsatadi;d)Glaballashuvning zamona viy tamaddun rivojining yuqori bosqichi sifatida madaniyat bilan o’ziga xos munosa batlar tizimi shakllanib bormoqda (bir tamondan, madaniy faoliyatning yangi shakl va usullari,uning botiniy mohiyatida tub o’zgarishlar ro’y bersa,ikkinchi tamonda, madaniyatning glaballashuv jarayoniga ta’siri kuchayadi).Hozirgi davrda O’zbekis tonda,bir tamondan,glaballashuv jarayonining avzalliklaridan (jumladan, iqtsodiyot ning barcha sohalarini zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida jihozlash, investitsiyalarni keng jalb etish,jaxon bozoriga integratsiyalashuv va xakozo) oqilona foydalanish,ikkinchi tamondan,uning salbiy ta’sirini (dunyoning yetakchi davlatlari va transmilliy korporatsiyalarning tabiiy zahiralarga egalik qilishiga intilishi, demaq ratiyani siljitish strategiyasining amalga oshirilishi,ommaviy madaniyat namunalari ning keng tarqalishi,terrorizm va ekstremizmning glabal tus olishi va xakozo) barta raf etish borasida pishiq-puxta o’ylangan izchil siyosat olib borilmoqda. I.Karimov takidlaganidek,”Hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o’tkazish ning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib,har-xil siyosiy kuchlar va markazlarning man faatlariga xizmat qilayotganini sog’lom fikrlaydigan har qanda odam, albatda, kuzati shi muqarrar”.1 Shu bois glaballashuv jarayonining ijobiy jihatlarini etiborga olgan holda uning g’oyaviy mafkuraviy ta’siridan ogoh bo’lish,ayniqsa, yoshlarimizni bun day xurujlardan asrab avaylash g’oyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi dunyoda Glaballashuv jarayoni ta’siridan holi bo’lgan biron-bir sohani toppish qiyin.Bu bir tamonda,turli mamlakatlar halqlar hayoti rivojining bir-biri bilan bog’liq jihatlari taqoza etadigan obektiv jarayon.Ikkinchidan uning ayrim noholis “Maqsadli mo’ljallari” ham yo’q emas.Buni ayrim kuchlar siyosiy guruhlarning o’z yasshirin maqsadlari yo’lida glaballashuvdan vosita sifatida foydalanish,ayniqsa in sonlar ongi va qalbiga ta’sir ko’rsatish orqali,ularning dunyoqarashlarini,ishonch va etiqodlarini o’zgartirib,o’ztasir doiralariga olishdagi urinishlarida kuzatish mumkin. O’zbekiston Prizidenti I.A.Karimov takidlaganidek,”Insoniyat sivilizatsiyasi ning rivojlanish tarixi,ayniqsa har jihatdan bir-biriga bog’liq bo’lib qolgan hozirgi dunyo sharoitida bizni o’rab turgan,hech kim o’z holicha yashay olmaydigan,hamma narsa ham bizga bog’liq bo’lavermaydigan,yuksak maqsadlarga intilish yo’lidagi intilishla rimizga jiddiy havf hatar solib turgan bu dunyoning o’zi nimalardan iborat ekanligini chuqur tushunib olish juda muhim”.1 Bu hamma vaqtda ham shunday bo’lib qoladimi?Yoki u o’zgarib yangilanib bora dimi?Bunday sharoitda insonlarning dunyoqarashi,ishonch etiqod munosabatlari shunday bo’ladi?Xalq tayanadigan milliy madaniy merosga,qadriyatlarga bo’lgan munosabat,ishonch va etiqod qanday bo’lishi kerak,degan savollar ko’pchilikni o’ylantiradi. Glaballashuv insonlar xalqlar ijtimoiy hayoti sohalariga,dunyoqarash,tafakkuri ga,davr va zamonga,umumbashariy va milliy-madaniy qadriyatlarga ham ta’sir ko’rsa tishi mumkin.Bunday ta’sirning xalqlar hayotidagi o’zgarishlarga mos “me’yor” dara jasi bilan,aksincha,uning buzulish xolatini farqlash va hisobga olish zarur.Ayniqsa, axborot ko’lami tez suratlar bilan oshib,mustaqillik tufayli odamlar yangi-yangi axborot maydoniga kirib borayotgan davrda muayyan millat va xalqqa xos bo’lgan fikrlar,qarashlar,dunyoni anglash va unga munosabat ham o’ziga xos ko’rinishda na moyon bo’ladi.Hatto glaballashuv shroitida,uning talab va qonuniyatlarini hisobga olmasdan,Vatan oldidagi fuqarolik burchi va ma’suliyatini sezmasdan,”oqim”ga tez da moslashib ketayotgan,ishonch va etiqodlarini tezda o’zgartirishga moyil bo’lganlar ham topilmoqda.Bu glaballashuv jarayonining ta’sir kuchini oshirib,ma’suliyat hissi ning bir qadar pasayishiga sabab bo’layotir. Umumbashariy qadriyatlar-xalqlarning dunyoni anglashdagi umumiy maq sadlari, qarashlari fikr va intilishlarining o’zaro mushtarak nuqtalaridir.Xalqning o’z ma’na viy-madaniy negizlariga,xususiyatlariga tayanmaydigan dunyoqarash esa umumbashariyat mulkiga aylana olmaydi.Shu oddiy haqiqat orqali glaballashuv jara yonidagi mil liy va umumbashariy mohiyatni anglash mumkin. Xo’sh,bugungi insonlarning dunyoqarashi,ishonch va etiqodi milliy-ma’naviy qadriyatlarga nechog’li uyg’un? Inson dunyoning doimo sodda,tasavvur qilish,isroq etish oson bo’lgan jihatla rini ko’proq aglaydi.Unga ko’proq intiladi.Shuning uchun glaballashuv sharoitida odamlarning hamma ham tezda bilib ololmaydigan,anglash,tasavvur qilish qiyin bo’lgan (substansiya) mohiyatni anglab yetishiga yordam berish alohida ahamiyatga ega.Shu ma’noda,insonga ma’naviy mohiyatni anglash,uning mohiyatini tushunib yetishga qaraganda,”moddiy”olamni anglash osonroq.U shu asosda umumiy,lekin bir tamonla ma xulosaga ham keladi.Go’yo,uning nazarida hamma narsa faqat iqtsod bilan bog’ liq.Go’yo iqtisodi yaxshi(to’q,faravon) bo’lsa,qolgan hamma muammo o’z o’zidan hal bo’lib ketaveradi,deb o’ylaydi.To’g’ri,bir tamonlama qaraganda shun day.Lekin odamning iqtisodiy xayoti o’z-o’zidan yahshi bo’lib qolmaydiku? Agar iq tisodiy faravinlik qanday omillarga bog’liq,degan savollarni o’rtaga tashlasak, mohi yatga bir qadar yaqinlashamiz.Binobarin,iqtisodiy o’zgarishlar ham insonning dunyo qarashi, ma’naviy salohiyati,bilimi malakasi,aql-idroqi,intilishlari bilan bog’liq. Demak,erkin,faravon hayot-bu natija,unga inson salohiyatisiz erishib bo’lmaydi. Insonning salohiyati esa uning o’ziga,ya’ni ma’naviy olamiga bog’liq.Inson o’z salo hiyatini qanchalik to’g’ri yo’naltira bilsa va undan ezgulik yo’lida foydalansagina chi nakam erkin faravon hayotga erishmog’i mumkin. Glaballashuv jarayoni ijtimoiy xayot sohalariga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.Bu ta’sir qaysi sohalarga,qay darajada bo’lishini bilish muhim.bu avvalo insonlarning o’zgarishlar sharoitida milliy-ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan munosabatiga,ishonch va etiqodiga bog’liq; 2.Ayrim insonlar bu o’zgarishlarni shunchaki qabul qilishi mum kin.Boshqacha aytganda glabal tasirlarga hech qanday javob bermasdan “shunchaki uning ta’siriga tushadi” va “qabul qiladi”; 3.Ayrim insonlar esa o’zidagi ma’naviy, mafkuraviy “immunitet”nib u o’zgarishlarning salbiy jihatlariga qarshi qo’yadi.Shu bois glaballashuv jarayoni unga sezilarli ta’sir ko’rsata olmaydi; 4.Shunday odamlar, xalqlar,millatlar borki,ular xech qachon glaballashuv ta’siriga tushmaydilar.Sababi ular o’zligini shu darajada anglab yetganki,tashqi ta’sirlarning har qanday darajasiga o’zlarining ma’naviy salohiyatlari bilan javob bera oladilar.O’zligini saqlab qolish, milliy ma’naviy qadriyatlarga tayangan holda o’ziga xos va mos rivojlanish yo’liga ega bo’lish,ularning hayotiy falsafasiga aylanib,ishonch va etiqodi darajasiga ko’taril gan.Bu glaballashuv sharoitidagi umumiy qonuniyatdir. Glaballashuv jarayoni o’tmishda ham turli xalqlar xayotiga muayyan o’zgarish lar olib kirgan.Hayot tarzida urf odatlari va ananalarida,ong-tafakkuri va dunyoqarash lari da muayyan o’zgarishlar yasagan.Milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz bugun ham odamlar qarshlari bilan bog’liq holda yangilanib boryapti.Bugungi glaballashuv jara yonini dunyoqarash bilan birga ishonch va etiqod munosabatini ko’proq dolzarb qilib qo’ymoqda.Turli xalqlar,millatlar hayotida o’ziga xos hayotiy delimma paydo bo’lmoqda.1 Bugungi islohatlardan maqsad taraqqiyotdan orqada qolmaslik,dunyo mamlakat lari singari erkin va faravon xayot qurish , mustaqillikni asrrab-avaylashdan iborat. Shunda,hamma vaqt ham yetarli etibor berilmaydiga,zarur darajada bahonalavermay digan ishonch va etiqod omili yaqqol namayon bo’ladi.Albatda,bu omil ham bugungi taraqqiyot,turli xalqlar erishayotgan yutuqlar,undagi yangiliklar ta’siridan xoli emas. Chunki jamiyat mudom yangilikga intiladi.Zamonaviylik nafaqat tashqi ko’rinishda, xatti-harakatlar,xulq-atvor,dunyoqarash ayni paytda urf-odatlar,qadriyatlarga bo’lgan munosabatga hamta’sir ko’rsatadi.Lekin glaballashuv sharoitida asl milliy xususiyat larni saqlab qolish millat istiqboli uchun eng zarur omillardandir. To’g’ri,bugun shaklan yondashganda “sof milliylikni” ajratib olish qiyin.Tur mush tarzida ham,yashash sharoitida ham zamonaviylik bilan milliylik uyg’unlashib bormoqda.Biroq,zamonaviylik milliylikdan voz kechish hisobiga bo’lmasligi kerak. Kiyinish yurish-turish,tashqi qiyofa ko’rinishlariga qarab ham bugun Sharqona va G’arbona madaniyatni birdan ajratib olib bo’lmaydi.Lekin nima ajratib turadi?Millati ga,milliy-ma’naviy qadriyatlariga bo’lgan ishonch va e’tiqod,tilga va o’z madaniyati ga bo’lgan sadoqat va e’tiqodi.Tarixni sevish,uni chuqur bilish Vatan,xalq va millat ning o’tmishini hurmat qilishga,ishonch va etiqod mustaxkamlanishiga xizmat qiladi.Glaballashuv jarayoni insonning vatanparvarlik,insoparvarlik tuyg’ulariga sal biy ta’sir ko’rsatishdan saqlqnish zarur.Shunda qayerda yaxshi yashasa,shu joyni o’zi ga vatan deb biladigan toifalar ko’payishining oldi olinadi.Binobarin,bunday Vatani ga,uning istiqboliga,befarq qaraydi.Uning uchun jon kuydirmaydi.O’zining salohiya tini Vatanini,millatining kelajaki,ertangi kuni uchun sarflamaydi.Bundaylar Vatanida yashasa ham”Vatandan tashqarida” bo’ladi.Vatanga,milliy-madaniy qadriyatlarga bo’lgan ishonch va etiqod mustaxkam bo’lishi uchun esa quyidagilar zarur: 1)Ona-Va tan tarixini bilish; 2)ona-tilini qadrlash; 3)milliy urf-odat an’ananalarni hurmat qilish; 4)milliy-madaniy merosni bilish va ezozlash; 5)diniy qadriyatlarni yaxshi bilish va farqlay olish; 6)Vatan va millat o’tmishini bir-biri bilan bog’liq holda idroq etish va o’zini uning bir bo’lagi sifatida ko’rish; 7)Vatan va millat kelajagi to’g’risida qayg’urish tuyg’usining mustahkam bo’lishi. Bu zinhor dunyo xalqlari erishayotgan yutuqlardan chetda qolishni anglat maydi. Aksincha,undan foydalanishni,milliy rivojlanishga tadbiq etib borishni taqazo etadi. Demak,ular o’zaro uyg’un munosabatda bo’lmog’i lozim.Lekin,shunday kishi lar toifa si mavjudki,ular o’zlarini “eng zamonaviy” kishilar qilib ko’rsatmoqchi bo’la dilar.Milliy-madaniy meros va qadriyatlarni mensimay,o’zlarini “umumbasha riy” va “ilg’or dunyoviy madaniyat”egasi sifatida ko’rsatishga urinadilar.Milliy ma’naviy ne gizdan ajralmagan holda yashashni “zamondan orqada qolish”, ”arxaizm”, ”qoloqlik” deb hisoblaydilar.Bunday qarash bir tamonlama bo’lishdan tashqari,eng hafvlisi, xalqlar va millatlarning madaniy taraqqiyotidagi o’ziga xoslikga har tamonlama ziddir.1 Yaqinda Respublika Prizidenti huzuridaki Davlat va jamiyat qurilishi akade miyasida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi.Nemis olimasi milliy xodisaga munosabat bildirar ekan, bugungi glaballashuv jarayonida o’zlikni saqlab qolish bilan bog’liq omillar aha miyatini alohida ta’kidladi.Anjumanning bazi ishtiroqchilari, xususan, qo’shni davlat lardan kelgan ayrim tarixchi olimlar “millatning saqlanib qolishi o’zligini asrab avaylashi,o’ziga xoa va mos bo’lishi zarurligi haqidagi ilmiy muloha zalarni eshitib,bu dahshatli xulosaku bunga qo’shilib” bo’lmaydi” deb e’tiroz bildi rishga urindilar.Axir sayyoramizda o’zining madaniy va ma’naviy qadriyatlariga ega bo’lgan 1600 dan ortiq etnik guruh bir birini takrorlamasligi kunday ravshanku! Shun day ekan,milliy o’ziga xoslikning, qadriyat larning saqlanib qolishini umum taraqqi yot va milliy-mada niy rivojlanish mantig’iga zid deb hisoblash aslo to’g’ri emas. “Milliy o’ziga xoslikka” tayanish umumbashariy rivojlanish tamoyillariga aslo zid emas. Aksincha, glaballashuv jarayonida milliy o’ziga xoslikni yo’qotib yubor maslik uchun ham eti qod va ishonchning mustahkam bo’lishi hayotiy o’zgarishlar taqazosi hisoblanadi. Har bir xalqning o’zligini saqlab qolib,dunyo hamjamiyatida o’ziga xos va mos o’ringa,mavqega ega bo’lishi muhim.O’zligidan ajralib,tarixini,tilini yo’qotib,mada niy merosiga befarq bo’lganlarni qanday xalq yoki millat fuqarosi deb atash mumkin? Afsuski kam bo’lsada,ona tilini bilmaslik,qadriyatlarini tushunmasdan unga bepisand lik bilan qarab,boshqa xalqlar qadriyatlarini undan ustun qo’yish,etiqoddan ham voz kechish xollari sodir bo’lmoqda.Madaniyatlarni bir biridan ustun qo’yishga bo’lgan harakatlar nosog’lom maqsadlarni ko’zlaydi.Milliy qadriyatlardan voz kechishga un dash o’ziga xos xavf xatardir.Ayrim kishilardagi bunday o’zgarishlar muayyan ma’no da boshqalarga ham salbiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.Ichki beqarorlikga sabab bo’ladi.Vatan tuyg’usi bu juda nozik.Insonning xalqiga,uning o’tmishi va bugungi kuniga bo’lgan dunyoqarashi,ishonch va etiqodi uning faoliyati bilan bog’liq holda na mayon bo’ladi.Inson bunga befarq bo’lmasligi lozim.Zero,befarqlik Vtan tuyg’usini susaytiradi,ishonch va etiqodni zaiflashtiradi.Inson Vatanini,tarixini,millatning tilini, qadriyatlarini qanchalik chuqur bilsa,shunchalik unga mehri,muhabbati,e’tiqodi va kelajagiga ishonchi ortadi. Bugun O’zbekistonda yangi avlod o’sib kelmoqda.Glabal o’zgarishlar davrida ham mamlakatlar,xalqlar o’rtasida turli sohalarda o’zaro hamkorlik,yaqin qo’shnichi lik munosabatlari saqlanib qoladi.Bu o’zaro milliy manfaatlarga va milliy manfaatdor lik tamoillariga asoslanishi muhim.Glaballashuv jarayonini ayrim xalqlar yoki davlat lar uchun o’z g’oyasini yoki madaniyatini bir tamonlama zo’rlab singdirish vositasiga aylanmasligi,insinlar ongi va qalbini,ishonch va etiqodlarini o’zgartirish maqsadlari dan yiroq bo’lishi ijtimoiy rivojlanish qonuniga mos tarzda ularning o’zaro manfaatla riga ham xizmat qilishi zarur. Glaballashuv jarayonlari o’zaro manfaatlarini hisibga olish,o’zaro hamkorlik va hamjihatlikni taqoza etadi.Xolislik,o’zaro hurmat,ishonch va etiqod erkinligi orqali bugungi glaballashuv jarayonlarida muayyan yutuqlarga erishish mumkin.Buning uchun har kishining qaysi xalq yoki millatga mansub bo’lmasin,Vataniga,milliy-ma’naviy qadriyatlariga ishonch etiqodining mustaxkam bo’lishi turli xil tashqi va ichki xavf-xatarlarning oldini oladi hamda o’ziga xos va mos rivojlanish,dunyo taraq qiyotida nufuzli o’ringa ega bo’lishning muhim kafolatiga aylanadi. XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasida ta’sir shu qadar kucha yib ketdiki,bu jarayondan to’la ixotalanib olgan birorta ham davlat yo’q.Glaballashuv ning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri turlicha.Bu hol dunyo mamlakatlari iqtsodiy,axborot,ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq.Yer kurrasining fan texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi huddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi.Insiniyat taraqqiyoti ayni vaqtda ish lab chiqarish kuchlarining rivojlanish jarayondan. Bujarayon asrdan asrga,ming yil lar davom etgan… Glaballashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’siri xususida Xindistonlning mashxur davlat arbo bi Mahatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan:”Men uyumning dar vozasini mahkam berkitib o’tira olmayman,chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak.Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayongan havo dovul bo’lib uyimni ag’dar-to’ntar qilib tashlashi,o’zimni esa yiqitib yuborishini istamayman”. Shuning uchun ham milliy istiqlol g’oyasi bugungi glaballashuv jarayonida uyi mizni,xayotimizni toza havo bilan taminlab,ayni paytda,”dovullar”dan saqlash omili ekanligini anglash mumkin. -Glaballashuvning ijobiy tamoni shundan iboratki,u xalqlarning ,davlatlarning, milliy madaniyat iqtsodiyotlarning yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanishi uchun imkoniyatlar ochadi. Glaballashuvning salbiy tamoni shundan iboratki,ko’p ming-ming mayda,qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati,tili,rasm-rusumlari jaxon bo’ylab kuchayib borayotgan glaballashuv jarayonlarida kata millatlar,yirik milliuy madaniyatlar,boy tillar bilan raqobatlasha olmay,o’z-o’zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy,insoniy-zaboniy ha yotdan chetga chiqib qolmoqda.Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi-o’z millatining raqobatbardoshligini ko’tarish,buning uchun uning faol siyosati,tadbir kor iqtisodiyoti,madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir.Buning uchun mustaqil O’zbekistonning har bir fuqarosi 4 ta sifatga ega bo’lishi kerak:1)Zamona viy mutaxasis bo’lishi;2)o’zbek davlat tili,rus tili va ingliz tillarini mukammal bilishi; 3)doim o’z bilim doirasini yangilab borishi va 4)tadbirkor-tashabbuskor bo’lishi ke rak.(Mustaqillik:Izohli ilmiy-ommabop lug’a’t.Mualliflar.M.Abdullayev va boshqa lar.-T.Sharq,2006.-528 b.) Glaballashuv jarayoni murakkab hodisa.Uning turli mamlakatlar iqtisodi,siyosati va ma’naviyatiga o’tkazayotgan ta’siri murakkabligisababli unga nisbatan ham jaxon da bir-biriga qarshi,muholifatda bo’lgan ikki guruh;1)glabalislar 2)aksilglabalislar guruhlari vujudga keldi. 1.Glabalislar-glaballashuv tarafdorlaridir.Ular orasida davlat arboblari,siyosat donlar va bisnesmenlar ko’proq uchraydi. XX asr o’rtalarida glaballashuvning instutionlashuvi (tashkillashuvi) kuchaygan dan keyin bu jarayon tezlashdi.Masalan,Butun jaxon savdo tashkiloti,Xalqaro valyuta jamg’armasi,Jahon banki,Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlari glabalis lar ta’sirida vujudga keldi. 2.Aksilglabalislar-glaballashuv muholiflari bo’lib,ular prasida ko’proq so’l kuchlar,kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor.MDH hududida ak silglabalislar Rassiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqda.Bu yerda ular turli anjumunlar,seminarlar o’tkazish uchun to’planib turadilar. Aksilglabalislar faoliyati ham bugungi kunda kuchaydi.Lekin uning faqat sal biy oqibatlarigagina emas,umuiman unga qarshi chiqmoqda.Mmasalan ,Rassiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovyev “Aksilglabalizm vektorlari” nomli anjumanda shun day degan edi:”Glaballashuv yangi jaxon urishidir.U yangi tipdagi jahon urishi.Bu u rushda tirik qolishning qarshilik ko’rsatishdan boshqa yo’lini ko’rmayapman.Faqat qarshilik!” Download 81.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling