Mavzu: Harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, tahlil qilish va o‘tkazish metodikasi. Reja


Download 77.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi77.96 Kb.
#1567450
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5438427172337365048

o‘yinlar vositasida osongina idrok qiladilar va o‘zlashtiradilar.

O‘yinlarda yugurish, sakrash va uloqtirish yoki irg‘itish mashqlariga aloxida e’tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan oddiy va o‘rtacha 
murakkab o‘yinlarni o‘tkazish bilan birga, agar bolalar etarli darajada tayyorlangan bo‘lsa, ancha murakkabroq ya’ni komandalarga bo‘linib 
o‘ynaladigan o‘yinlarni xam o‘tkazish mumkin. Bolalar bu o‘yinlarda "Bir qishi hamma uchun, hamma bir qishi uchun" degan prinsip asosida birga 
o‘ynashga o‘rganadilar. SHunda ularda o‘zlari bilan birga o‘ynayotgan o‘rtoqlari uchun javobgarlik xissi uyg‘onadi. Komanda o‘yinlari etarli 
darajada chaqqon, xozirjavob, farosatli va baquvvat bo‘lishni talab etadi. Jismoniy tarbiya darslari ko‘pincha turli o‘yinlardan tarkib topadi va 
bundan tashqari darsga basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi va futbol kiritiladi. 9-10 yashar bolalarning o‘yinlari birmuncha murakkablashtiriladi.



. O‘rta va katta yoshdagi bolalarga mos harakatli 
o‘yinlarni tanlash.

11-14 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsga kiritiladigan harakatli o‘yinlar
jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o‘rnini bosa boshlaydi.

O‘qituvchi harakatli o‘yinlarni o‘tkazganda V-V1I sinf o‘quvchilari
organizmning
ular
yoshiga
mos
ravishda
rivojlanishi
kerakligini
unutmaslik kerak.SHuning uchun darsda o‘yinlar tashkil qilish, o‘tkazish
va mashg‘ulotlar vaqtida o‘yin materiallarini bolalarga asta-sekin to‘liq
berish zarur. O‘yin paytida bolalarning juda keskin harakat qilmasligiga
qarab turish xar bir bolaning o‘ziga yarasha munosabatda bo‘lishi muhum
ahamiyatga ega.

O‘quvchilarga o‘rgatiladigan harakatli o‘yinlar tashkiliy to‘zilishi
harakatlarning mazmuni jixatdan birmuncha murakkab bo‘ladi. Sport
elementlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlarga shuningdek sport o‘yinlariga
ko‘proq o‘rin beriladi.

V-VII sinflarda harakatli o‘yinlarni darsning ikkinchi va uchunchi
qismlarida o‘tkazgan ma’qo‘l. Darsning asosiy qismida birorta murakkab
sport o‘yinini o‘rtanishga zamin tayyorlash uchun ba’zi bir o‘yinlarni
kiritish
mumkin
bundan
maqsad
o‘quvchilarni sport o‘yinlariga
tayyorlashdir.

Ma’lumki VIII-IX sinf o‘quvchilari ijtimoiy va ishlab chiqarishga oid ishlar
bilan shug‘ullanadilar.Bu xol ulardan harakatli o‘yinlar uchun ajratilgan
vaqtni
tejab
sarflashni
talab
etadi
ular
ko‘proq
sport
bilan
shug‘ullanadilar.



3. O‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan 
holda harakatli o‘yinlarni o‘tkazish va tahlil qilish.

Harakatli o‘yilarni o‘tkazishda o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olishda eng avvalo
o‘quvchilarni yoshiga, jinsiga va fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Bundan
tashqari o‘yinlarni qay holatda, qaerda, o‘tkazilishi muhim ahamiyatga egadir. Harakatli o‘yinlar o‘z
vazifasiga ko‘ra bilim beruvchi, sog‘lomlashtiruvchi, davolovchi hamda hordiq chiqaruvchi bo‘limlarga
bo‘linadi. Milliy o‘yinlardan foydalanish jarayonida boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining quyidagi
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:

Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro muomalasiga, munosabatiga
qiziqadi.

Bolalar xalq o‘yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali jo‘shqin his-tuyg‘uli jihatlarini aks
ettiradilar.

Milliy o‘yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda
o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.

Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo‘lsa ham,
umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz qoldiradi.

SHu bobni xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o‘yinlaridan foydalanishda, ularni qo‘llashda
shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda
keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo‘ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk
pedagog YA.N.Komenskiy ham o‘z vaqtida ta’kidlagan edi.

Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa
maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi yurish-turish shakllarining to‘g‘riligini talab etadi.

Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga
keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o‘zini tuta bilishga odatlantirish katta rol o‘ynaydi.

Milliy o‘zbek o‘yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o‘quvchilari sevib, maroq bilan o‘ynamoqdalar.
Bunday o‘yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki hovlilar va bog‘, parklarda dam olish
soatlarida o‘ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo‘ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va
maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material, ko‘proq o‘yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni
tushuntirish va faol dam olish uchun, qisqacha pauzalar bo‘lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi.
O‘yin mashqlaridan keyin bo‘shashtiradigan, ohista yuriladigan mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini
o‘stiradigan mashqlarni berish lozim.


4. Har xil sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan 
o‘yinlarning o‘ziga xos metodikasi.

Har xil maktab yoshidagi bolalar bilan harakatli
o‘yinlarni
tashkil qilish va
o‘tkazish turli-tuman tusga ega bo‘ladi.
Harakatli
o‘yinlar o‘tkazish metodikasi bolalarning ruhiy
va fiziologik xususiyatlariga, ularning umumiy rivoji va
tayyorgarligiga bevosita
bog‘liq. Bolalar bilan ishlash
amaliyoti harakatli
o‘yinlar o‘tkazish metodikasi to‘rtta
asosiy yosh guruhiga mos ravishda
ko‘rib chiqilishi va
har birining yosh xususiyatlariga
ko‘ra barcha bolalarning
o‘yinga qiziqishiga nisbatan o‘zaro yaqinligini ko‘rsatadi.
Bu
guruhlar
quyidagilarni
tashkil
etadi:
1-2-sinf
o‘quvchilari: 7-9 yoshli bolalar; 3-4-sinf o‘quvchilari: 9-11
yoshli bolalar; 5-9-sinf
o‘quvchilari: 12-15 yoshli o‘smirlar
va AL va KHK
o‘quvchilari: 16-18 yoshdagi yoshlar.




Download 77.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling