Mavzu: go’sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda mikroorganizmlar ro‘li reja: Reja


Download 0.8 Mb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1485461
  1   2   3   4
Bog'liq
(Go\'sht va Sut mikrobiologiyasi) Berdiboyev)

NMKT FAKULTETI S 602-21 KT-GURUH TALABASI ANORBOYEV SHOKIRNING MIKROBIOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

MAVZU:GO’SHT VA SUT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA MIKROORGANIZMLAR RO‘LI

Reja:

Reja:

  • Sut mikrobiologiyasi.
  • Sut orqali yuqumli kasalliklarning tarqalishi.
  • Go’sht mikrobiologiyasi
  • Go’shtning mikroblar ta‘sirida buzilishi.
  • Go’sht mahsulotlaridan zaharlanish
  • Baliq mikrobiologiyasi.

Sut – bu hayvonlarning alohida organi, ya‘ni yelini ishlab chiqaradigan suyuqlikdir. Sut tarkibida inson iste‘mol qiladigan yuqori sifatli oqsil, kaltsiy, A vitamini, riboflabin va B vitamini kompleksiga mansub bo’lgan boshqa moddalar ko’p.

Sut – bu hayvonlarning alohida organi, ya‘ni yelini ishlab chiqaradigan suyuqlikdir. Sut tarkibida inson iste‘mol qiladigan yuqori sifatli oqsil, kaltsiy, A vitamini, riboflabin va B vitamini kompleksiga mansub bo’lgan boshqa moddalar ko’p.

Sigir suti tarkibida 120 dan ortiq turli xil moddalar bor. Shu jumladan 20 xil yog’ kislota, 25 xil aminokislota, 30 xil mineral modda, 23 xil vitamin, shuningdek 4 xil sut shakari bor. Sut tarkibida odam organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo’lgan aminokislotalar mavjuddir. Bu kislotalar boshqa manbalarda uchraydigan oqsillardan farq qiladi. I.P.Pavlov sutni odam oziq mahsuloti sifatida xarakterlab: «Inson ovqati turlari orasida sut tabiat tayyorlagan ovqat sifatida juda yuqori o’rinni egallaydi, bu meditsina tajribalarida ham ko’p marta e‘tirof qilingan» deb yozadi.

Umuman sut doimo eng yengil hazm bo’luvchi ovqat hisoblanib, u darmoni yo’q odamlarga va oshqozon, buyrak kasali bilan og’rigan bemorlarga ichiriladi. Sigirlar sutida 87,5% suv, 3,8% yog’, 3,3% umumiy oqsillar, 4,7% shakar, 0,7% ni mineral moddalar tashkil etadi.

Sut faqat odamlar uchun yaxshi mahsulot, bo’lmasdan, mikroblarning yashashi uchun ham yaxshi muhit hisoblanadi. Chunki sutning tarkibida mikroblarning oziqlanishi uchun barcha moddalar bor. Sutdagi barcha o’zgarishlar birinchi navbatda mikroorganizmlar faoliyati tufayli sodir bo’ladi. Sifatli sut sog’ib olishda, uni saqlashda zararli mikrofloralardan ehtiyot bo’lish kerak. Mikroorganizmlar sigirni sog’ish vaqtida sutga turli tashqi manbalar: hayvonlarning yelini, terisi va qo’l kiyimidan tushishi mumkin.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling