Mavzu: Gripp, ori kasalligi va ularni oldini olish chora – tadbirlari O`zbekiston Respublikasining 383 – sonli oits qonuni Reja
Shamollash (O`RVI) haqida umumiy ma`lumot, uning alomatlari va belgilari
Download 182.33 Kb.
|
Mustaqil ish
Shamollash (O`RVI) haqida umumiy ma`lumot, uning alomatlari va belgilari
Shamollash — yuqori nafas yo’llarining virusli yuqumli kasalligi bo’lib, nafas yo’llarini qoplagan shilliq qavatni yallig’lanishiga olib keladi. Kasallikni chaqiradigan virus balg’am, so’lak, burundan ajraladigan shilliq va boshqa ajralmalarda mavjud bo’ladi. Virus havo-tomchi yo’li orqali yuqadi. Shamollash tibbiyotda O’RK (o’tkir respirator kasalliklar) yoki O’RVI (o’tkir respirator virusli infektsiya) deb ataladi. An’anaviy nomlanishiga esa kasallik ko’pincha organizmning sovqotishidan keyin kuzatilishi sabab bo’lgan. O’RVI o’zi davolanib ketadigan yuqumli kasallik bo’lib, u turli xil virus shtammlari (200 dan ortiq) tomonidan chaqiriladi. Tibbiyot nuqtai nazaridan shamollash deganda yuqori nafas yo’llarining virusli infektsiyasi tushuniladi. Kattalarda shamollash sabablarining 10-40 foizi (turli manbalarda turlicha) rinovirus zimmasiga to’g’ri keladi. Boshqa keng tarqalgan viruslar orasida koronavirus, adenovirus, respirator sinditsial virus va paragripp viruslari ajratiladi. Viruslar doimo rivojlanib, o’zgarib borayotganligi uchun organizm ularga qarshi doimiy immunitet hosil qila olmaydi. Shu sababli, umumiy shamollash tez-tez uchraydigan va takrorlanuvchi kasallik hisoblanadi. Statistikaga ko’ra, maktabgacha va boshlang’ich maktab yoshida bo’lgan bolalar yiliga 6-12 marta shamollashlari mumkin, yoshlar va kattalarda esa odatda bu ko’rsatkichi yiliga 2-4 marta. Kasallik kuz, qish va bahor oylarida avj oladi. Shamollash infektsiyalangan sekretsiya (ajralma) bilan bevosita aloqa qilish orqali yoki bemorlar yo’tali, aksa urishi orqali tarqaladi. Bemorning virus saqlovchi sekretsiyalari turli buyum va jismlarga turli yo’llari orqali tushib qoladi. Keyinchalik bu sekretsiyalar bilan bevosita aloqada bo’lgan sog’lom odam burun, ko’zlar, og’izga zararlangan qo’llari bilan tekkanidan keyin kasallanib qolishi mumkin. Virus qalam, kitob, telefon, kompyuter klaviaturasi va qahva chashkasi kabi narsalarda bir necha soat davomida saqlanish hususiyatiga ega. O’rtacha olinganda, shamollash kasallik alomatlari boshlanishidan bir-ikki kun oldin va uning belgilari to’liq yo’q bo’lib ketguniga qadar yuqumli bo’lishi mumkin. Virus kasallikning dastlabki ikki-uch kunida eng yuqumli hisoblanadi. Download 182.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling