Mavzu: hammaxo’r zararkunandalar va ularga qarshi kurash choralari reja


Oʻsimlik zararkunandalariga qarshi kurashish choralari


Download 1.39 Mb.
bet2/10
Sana17.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1782423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Manzaral o’simliklar zararkunandalariga qarshi kurash usu

Oʻsimlik zararkunandalariga qarshi kurashish choralari.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va 2020 yil 10 apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qishloq xo‘jaligi ekinlari, o‘simliklar dunyosi va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha bir qator maqsad va vazifalar belgilab berilgan.




Qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yaxshi hosildorlikka erishish uchun, avvalo, yerga yaxshi ishlov berish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish talab etiladi. Ekiladigan har bir o‘simlik muayyan agrotexnik bosqichlardan o‘tgach yaxshi hosil berishi mumkin. Bundan tashqari, o‘simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilmay turib, ulardan sifatli va yuqori hosil olib bo‘lmaydi. Bu masala, ayniqsa, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Soha mutaxassislari fikricha, bugungi kunda mamlakatimiz ekin maydonlarida zararli kasallik turlarining salmog‘i ortib bormoqda. Zararkunandalar hamda begona o‘tlar qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va yetishtirilgan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi unsurlardir. Bugungi kunda o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda oson va tezkor usul sifatida kimyoviy usul qo‘llanilmoqda. Ammo bu usulni ekologik va iqtisodiy nuqtai nazardan afzal deb bo‘lmaydi. Kimyoviy usuldan faqat oxirgi chora sifatida foydalanish mumkin. Ajdodlarimiz o‘simlik zararkunandalariga qarshi kuzatuvlari va yillar davomida orttirgan tajriba hamda imkoniyatdan kelib chiqib, mahalliy xomashyodan keng foydalanganlar. Masalan, daraxtning pastki qismini ohak eritmasi bilan oqlash azaldan mavjud. Sababi, daraxt po‘stlog‘i ostidagi zararkunandalarning tuxumi ohak tarkibidagi ishqor ta’sirida nobud bo‘ladi. Erta bahorda qilingan bu usul yaxshi samara beradi, daraxt mevasining sifati va hosildorligining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, atrofga o‘zgacha chiroy bag‘ishlaydi. Yurtimizning ko‘p hududlari, ayniqsa, qishloq joylarda bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadigan keksa, tajribali dehqonlar tomorqalaridagi ekin, daraxt bargiga shiracha tushganda ertalabki shabnamda oddiy kul sepishadi. Kul tarkibidagi o‘yuv­chi modda ta’sirida shira bitlari o‘z faolligini yo‘qotadi, ya’ni o‘ladi. Qishloq xo‘jaligida begona o‘t va zararkunandalarga qarshi kurashishda ko‘p holatda tarkibida kimyoviy zaharli modda bo‘lgan turli pestitsidlardan foydalaniladi. Pestitsidlar, yuqorida aytilganidek, birinchidan, inson organizmi va atrof- muhit uchun zararli sanaladi. Ular bilan ishlaganda, albatta, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish shart. Chunki ular tarkibidagi kimyoviy moddalar nafas yo‘lini zaharlab, butun organizmga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ikkinchidan, bu kimyoviy preparatlar zararkunandalarning tabiiy dushmani, ya’ni foydali hasharotlarni ham qirib tashlaydi. Shu sababli bu preparatlardan faqat o‘ta zararlangan joyga so‘nggi chora sifatida foydalanish mumkin, aks holda u ham o‘simlikka, ham foydali hasharotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: uni umumiy holda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Uchinchidan, ushbu kimyoviy preparatning narxi qimmat, iqtisodiy jihatdan zarar keltiradi. Pirovardida o‘z-o‘zidan mahsulot tannarxi oshadi. Biroq zararkunandalarga qarshi chora-tadbirlar vaqtida qo‘llanilmasa, mevali daraxtlarni shira bosadi, bit va kanalar ko‘payadi va ular bahor faslining oxirida boshqa o‘simlik va sabzavotlarga ham o‘tishi mumkin.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan, ekologik jihatdan toza kompleks birikmadan keng miqyosda foydalanishni tavsiya qilmoqda. Uzoq yillik tajriba va kuzatuvlar asosida eng samarali birikma tanlab olinadi. Uning tarkibi bir qator foydali, dorivor xususiyatlarga ega mahsulotlardan tashkil topgan.


Masalan, yong‘oq bargi o‘zida juda ko‘plab makro va mikro, jumladan azot, oltingugurt, fosfor, magniy, temir va boshqa elementlarni saqlaydi, shuningdek, turli organik kislotalar, efir moylar, glikozidlar, alkaloid­lar, vitamin va minerallarga boy. Aminokislotalar tarkibining boyligi, askorbin kislotasi, Ye, RR va V guruhi vitaminlarining mavjudligi yashil xomashyoni mukammal tiklovchi vosita sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Yong‘oq barglari o‘g‘it sifatida ham boshqa barglarga nisbatan juda yaxshi samara beradi. Uning tarkibida katta miqdori foydali elementlarning organik moddalari mavjud. Tarkibida zaharli moddalar yo‘qligi sababli yong‘oq barglaridan olingan kul nafaqat mevali daraxtlarni, balki yumshoq va injiq sabzavotlarni parvarish qilish, zararkunandalarga qarshi kurashda ham yaxshi samara beradigan tabiiy o‘g‘it sirasiga kiradi.
Sarimsoqpiyoz tarkibidagi allitsin zamburug‘larga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Sarimsoqpiyoz tarkibi dorivor xususiyatiga ega bo‘lib, unda bakteriya va viruslarga qarshi tabiiy kurashuvchanlik xossalari, aniq qilib aytganda, o‘simliklarni parazit va bakteriyalardan himoya qiluvchi uchuvchi moddalar — fitonsidlar mavjud. Sarimsoqpiyoz tarkibi kaliy, kalsiy, fosfor, S va V guruh vitaminlari, selen, marganets, yod va efir moylarga boy.
Kulning kalsiy karbonati metabolik jarayonlarni yaxshilaydi, o‘simlik­larning yanada barq urib gullashiga yordam beradi. Kalsiy silikati esa o‘simlikka vitaminlarni singdirishga ko‘maklashadi, kasallik va noqulay iqlim sharoitiga chidamliligini oshiradi. Ildizlarning rivojlanishi va o‘sishini tezlashtiradi. Kalsiy xloridi fotosintez jarayonida ishtirok etadi, fermentlarning shakllanishiga yordam beradi, o‘simliklarning immunitetini, sovuqqa chidamliligini oshiradi. Kaliy ortofosfati o‘simliklarga suv muvozanatini tartibga solishga, qishning sovug‘iga bardoshli bo‘lishga yordam beradi. Magniy silikati, magniy karbonati, magniy sulfati, nat­riy xloridi va natriy ortofosfatlari uglevodlarni shakllantirishda ishtirok etadi, ulardan keyinchalik sellyuloza va kraxmal hosil bo‘ladi, o‘simliklar tarkibidagi suv muvozanatini me’yorlashtirishga, shuningdek, fermentlar faolligini oshirgan.
Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Tomorqa xo‘jaligidagi meva-sabzavot va poliz ekinlari joriy yilda bahorning seryog‘in kelishi oqibatida shira, turli o‘simlik bitlari va boshqa zararkunandalar bilan sezilarli darajada zararlandi. Bu holatda birdaniga kimyoviy preparatlardan foydalanish bir tomondan foyda bo‘lsa, ikkinchi tomondan ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan zararlidir.
Shu bois, olimlarimiz ota-bobolarimiz qo‘llab kelgan noan’anaviy usullarga murojaat qilib, tabiiy dorivor o‘simliklardan tayyorlangan kompleks birikmani tajribada sinab ko‘rdi va samarali natijalarga ­erishdi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling