Mavzu: gps va glonass global navigatsiyali yo‘ldosh sistemalari reja


Download 0.66 Mb.
bet2/2
Sana27.10.2020
Hajmi0.66 Mb.
#137173
1   2
Bog'liq
Injenerlik geodeziyasi MI

17.2 GPS tizimi segmentlari

GPS tizimiga quyidagilar kiradi:



Kosmik segment - Yer sun’iy yo‘ldoshlari guruhi kosmik apparatlar (keyingi o‘rinlarda KA deb ataladi).

KA Yer sun’iy yo‘ldoshlari “turkumidan” va ularni orbitaga chiqarish vositalaridan tarkib topgan. Har bir yo‘ldoshda energiya bilan ta’minlovchi quyosh batareyalari, orbitaga tuzatish kiritish dvigatellari, chastotaning yuqori aniqlikdagi bir nechta atom etalonlari, radiosignallarni qabul qilish va uzatish apparaturasi, bort kompyuterlari o‘rnatilgan.

KA qo‘shimcha tizimi bir-biriga nisbatan 60° burchak tashkil etuvchi oltita orbital tekislikda to‘rttadan joylashgan, 24 yo‘ldoshdan (ulardan uchtasi - rezerv) iborat. Tekisliklarning ekvatorga nisbatan og‘ishi 55°ga teng. Orbitalar deyarli aylana shaklida. Yo‘ldoshlarning o‘rtacha balandligi 20180 km, aylanish davri 11 s. 58 min., orbita bo‘ylab harakatlanish tezligi 3,9 km/sek. atrofida.

Uzunlik o‘lchovi kodlarini, vaqt belgilarini, yo‘ldoshning koordinatalariga oid ma’lumotlarni va boshqa axborotni (identifikatsion belgilar, yo‘ldosh soatiga kiritilgan tuzatishlar, ionosfera ta’siri uchun kiritilgan tuzatishlar va h.k.) uzatish uchun har bir yo‘ldoshda 10,23 MGts chastotali asosiy tebranishlar generatori mavjud. Bu tebranishlar yuk ko‘taruvchi chastotalarda 1 =1575,42 MGts (L1) to‘lqin uzunligi 19,0 sm va 2 =1227,60 MGts (L2) to‘lqin uzunligi 24,4 sm.li radio nurlarini tarqatadi. L1 chastotasi ikkita uzunlik o‘lchash kodlari bilan modullashtirilgan: aniq (Precision) P-kodi va hammabop (Clear Acquisition) S/A kodi. L2 chastotasi bitta P-kodi bilan modullashtirilgan. P-kod S/A kodidan farqli o‘laroq GPSning alohida ruxsat berilgan (harbiy) foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan. GPSda barcha yo‘ldoshlar bir xil chastotalarda ishlaydi, lekin har bir yo‘ldosh o‘z kodiga ega. Istalgan vaqtda, dastlabki xabar berishsiz, SA (Selective Availability) tanlanma (selektiv) deb nomlanmish foydalanish rejimi kiritilishi mumkin, bunda o‘lchovlar aniqligini pasaytirish maqsadida yo‘ldoshlarning uzunlik o‘lchash kodi va efemeridlari atayin buzib ko‘rsatiladi.



Boshqarish segmenti – yer usti nazorati va boshqaruvi (keyingi o‘rinlarda YeNB deb ataladi). YeNB yo‘ldoshlarni kuzatish stansiyalarini, aniq vaqt xizmatini, hisoblash markaziga ega bosh stansiyani va bir nechta axborotni yo‘ldoshlarga yuklash stansiyalarini o‘z ichiga oladi. YeNBning asosiy vazifasi GPS butligini monitoring qilishdir: yo‘ldoshlarning ish faoliyatlarini nazorat qilish, yo‘ldoshlarning koordinatalarini aniqlash va prognoz qilish (efemerid) uchun zarur bo‘lgan axborotni to‘plash, tizim vaqtini shakllantirish va uni Jahon vaqtiga nisbatan sinxronlashtirish, ma’lumotlarni har bir yo‘ldoshning xotirasiga yuklash (sutkasiga ikki marotaba).

GPS priyomniklar. Foydalanish apparatlari (keyingi o‘rinlarda FA deb ataladi). FA YNTning asosiy vazifalarini amalga oshiruvchi apparat-dastur vositalarini o‘z ichiga oladi: yo‘ldosh yordamidagi o‘lchovlarni ishlash uchun qo‘shimcha uskuna va dasturiy ta’minot majmuasiga ega bo‘lgan yo‘ldosh signallarini qabul qilish priyomnigi (bu yog‘iga matn bo‘yicha “priyomnik”). GPS-priyomniklari konstruksiyasi va biriktirilgan dasturiy ta’minotga qarab ikki turga bo‘linadi: bir chastotali - o‘lchovlarni faqat L1 chastotasi bo‘yicha (S/A-kod, P-kod, yuk ko‘taruvchi chastota fazasi) bajaradi va ikki chastotali - o‘lchovlarni L1 va L2 bo‘yicha (P-kod, yuk ko‘taruvchi chastota fazasi) bajaradi.

GPS tizimdan tashqari yana bir necha tizim mavjud bo‘lib, ulardan biri bu Rossiya davlatining (GLObalnaya NAvigatsionnaya Sputnikovaya Sistema-keyingi o‘rinlarda GLONASS deb ataladi) GLONASS tizimidir.

GLONASS tizimi o‘z tuzilmasi, ishlash prinsipi va tavsifi bo‘yicha GPS tizimiga o‘xshashdir va u bilan birgalikda qo‘llanishi mumkin.

Birinchi GLONASS yo‘ldoshlari 1982 yilda chiqarildi. 1993 yilning sentyabrida tizim rasmiy ravishda foydalanish uchun qabul qilindi, 1995 yilning martida fuqarolik faoliyatlarida foydalanish uchun ochiq deb e’lon qilindi. 1996 yilning yanvarida GLONASS butunlay ochiq deb e’lon qilindi .

O‘zbekiston Respublikasida ham GPS va GLONASS tizimlaridan keng foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib oxirgi yillarda bu tizimlarni qo‘llashni rivojlantirish va takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat yo‘ldosh geodezik tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda YGT deb ataladi) barpo etish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida 1-sinf yo‘ldosh geodezik tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda YGT-1 deb ataladi) stansiyalaridan 145tasi va differensial yo‘ldosh tarmog‘i stansiyalaridan 50tasi loyihalangan bo‘lib, ularda ishchi holatdagi va loyihalanayotganlari mavjud. YGT tarkibiga kiruvchi 15 ta stansiya butunjahon sun’iy yo‘ldosh to‘ri tarkibiga kiritilgan.

"O‘zbekiston Respublikasining hududini topografiya-geodezik va kadastr borasida ta’minlash uchun GPS (AQSh) va GLONASS (Rossiya) global yo‘ldosh navigatsiyasi tizimlarini qo‘llash bo‘yicha davlat maqsadli dasturi"da bayon etilgan umumiy konsepsiyaga muvofiq tuziladigan Davlat geodeziya tarmog‘i (DGT) o‘zining strukturasiga ko‘ra umumiydan xususiyga o‘tish tamoyili bo‘yicha shakllanadi.

DGT bir nechta darajalardan tashkil topgan bo‘lib, quyidagi geodezik tuzilishlarni o‘z ichiga oladi:



  • referens geodeziya punktlari tizimi (RGP);

  • 1-klass yo‘ldosh geodeziyasi tarmog‘i (YGT-1);

  • astronomiya-geodeziya tarmog‘i (AGT);

  • geodezik zichlash tarmoqlari (GZT).

O‘zbekiston Respublikasi hududida loyixalanayotgan SYGT lar 17.2.1-rasmda ko‘rsatilgan.

17.2.1-rasm.O‘zbekiston Respublikasi hududida loyixalanayotgan SYGT punktlar
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling