Mavzu: Gorizantal bo’yicha mashq bajarish
Download 7.15 Kb.
|
Mavzu Gorizontallar bo\'yicha mashq bajarish
Mavzu: Gorizantal bo’yicha mashq bajarish Umumiy ma’lumotlar. Gorizontal burchaklarni o‘lchash mohiyati Joyda har xil balandlikda joylashgan B, A va C nuqtalarni o‘zaro tutashtiruvchi AB va AC chiziqlar A nuqtada kesishib, BAC burchakni hosil qilsa (6.1- shakl), unga gorizontal burchak deyiladi. Ushbu burchakni o‘lchash mohiyati quyidagilardan iborat. Faraz qilaylik, burchak uchi nuqtasi A dan, gorizontal tekislik M o‘tkazilgan bo‘lsin (6.1- shakl). Joydagi AB va AC chiziqlar AA1 shovun chizig‘idan o‘tuvchi V1 va V2 vertikal (tik) tekisliklar bilan M gorizontal tekislikka proyeksiyalansin. Proyeksiyalovchi vertikal tekisliklar bilan gorizontal tekislik kesishgan joyda Ab va Ac chiziqlar, ya’ni joydagi AB va AC chiziqlarning gorizontal proyeksiyalari (gorizontal qo‘yilishi) hosil bo‘ladi. Demak, Ab va Ac chiziqlar orasidagi β burchak gorizontal tekislikda yotadi va joydagi BAC burchakka teng bo‘ladi. Bu burchak qiymatini markazi BAC ikki yoqli burchakning vertikal qirrasi AA1 dagi 0 nuqtada joylashgan, gradus bo‘laklariga bo‘lingan gorizontal doira yordamida aniqlash mumkin. Bu doiradagi ob′ va oc′ chiziqlar doira sirtining V1 va V2 vertikal tekisliklar bilan kesilishidan hosil bo‘ladi. ya’ni ob′ va oc′ chiziqlar tegishli bu tekisliklarda yotadi va shu tufayli b′ oc′ burchagi bAc = β burchakka teng bo‘ladi. Buning uchun gorizontal doira M gorizontal tekislikka parallel holda o‘rnatilishi kerak. Bu ish gorizontal doirada o‘rnatilgan silindrik adilak yordamida amalga oshiriladi. Agarda gorizontal doira gradus bo‘laklarining son qiymati soat mili yo‘nalishi bo‘yicha oshsa, u vaqtda β burchagining qiymati doiradan olingan b′ va c′ sanoqlar ayirmasiga teng, ya’ni: β = b′—c′ bo‘ladi. Gradus bo‘laklarga bo‘linib, bu bo‘- laklar son qiymatlari bilan belgilab chiqilgan doiraga limb doirasi deyiladi. Shunday qilib, joyda gorizontal burchakni o‘lchash uchun limb doirasi, adilak, qarash trubasi bo‘lmish asosiy qismlarni va ularga tegishli boshqa qismlarni o‘zida birlashtiruvchi teodolit asbobi ishlatiladi. Burchak o‘lchash jarayonida teodolit o‘lchanayotgan burchak uchi A nuqtaga shovun yordamida markazlashtiriladi. Bunda gorizontal doiradagi limbning markaziy 0 dan o‘tuvchi teodolitning aylanish o‘qi JJ ′ (6.2- shakl) burchak uchidan o‘tuvchi AA1 shovun chizig‘ida yotishi kerak. Gorizontal holatga keltirilgan limb tekisligi gorizontal tekislik vazifasini o‘taydi. Òruba o‘z aylanish o‘qi ÒÒ ′ atrofida aylanganda ko‘rish o‘qi VV ′ hosil qilgan kollimatsiya tekisligi proyeksiyalovchi vertikal tekislik vazifasini bajaradi. Shunday qilib, burchak o‘lchash prinsiði amalga oshishi uchun teodolitlarda asosiy geometrik o‘qlar (6.2- shakl) qo‘yilgan geometrik shartlarni qanoatlantirishi kerak. Òeodolit gorizontal doirasi limbning ustki qismida alidada doirasi markazi limb markazi bilan tutashgan holda o‘rnatiladi. Bu doiralar o‘z markazlaridan o‘tuvchi teodolitning aylanish o‘qi JJ ′ atrofida birga yoki alohida-alohida aylanadi. Limb, alidada va ko‘rish trubalari mahkamlovchi va qaratish vintlariga ega. Mahkamlovchi vintlar mahkamlangach, tegishli qismlarni qaratish vintlari bilan asta harakat qildirish mumkin. Asbob aylanish o‘qi JJ ′silindrli adilak bo‘yicha taglikdagi uchta ko‘targich vintlar (6.2- shakl) yordamida vertikal holatga (shu bilan limb tekisligini gorizontal holatga) keltiriladi. Òeodolit shtativ (uch oyoq) ustiga qo‘yilib, unga o‘rnatgich vint orqali mahkamlanadi. Yasalishiga qarab teodolitlar takroriy va oddiy bo‘ladi. Limbi hamda alidadasi aylanadigan teodolit takroriy, limbi aylanmaydigani esa oddiy teodolit bo‘ladi. Hozirgi paytda faqat takroriy teodolitlar ishlab chiqarilmoqda. Limb holatini o‘zgartirib (aylantirib) limbning turli qismida burchak o‘lchansa, o‘lchangan burchak qiymati ayrim xatoliklardan ozod bo‘ladi. Òeodolit asbobi bilan gorizontal burchaklardan tashqari joy chiziqlarining qiyalik (vertikal) burchagini o‘lchab, ularning gorizontal quyilishini hisoblash hamda nuqtalarning nisbiy balandligini aniqlash mumkin. Buning uchun teodolit ko‘rish trubkasining gorizontal aylanish o‘qining bir uchida vertikal doira o‘rnatiladi. Download 7.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling