Mavzu: Gulli o’simliklar urug’ining tuzilishi. Reja
Download 334 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza (1)
Mavzu: Gulli o’simliklar urug’ining tuzilishi. Reja: 1. Gulli o’simliklar urug’ining tuzilishi. 2. Bir pallali va ikki pallali o’simliklar urug’lari tuzilishidagi farqlar. 3. Urug’larning unishi. Maysalarning tuzilishi. Gulli o‘simliklar urug‘i, odatda, murtak, endosperm va urug‘po‘stidan tashkil topadi. Murtak zigotaning mahsuli sifatida qaralib, u ikki hissa xromosomalarga ega bo‘lgan hujayralardan iborat. Endosperm murtak qopchasidagi markaziy hujayraning qo‘shilishi, ya’ni qo‘sh urug‘lanish natijasida kelib chiqadi. Uning hujayralari uch hissa xromosomalar yig‘indiga ega. Murtak yangi o‘simlikning embrionidir. U butunlay yoki asosiy meristemadan tashkil topgan bo‘ladi. Endosperm va murtakni dastlabki o‘sish vaqtida ozuqa bilan ta’minlaydi. Gulli o‘simliklarning turli vakillarida urug‘dagi murtak bilan endosperm bir-biriga nisbatan turli o‘lchamdadir. Murtak urug‘ning ko‘pchilik qismini egallagan hollarda, uning o‘zi yoki ko‘pincha urug‘pallalari oziq moddalar to‘plovchi vazifani bajaradi yoki oziq moddalar perispermda to‘planishi mumkin. Urug‘ po‘sti bir necha qavatdan iborat bo‘lib, murtakni qurib qolishidan, erta unib ketishidan saqlasa, urug‘larning unish vaqtida uning hujayralari shilimshiqlanib, tuproqqa urug‘ni birikib olishiga yordam beradi hamda urug‘ni tarqalishida ishtirok etadi. Urug‘ po‘stida suvni shimib bo‘kishi uchun mayda teshik bo‘ladi va u urug‘ yo‘li deyiladi. Bundan tashqari, chok ham bo‘lib, u urug‘ban-diga birikish joyi hisoblanadi. Endosperm, asosan g‘amlovchi to‘qimadan iborat. Unda kraxmal, oqsil va moy tomchilaridan tashqari, zaxira oziq sifatida boshqa moddalar ham to‘planishi mumkin. Murtak. Murtak embrion holdagi o‘simlik, unda murtak holda o‘simlikning barcha vegetativ organlari (ildiz va novdalar) bo‘ladi. Ildizdan kurtakka o‘tish zonasi murtak poyachasidir, bu qism poyaning birinchi bo‘g‘im oralig‘idir. Uni gipokotil deb ataladi. Murtak holdagi kurtak o‘sish konusi va murtak holdagi bargchalardan iborat. Ikki pallali o‘simliklarning endospermsiz urug‘lari. Yetilgan chigit po‘sti to‘q jigarrang bo‘ladi. Uning qobig‘i ancha murakkab, ya’ni yarmi yoki uchdan ikki qismi juda qalin, mustahkam devorchalari uzun silindr shaklidagi hujayralardan tashkil topgan. Ichki pardasimon qobiq juda yupqa va nozik bo‘lib, murtak xaltachasining qoldig‘idir. Bu po‘st murtakni zich o‘rab oladi. Chigit murtagi ikkita urug‘palla, murtak ildizchasi, urug‘palla osti tirsagi va uchki o‘sish kurtagidan iborat. Murtak ildizchasidan asosiy ildiz o‘sib chiqadi, urug‘palla ostki tirsagi urug‘pallani tuproq yuzasiga olib chiqish uchun xizmat qiladi. Uchki o‘sish kurtagidan poyaning urug‘palla ustki qismi o‘sib chiqadi. Bir pallali o‘simliklarning endospermli urug‘lari. Bir pallali o‘simliklarning muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan maskur vakillari qo‘ng‘irboshdoshlar oilasiga mansubdir. Ularning meva yonligi bir urug‘li, ya’ni doni o‘ziga xos tuzilishga ega. Bularning urug‘i boshqa bir pallali o‘simliklarni urug‘idan farqlanib, murtak-ning bir tomoni endosperm bilan chegaralanib turadi. Natijada urug‘palla endospermga yopishgan holda yassi qalqon shaklni oladi. Qalqonning vazifasi uning sirtiga joylashgan maxsus hujayralar yordamida amalga oshadi. Ko‘pchilik bir pallali o‘simliklarga nisbatan boshoqli o‘simliklar murtagidagi kurtakcha yaxshi rivojlangan va 2 - 3 ta, ba’zan bir necha barg boshlang‘ichiga ega bo‘ladi. Urug‘ning unishi uchun ma’lum sharoit bo‘lishi zarur. Shularning eng muhimi, suv va unayotgan urug‘ning jadal nafas olishini ta’milash uchun yetarli miqdorda kislorod bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari, har bir o‘simlik urug‘ining unishi uchun ma’lum darajada harorat talab etiladi. Hamma o‘simliklarda ham urug‘larning unishini jadal borishi uchun optimal harorat (25-30°C) talab etilsa, minimal harorat o‘zgaruvchan bo‘ladi. O‘rtacha harorat va sovuq iqlimda o‘suvchi o‘simliklar uchun minimal harorat noldan bir oz yuqori bo‘lishi mumkin (sebargada 0,5°C, javdarda 1°C, zig‘irda 2°C, bug‘doyda 4°C). Subtropik va namli tropik o‘simliklar urug‘i uchun 10-20°C va undan ortiq (g‘o‘zada 14°C, sholida 10°C, qovun va bodringda 15-18°C), ba’zi urug‘larning (masalan, selderey va zirkda) unishi uchun o‘zgaruvchan harorat qulay hisoblanadi. Urug‘ unishidan ol-din suv shimib, bo‘kadi. Ana shu vaqtda urug‘ po‘sti yorilib, fer-mentlar yordamida endosperm yoki perispermdagi oziq moddalarni parchalab, eriydi. Keyinchalik murtakning oziq moddalarni shimishi ham urug‘-pallalar yordamida boradi. Murtakning oziq moddalar bilan ta’min- lanishi tufayli uning hamma organlari o‘sa boshlaydi. Urug‘pallalar har doim ham tuproq yuzasiga chiqavermaydi. Ba’zi o‘simliklarda gipokotil juda sust o‘sadi. Shuning uchun ham urug‘pallalar tuproq ostida qoladi. Bunday hollarda ikkinchi bo‘g‘im oraliq - epikotil cho‘zilib, tuproq yuzasiga kurtakni olib chiqadi. Birinchi tur unish ‒ yer ustki, ikkinchisi esa ‒ yer ostki o‘sish deb ataladi. Yer ustki unish ikki pallali o‘simliklardan g‘o‘za, lovi-ya, kungaboqar, sabzi, lavlagi, bodring va boshqalar uchun xosdir. Yer ostki o‘sish eman, no‘xat, po‘fanak, nastursiya kabi o‘simliklar-ning urug‘lari uchun xarakterli. Shunday qilib, ikki pallali o‘simlik-larning maysasida quyidagi qismlar ajratiladi: asosiy ildiz, ildiz bo‘yni, gipokotil, urug‘palla, epikotil, birinchi haqiqiy barg va uchki kurtak. Bir pallali o‘simliklar maysasi boshqacha tuzilishga ega. Masalan, bug‘doydoshlar popuk ildiz sistemasiga ega. Bunday ildiz sistemasi murtak ildiz bilan birga yoki bir necha soat keyin qo‘shim-cha ildizlarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Qo‘shimcha ildizlar poyaning eng pastki qismidan o‘sib chiqadi. Asosiy ildiz uzoq vaqt o‘smaydi. Shuning uchun ham qo‘shimcha ildizlar orasida ajralib turmaydi. Novda tuproq yuzasiga koleoptil yordamida yorib chiqadi. Tuproq yuzasida koleoptil o‘sadi va unda maysaning dast-labki haqiqiy barglari ko‘zga tashlanib turadi. Shunday qilib, zigotadan hujayralarning bo‘lishi va ajralishi natijasida urug‘ mur-tagi va uning unishidan maysa hamda o‘simlikning hamma vegetativ organlari ‒ ildiz, poya va barglar shakllanadi. Download 334 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling