Mavzu: Grafika Reja


Download 28.67 Kb.
bet3/3
Sana07.04.2023
Hajmi28.67 Kb.
#1339729
1   2   3
Bog'liq
grafika

GRAFIKA VA ORFOGRAFIYA
O’bek tili alifbosidagi ba’zi tovushlar turli grafik formulalarga ega. Masalan, harfining bosma shakli bilan yozma shakllari orasida ancha farq bor.
Garchi fonografik yozuv hozirgi vaqtda keng tarqalgan bo’lsa ham, kundalik hayotda yozuvning boshqa turlari ham uchrab turadi, chunki har bir turning o’ziga xos afzalligi bor. Masalan, piktografik yozuv odatda reklama ehtiyojlari uchun qo’llaniladi.
Ideogrammalar ko’cha harakatini ta’minlashda, matematika (1,6,10), kimyoda (H2O ) keng qo’llaniladi.
Piktogramma va logogrammalarning hozirgi vaqtda ko’plab qo’llanilishiga sabab, ularning tushunchalarni aniq, qisqa va tejamli ifodalashidir. Masalan, 12+29=41 deb so’zlar bilan yozsak, bizga ancha vaqt va masofa kerak bo’ladi.
Orfografiya so’zi ikkita grekcha so’zdan tashkil topgan, ya’ni orthos to’g’ri va grapho yozaman. Demak, orfografiya so’zining ma’nosi to’g’ri yozishdir. Shu sababli orfografiyaning asosiy vazifasi alifboning yozuvdagi qo’llanish qoidalari, so’zlarning yozilishi va bo’g’in ko’chirishdir.
Tilshunoslik fanida harflarni ishlatishning bir necha usuli mavjud. Ular quyidagilar:


fonetik, fonematik, an’anaviy, morfologik va simvolik .

Fonetik prinsip. Bunga asosan talaffuzda qanday tovush eshitilsa, shunga mos keladigan harf yozilishi lozim: qorin-qornim, burun- burnim.Bunda tovush tushishi kuzatiladi.

Fonematik prinsip. Bunga asosan tovushlar qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, bir xil yozilishini talab qiladi. Masalan, olib ketdidagi b harfi deb talaffuz qilinadi. Lekin yozilishi shart.

An’anaviy prinsipda so’zlar ularda mavjud, hozirgi vaqtda talaffuz qilinadigan tovushlarga asoslanib yozilmay, balki tarixda qanday yozilgan bo’lsa, hozir ham shunday yoziladi.

Morfologik va simvolik prinsiplar so’zlarning yozilishida grammatika va leksikaning manfaatlarini nazarda tutadi.



Download 28.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling