Mavzu: gulli o’simliklarda changlanish va urug’lanish reja


Download 183.47 Kb.
bet1/8
Sana11.02.2023
Hajmi183.47 Kb.
#1190248
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 m


Mavzu: GULLI O’SIMLIKLARDA CHANGLANISH VA URUG’LANISH
Reja
1.Gullash hodisasi
2. Changlanish va uning xillari
3.Chetdan changlanishning xillari
4. Qo’sh urug’lanish
Gullash. Murtakni hosil bo‘lishi uchun avvalo gullash keyin changlanish va urug‘lanish sodir bo‘lishi kerak. Gullash o‘simliklar hayotida eng ko‘zga ko‘rinadigan hodisalardan biridir. O‘simlikda gul hosil bo‘lishi uchun oziq moddalar (uglevod, oqsil, yog‘ va boshqalar) to‘planishi kerak. Shuning uchun ham o‘simliklar orasida vegetatsiya davrining birinchi yilida gullaydigan bir yilliklar, urug‘ ekilgandan so‘ng kamida 40 kun o‘tgandan keyin gullaydi. Ko‘pchilik bir yillik yovvoyi terofit yoki efemerlar (yunon. efemeros-bir kunli, fiton-o‘simlik) – qisqa vaqt yashaydigan bahori o‘simliklar urug‘idan ko‘karib chiqib, bir vegetatsiya davrida gullab urug‘ beradi (lolaqizg‘aldoq – Papaver pavonium). Ammo ko‘p yillik o‘simliklar orasida ham hayotida bir marta gullaydigan monokarpik (yunon. monos-bitta, karpis-meva) o‘simlik ham uchraydi. Masalan, O‘zbekistonning cho‘llarida o‘sadigan sumbul - Ferula -foitida – ana shunday monokarpik o‘simlikdir.
Ba’zi o‘simliklar hayotining ikkinchi yilida gullaydi. Bunday o‘simliklar ikki yillik o‘simliklar deb ataladi (sabzi, lavlagi, turp va boshqalar).
Ko‘pchilik o‘simliklar hayotining (vegetatsiya davrining) 5-6 yilida yoki ko‘p yillar o‘tgandan so‘ng gullaydi va gullashni har vegetatsiya davrida davom ettiradi, bunday o‘simliklar p o l i k a r p i k (yunon. poli-ko‘p, karpos-meva) deb ataladi. Masalan, olma, o‘rik, gilos, tropik o‘simliklardan kakao, kokos palmasi va boshqalar.
O‘simliklar gullashdan oldin g‘unchalar (gulkurtaklar) hosil qiladi, g‘unchalar gullashdan oldingi davr hisoblanadi. G‘unchaning gulkosabarglari bilan gulkosabarglarining pastki qismlarining yuqori tomoni o‘sib tez ochiladi va ayni vaqtda changchilar ham urug‘chilar ham ochiladi. Mana shu hodisaga gullash deb ataladi.
Gulning ochilishi ma’lum bir harorat va nisbiy namlikda ertalab (azonda) kunduzi va kechqurun bo‘lishi mumkin. Bir o‘simlikni gullash davri bir haftadan bir necha haftagacha davom etishi mumkin. Gullash oxirida gul changlangandan keyin so‘liydi. Gultojbarg to‘kiladi.

Download 183.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling