Mavzu: Globallashuv va milliy ma’naviyat. Reja


II-Bob.Globallashuv jarayonida milliy g’oyaga ehtiyojning ortish shart- sharoitlari va omillari


Download 81.17 Kb.
bet4/7
Sana22.09.2023
Hajmi81.17 Kb.
#1684425
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Globallashuv va milliy ma’naviyat. Reja-www.hozir.org

II-Bob.Globallashuv jarayonida milliy g’oyaga ehtiyojning ortish shart- sharoitlari va omillari.
2.1. Globallashuv va ma’naviy tahtid.
Bugun g’oyat chigal va ziddiyatli dunyoda yashayapmiz.Bugungi davrda haqi- qatni yashirish,uni turli g’arazli manfaatlari yo’lida sohtalashtirishga ishqibozlar ko’payib bormoqda.Natijada asl maqsadlar niqoblanib,azaliy tushunchalarning ma’no lari chigallashtirilmoqda.Ba’zan xayotda gunohni savob deb,asoratni erkinlik deb, yolg’onni rost deb uqtiradiganlarning domiga tushib,yaltiroq narsani oltin o’rnida qabul qilayotganlar ham,afsuski,yo’q emas.
“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari kitobhonlarni avvalo ana shunday hatarlardan ogoh etadigan,bugungi hayotda nima yahshiyu nima yomon ekani haqida bosh qotirishga undaydigan,tafakkurimizni quvvatlantiradigan,hayot ilmiga chanqo- g’imizni bosadigan,yon-atrifimizda kechayotgan,chuvalgan voqealarni anglashga imkon beradigan manba bo’lib xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga ega.
Muallif hozirgi kunda dunyoda kechayotga g’oyaviy kurashlar haqida bunday deb yozadi: “Agarki bashariyat tarixini uning tafakkur rivojini tadrijiy tarzda ko’zdan kechiradigan bo’lsak,hayotda insoni kamolotga,yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g’oya va ta’limotlar bilan yovuz va zaharli g’oyalar o’rtasida azaldan kurash mav- jud bo’lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko’ramiz”.1
Ma’lumki,dunyo ikki qutubga bo’lingan zamonlarda ezgulik va yovuzlikni ajratib turadigan chiziq davlatlarni chegaralari ustidan o’tadi,degan qandaydir oddiy tasavvur bore di.Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda,bir qutubni boshqargan mamlakatga “Yovuzlik saltanati” degan tamg’a bosilgan bo’lsa,boshqa bir qutub ye- takchisi “Ezgulik diyori” deya olqishlanar edi.Biroq hozirgi kunda jaxonning siyosiy manzarasi shu qadar tez o’zgarmoqdaki,oxir oqibatda nafaqat bir mamlakatda yashay digan insonlar,ba’zan bir oila azolari ham sarhadlarning turli taraflarida qolib ketmoq da.Eng yomoni,insonning ongi shuvirida ham bo’linish va chegaralar paydo bo’lmoq-
da.Boshqacha aytganda,yahshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash va ziddiyatlar faqat saltanatlar,xalqlar va shaxslar o’rtasida emas,balki har birimizning qalbimizda,ongi-
mizda ham kechmoqda.
Maallif ma’naviyatga qarshi qaratilgan xatarlar haqida fikr yuritib,ularni quyi- dagicha ta’riflaydi: “Ma’naviy tahtid deganda,avvalo,tili,dini,etiqodidan qatiy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning ruxiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy,g’o- yaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim,deb o’ylayman”.2
Muallif ta’lqiniga ko’ra,ma’naviy tahtid:
avvalo insonning erkinligiga daxl qiladi,uni fikriy qaram qilishni ko’zlaydi;
ikiknchidan,insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga yo’naltirilgan mafkura- viy,g’oyaviy va informatsion xurujlar shaklida amalga oshiriladi;
uchinchidan,turli niqoblar,jozibali shior va g’oyalar pardasi ostiga yashiriladi;
to’rtinchidan,katta ma’naviy yo’qotishlarga olib keladi,xalqlarning milliy diniy tomirlariga bolta uradi;
beshinchidan,begona g’oya va zararli dunyoqarashni avvalo beg’ubor yoshlar- ning qalbi va ongiga singdirishga qaratiladi;
oltinchidan,mamlakat xavfsizligigi va milliy manfaatlariga tahtid soladi,jamiyat- ni inqirozga olib keladi;
va nihoyat,dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sanaladi.
Demak,ma’naviy tahtid qaysi davlat yoki xalqqa qaratilishidan qat’i nazar,but- un insoniyatda birdek tashvish va havotir uyg’otmog’i lozim.
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”asarida ma’naviy tahtidlar globalla-
shuv jarayonlari bilan bir butun holda tahlil etiladi.Muallif masalaga holisona yonda- shish prinspiga sodiq qolib,avvalo bu hodisaning ijobiy jihatlariga to’htaladi.Muallif- ning fikricha,globallashuv jarayonining ijobiy hususiyatlari:
birinchidan,mutloqo yangicha ma’no mazmundagi xo’jalik,ijtimoiy-siyo- siy,tabiiy biologic global muhitning shakllanishini ifoda etadi;
ikkinchidan,milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muam-
molar ga aylanib borishida namoyon bo’ladi;
uchinchidan,davlatlar va halqlar o’rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalari- ning kuchayishiga olib keladi;
to’rtinchidan,xorijiy investisiyalar,capital va tavarlar,ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar yaratadi,ko’plab yangi ish o’rinlarini ochilishiga turtki beradi;
beshinchidan,zamonaviy kammunikatsiya va axborot texnologiyalari,ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi uchun zamin yaratadi;
oltinchidan,turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’unlashuvi,sivilizat- siyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishda ko’rinadi.
Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni yangi-yangi hudud va mintaqalarni,bar- cha faoliyat sohalarini o’z domiga tortib bormoqda.Shunday bir vaziyatda bu hodisa- ni ko’proq iqtisodiy jarayon sifatida talqin qilib,uning siyosiy jihatlari haqida sukut saqlashni avzal ko’rayotganlarga javoban muallif bunday deb yozadi: “globallashuv jarayonining…o’ziga hos jihati shundan iboratki,hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’- sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib,har-xilsiyosiy kuchlar va markaz- larning manfaatlariga xizmat qilayotgani sog’lom fikrlaydigan har qanday odam albat da kuzatishi muqarrar”.1
Birgina axborot sohasidagi globallashuv jarayonini oldindan bilsak,uning ta’si- ri jaxonda yetakchilik qilish uchun kechayotga shiddatli kurashda namayon bo’lmoq-
da.Chunki axborot texnologiyalarining rivojlanish darajasida davlatning geosiyosiy ta’sirini belgilovchi omillardan biriga aylanmoqda.Shuning uchun axborot texnolo giyalari yuksalgan davlatlarda bu sohadagi ustunlikdan siyosiy,xarbiy,iqtisodiy, axborot va madaniy tajovvuzlarni amalga oshirish yo’lida foydalanib qolish vasvasasi yo’q, deb aytolmaymiz.
Achinarlisi shundaki,globallashuv jarayonini sharxlash va tushuntirishda bir yoqlamalikka yo’l qo’ymoqda.Buni avvalo jahon miqyosidagi integratsiyalashuvning ahamiyati bo’rttirilib,har qaysi xalqning milliy o’ziga xosligi,ko’p qutubli dunyoning rang barangligini asrash,qashshoq mamlakatlarga yordam berish kabi o’tkir muammo lar ko’pincha etibordan chetda qolayotganida ko’rish mumkin.Natijada globallashuv jarayonlarini dunyo miqyosidagi yagona yirik davlatni qaror toptirish,yagona jahon madaniyatini shakllantirishdek faqat ayrim mafkura markazlarining manfaatlariga javob beradigan maqsadlarga xizmat qildirish yo’lida sayharakatlar kuchaymoqda.
Ko’rinib turibdiki,globallashuv dunyoni birlashtirish barobarida ayni paytda uni yemiryapti,degan xavotirlar jiddiy asosga ega.Binobarin,butun insoniyat hal qiluv chi tanlov oldida turibdi.Agar u o’z vaqtida bu jarayonni jilovini tortmasa, globalla shuvni madaniyatlararo muloqot vositasiga,milliy o’ziga xoslikni boyituvchi omilga, dunyodagi rang-baranglikning muhim manbaiga aylantirmasa,kishilik jamiyati global taqdirning ojiz o’yinchog’iga aylanib qolishi hech gap emas.Bu borada ayniqsa turli xalq va millatlar madaniyatini ichichdan yemarayotgan,bu jarayonlarning mafkuraviy poydevorini hosil qiladigan vayronkor g’oyalarning yovuz mohiyatini ochib berish dolzarb vazifaga aylanadi.
Asarda “Globallashuv – bu avvalo hayot suratlarining beqiyos darajada tezla- shuvi demakdir”1 fikr asosida globallashuv jarayonlarining yana bir muhim jihati- ochib berilgan.Yani muallif hozirgi kunda hayotimizda sodir bo’layotgan tub- o’zgarishlarning nafaqat sifati,harakteri,balki sur’atlari ham muhim ahamiyat kasb etishini takidlaydi.Darhaqiqat,keying yillarda taraqqiyot sur’atlari beqiyos darjada ja-
dallashdi.Ayrim olimlar bunday bosma dastgohning kashf etilishi bilan izohlaydi. Chunki bu kashfiyot zarur bilimlarni egallash yo’lida kata sakrash bo’lgan edi.Tan olish kerak,kitob chop etishning miqyosi va ko’lami insonning yangi bilimlarni egal- lash sur’atlatriga mos tushdi.Shunday ekan agar dastgoh kashf etilgan dastlabki payt- larda Yevropada yiliga tahminan 1000 nomdagi kitob chop etilgan bo’lsa,hozirgi kun da 10000 ming nomdagi kitob chop etilmoqda.1905 yilda kashf etilgan kampyuter esa bilimlarni egallash jarayonini yanada jadallashtirib yubordi.Umuman yangi texno logiyalarning hayotga joriy etilishi oqibatida oxirgi 100 yil mobaynida siljish tqzligi 102 marta,muloqot tezligi 107 marta,axborotni qayta ishlash tezligi 106 marta o’sdi.2
Aslida bunday o’zgarishlar ilm-fan va madaniy boyliklarni o’zlashtirish uchun
ulkan imkoniyatlar yaratadi.Ayni paytda bunday shiddatning havfli jihatlari ham yo’q emas.Masalan,bu hol axborotdan o’z ta’sir doirasini kengaytirish,kishilar ongini bosh qarish maqsadida foydalanuvchilar uchun keng yo’l ochib bermoqda.Bu kuchlar haqi qatga egalik qilish da’vosi bilan chiqib,nima yahshiyu nima yomon ekanini,qaysi hodisani qanday baholash lozimligini belgilab berishga urinmoqda.Etirof etish kerak, bugungi tezkor hayotda katta hajmdagi uzliksiz axborot ko’pchilik vaqt tanqisligi tu- fayli uning mazmun-mohiyati haqida fikr yuritish,uni obdon hazm qilishga ulgurol- masligi mumkin.Shu ma’noda,mediamarkazlar insonni tanlov imkoniyatidan mahrum qilib,unga tayyor hulosalar,yechim va baholarni surbetlarcha tiqishtirishga harakat qiladi.Chunki bunday yondashuv inson hatti-xarakatini osongina programmalashtirish imkonini beradi,uni tegishli yo’riq bo’yicha yurgizishga sharoit yaratadi.
Ayniqsa ,demakratiya sharoitida fuqarolarning axborotga bo’lgan extiyojini qondirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi bu kuchlar uchun qo’l keladi.“Yuk sak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida masalaning shu jihatiga alohida etibor qara tilada. “Jaxon axborot maydoni toboro kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab-chirmab,uni o’qima,buni ko’rma,deb bir tamonla- ma tarbiya berish,ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish,hech shubhasiz,za-
monning talabiga ham,bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega deganda,biz yurtimizda ochiq va demakratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldi- mizga qa’tiy maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz”.1
Demak,insonning axborot sohasidagi xavfsizligini taminlash uchun fuqarolar- ning axborot madaniyatini yuksaltirish,yani ularda axborotni saralash va undan ongli foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish zarur.muhimi,odamlarni axborotni to’g’ri idrok etishga tayyorlash lozim.Bunda har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki zararli ekanini ajratib oladigan mezonlarni ishlab chiqishi,ma’lum axborotni o’z faoli yati va hayoti uchun qadr-qimmatini baholash ko’nikmasiga ega bo’lish talab etiladi. Boshqacha aytganda,insonning ongida axborotning saragini sarakga,puchagini pu- chakga ajratadigan “filtr” larning bo’lishi axborot xavfsizligini kafolatlovchi asosiy
omil sanaladi.
Kitobdagi yana bir etiborli jihati shundaki,muallif asrning o’zagini muozanat g’o yasi asosiga quradi.U barcha narsada – bu ma’naviy va moddiy hayot yoki ta’lim va tarbiya bo’ladimi,umuminsoniy va milliy qadriyatlar,zamonaviylik va ananaviylik yoki diniy va dunyoviy qadriyatlar bo’ladimi – ularning barchasida uyg’unlik va mutanosiblikni saqlash zarurligi,bu esa yuksalish taraqqiyotning muhim sharti ekani- ni asoslab beradi.
Asar kitobhonni yana bir jidiy tahtiddan ogohlantiradi: “Bugungi kunda halqa ro maydonda turli siyosiy kuchlar o’zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun “Erkinlik va demakratiyani olg’a siljitish” niqobi ostida amalga oshirilayotgan, uzoqni ko’zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o’z vaqtida sezish,anglash katta ahamiyat kasb etadi”.2
Bilamizki,jahonda demakratiyaning yoyilishi murakkab va ziddiyatli jarayon sifatida kechgan.Chunki har kim demakratiyadan o’zi istagan narsani topishga intila- di.Aslida,chinakam demakratiya aql-idroq uchun jiddiy sinov,boy ma’naviyatning
o’ziga xos namoyishidir.demakratiya o’z hayotini o’z aql idrokiga tayanib,o’z hohish istagiga monandqurishimkonini berishi bilan ham jozibali.Demakratiya shaxsga keng erkinlik beradi,biroq shunga yarasha katta masuliyat ham yuklaydi.Demakratiya halq irodasini ifoda etadi va shaxs salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun qulay zamin bo’ lib xizmat qiladi.Xalqning ongliligi,o’zini o’zi anglashi esa demakratiyani quvvatlan- tiradi.
Shuni ham etiborga olish kerakki,bugungi kunda demakratiyani umuminsoniy qadriyatdan universal qadriyatga aylantirishga urinayotgan kuchlar ham yo’q emas. U lar demakratiyani barcha muammolarning davosi sifatida taqdim etish,turli mamla kat lardagi demakratik jarayonlarni bir andozaga solishga urinmoqda.Vaholanki,demak- ratiya boshqa davlatlardan shunchaki o’zlashtirish yoki nusha ko’chirish yohud tan- qid qilish orqali o’rnatilmaydi.Kitobda takidlanganidek demakratiya xalqning yuz yil lar davomida shakllangan turmush madaniyati,tafakkur tarzini hisobga olgan holda jo riy etiladi.Shuning uchun jaxondagi har qaysi mamlakatda demakratiyaning o’z qiyo- fasi bor.Demakratiyaning yashovchanligi ham uning mavjud milliy,diniy, madaniy, xususiyatlarini inkor qilmasligida,milliy o’ziga xoslikga zarar etkazmagan holda rivoj lanishida namayon bo’ladi.Bu jihatdan qaraganda,barcha xalqlarning intilishlariga to’ la javob beradigan hammabop demakratiya modelining mavjudligi haqidagi fikr asli- da demakratiya g’oyasini obrosizlantirayotgan puch da’vodan boshqa narsa emas.1



Download 81.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling