Mavzu: Go‘shtni yangiligini aniqlash


Download 0.61 Mb.
bet2/2
Sana08.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1249273
1   2
Bog'liq
2 laboratoriya

Aniqlash texnikasi. Ikkinchi nomerli probirkaga 2 ml tekshirilayotgan go‘sht ekstraktidan quyib va bunga yana 1 ml indikator (paranitrofinol), 4 ml distillangan suv qo‘shiladi; birinchi, uchinchi, probirkalarga 2 ml dan go‘sht ekstrakti va 5 ml distillangan suv qo‘shib olib, oxirgi beshinchi nomerli probirkaga faqat 7 ml suv quyiladi. Komparatorni to‘rtinchi va oltinchi xonalariga Mixaelis shkalasida joylashgan, rangi ikkinchi probirkaga o‘xshash standart probirkalar tanlanib, bu tanlangan probirkadagi raqam go‘shtning pH ko‘rsatkichi bo‘ldi.

2-rasm. Makro Mixaelis apparati.
Shuningdek bulyonga qarab go‘shtni yangiligiga baho berish ham mumkin.
Buning uchun 1:3 nisbatda go‘sht bulyoni tayyorlanadi. Buning uchun 30 gr go‘sht namunasini o‘lchab olib uni qiyma holatigacha qaychi bilan mayda bo‘laklarga kesamiz. So‘ngra 100 ml lik shisha kolbaga solib unga 90 ml distillangan suv qo‘shiladi. Kolbani ustini yopib uni 10 daqiqaga qaynab turgan suv hammomiga qo‘yamiz. Natijalar tahlilini olish uchun kolba usti ochiladi va bulyon hidiga e’tibor beriladi. Keyin bulyonning rangiga e’tibor beriladi. Sog‘lom hayvon go‘shti yani yangi go‘shti namunasida sho‘rvasi tiniq va hidi o‘ziga xos bo‘ladi; kasal yoki agonal holatda so‘yilgan hayvon go‘shti namunasida bulyonda xiralashish va hidida boshqa begona hidlar aralashadi; o‘lgan hayvon go‘shtidan bo‘lsa bulyon paxtasimon xiralashgan va chirigan hid keladi.
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling