Mavzu: Gripp, ori kasalligi va ularni oldini olish chora – tadbirlari O`zbekiston Respublikasining 383 – sonli oits qonuni Reja


SHIFOKORGA MUROJAAT QILISH KERAKMI


Download 182.33 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi182.33 Kb.
#1532928
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish

SHIFOKORGA MUROJAAT QILISH KERAKMI


Odatda, kasallikni uy sharoitida davolash mumkin. Agar titroq, isitma (39°C dan yuqori), qattiq bosh og’rig’i, qayt qilish, qorin og’rig’i, nafas qisilishi, ko’krak og’rig’i kabi jiddiy alomatlar kuzatilsa yoki kasallik 10 kundan keyin ham tuzalmasa shifokor huzuriga borgan ma’qul. Shamollash 3 oylikkacha bo’lgan chaqaloqlarda kuzatilganda shifokorga murojaat qilish zarur.
Agar tomoq og’rig’i va isitma boshqa shamollash alomatlarisiz kuzatilsa, u holda shifokor ko’rigidan o’tish kerak. Chunki bu kasallik streptokok infektsiyasi bo’lishi ham mumkin, u antibiotiklar bilan davolanishni talab qiladi va o’z vaqtida davolanmasa, jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.

ASORATLARI


Umumiy shamollash natijasida yuzaga kelishi mumkin asoratlari o’rta quloq yallig’lanishi (o’rta otit) yoki bakterial sinusit rivojlanishini o’z ichiga oladi. Astma yoki surunkali obstruktiv o’pka kasalligi bo’lgan bemorlarga shamollash kasallikning yanada avj olishiga sababchi bo’lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda ikkinchi darajali kasallik sifatida pnevmoniya rivojlanishi qayd qilinadi.
Homiladorlik paytida paydo bo’lgan shamollash homilaga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun kasallikni oldini olishga e’tibor qaratish lozim: immunitetni oshirish, vitamin komplekslarini qabul qilish, iloji bo’lsa homiladorlikdan bir oy oldin grippga qarshi emlanish. Bundan tashqari, tashrif buyuradigan joylarni qisqartirish kerak.
Shamollash surunkali bronxit, astma, emfizema, o’pkaning surunkali kasalliklariga, yurak xastaligiga chalingan va chaqaloqlar, qariyalar uchun eng xavfli hisoblanadi.

KASALLIKNI OLDINI OLISH


Kasallikni oldini olish uchun tanani chiniqtirish, immunitetni oshirish tavsiya etiladi. Eng muhim usuli kasallangan odamlar bilan aloqa qilishni oldini olishdir. Umumiy tavsiylar esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling