Mavzu gurux raxbari sifatida biror oilaga tashrif buyurish va taasfotlarini bayon etish


Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari


Download 148 Kb.
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi148 Kb.
#1758560
1   2   3   4
Bog'liq
Gurux raxbari sifatida biror oilaga tashrif buyurish va taasfotlarini bayon etish

Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
Guruh rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biz quyida ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :
1. Talabalarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda guruh rahbari talabaning ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2. Ota-onalarni o‘quv yurtiga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina talabalarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga talabani oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa talabaga chaqiriqlar yoki maxsus da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4. Ota-onalar guruh majlisini o‘tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi.
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o‘tkaziladi.
6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli guruh talabalarning xususiyati, harakterini yaxshiroq o‘zlashtirish imkonini beradi.
7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg‘or tajribalar bilan fikr almashish, o‘rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo‘lishi mumkin:
a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin?
b) talabaning kundalik rejimi haqida.
v) “Ota-onalarning obro‘si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va hokazolar to‘g‘risida anjumanlar o‘tkazish.
8. O‘quv yurti qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlardan tizimli ish olib borish:
a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.
b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og‘zaki jurnal.
v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa guruh rahbarlarini tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g‘oyat keng, ko‘p qirrali bo‘lib, bu ishlar faqat guruh va o‘quv yurti miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va talabaning ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo‘lishni taqozo etadi.
Bizning yosh avlod xalqimizning inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini o’zlashtirib, o’ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — g’oyaviy e’tiqod va matonatni, Vatanga muxabbatni, uning ikgisodiy, siyosiy va jangovar kudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina uz bobolari va otalari ishini davom ettira va ko’paytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim o’rin tutishlari kerak.
Buni barcha guruh rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning huquqiy etukligi shaxs ijtimoiylashuvining maxsuli ekanligini har bir oilaga tushuntirish goyat muhimdir. Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jaraeni ruy beradigan, uning ahloqi, duiyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va ni hoyatda mu him a hamiyatga ega bulgan jamoadir.
Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axlokiy, mafkuraviy va ruxiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.
Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon kilinishi misolida ko‘rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan xukumatimiz ishlab chikkan tadbirlar oilani ijtimoiy muxofaza kilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va boshka oilani mustaxkamlash bilan boglik masalalarga karatildi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalkimiz kadim-kadimdan oilani mukaddas deb bilgan. Oila axil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjixatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barkarorlik xukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir”.
Shuni unutmaslik lozimki, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun kulay sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffakiyatli bo‘lishi mumkin. Yosh avlod xayotining ko‘p kismi oilada o‘tadi. Shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-kizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning kudratli kuroliga aylanadi.
Kelajagimizning kanday bo‘lishi xozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga boglik.Bu konuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham boglik. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o‘ziga xos bir olam. U tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon kiladi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy alokada bo‘lsagina, o‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuklar ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga kizgin jalb kilishga ham boglikdir.
Har bir ota-ona o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chukur anglashlariga boglikdir. Bundan tashkari normal oilaviy muxit, ota-onaning obro‘si, to‘gri kundalik rejim, bolani kitobga va o‘kishga, mexnat kilishga o‘z vaktida jalb kilishlari ham muvaffakiyat garovidir.
Ko‘rinib turibdiki, kadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aklli, farosatli, tafakkuri chukur - bir so‘z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. Xalk bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e’zozlaydilar va xurmat kiladilar.
Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oila ana shunday tabarruk kal’adir. U kanday kurilishi lozim? Oila o‘zi nima va uning maksad, vazifalari nimalardan iborat?
Oila – voyaga yetgan ikki jinsning sevish, ardoklash, xurmat kilish asosida, ixtiyoriy ravishda, kalb xohishi bilan tuzilgan konuniy ittifokidir.
Mo‘’jazgina bir kal’a kurildi. Endi bu kal’ada bekinmachok o‘ynalmaydi. Yoshlikdagi o‘yinkaroklik, beboshlik, erkalik, beparvolik o‘rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlik kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh tayyorlanib, mas’uliyat ko‘nikmasini his kilib, oila maksad va vazifalarini tushunib, ukib bormogi lozim.
Oila maksadi – ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.
Oila vazifasi – er-xotinning birgalikda xo‘jalik yuritish asosida oilani ham ma’naviy, ham iktisodiy jixatdan ta’minlash hamda jamiyatga soglom, aklli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash.
2. Ota-onaning farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi burchlari
Komil farzandli bo‘laman, baxtli oila kuraman degan maksad bilan oila kurdingiz. Ammo bu maksadga erishish farzand tarbiyalashdagi muxim omillarni, farzand oldidagi burchlarni bilib ish ko‘rishni takozo etadi.

Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling