Mavzu: harakatning vaqt harakteristikasi
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ulugbekov Muhammadjon. 225-guruh
MAVZU: HARAKATNING VAQT HARAKTERISTIKASI. • Harakatning tezligi. Jismning fazoda vaqt birligi ichidagi siljishi tezlikni ifodalaydi. Tezlik jism bosib o’tgan yo’l uzunligining shu yo’lni bosib o’tishga sarflangan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi. Odatda tezlikni aniqlashda uni metr-sekund bilan o’lchanadi. Agar yo’lning barcha nuqtalarida harakatning tezligi bir xil bo’lsa, bunday harakatni tekis harakat deb, agar u o’zgarsa notekis harakat bo’ladi.. Tezlikning vaqt birligida o’zgarishi tezlanish deb ataladi. U salbiy va ijobiy bo’lishi mumkin. Tezlikni keskin o’zgartirmay bajariladigan harakatlar tekis harakat deb ataladi. • Katta tezlikda bajariladigan harakatlar hamda notekis tezlanuvchan va notekis sekinlashtirilgan harakatlar keskin harakatlar deyiladi. Kishining doimiy tezlikda yoki doimo tezlanuvchi harakatlari kam bo’ladi. Shuningdek, texnik jihatdan to’g’ri bajarilgan jismoniy mashqda tezlanish to’satdan o’zgarmaydi. Tezlikni keskin o’zgarishi mashqni yomon bajarilganlik yoki uni yomon o’zlashtirganlik belgisi hisoblanadi. Gavda qismlari harakatini tezligi gavdaning siljish tezligidan farqlash kerak. Gavdaning siljish tezligi gavda qismlari tezligi emas balki anatomik hamda tashqi muhit omillariga bog’liq bo’lishi mumkin. Psixologik va uslubiy nuqtai nazardan tezlik optimal va maksimal tezlikka ajratiladi. • Vaqt harakteristkasi. Harakatning qancha vaqt davom etishi va uning sur’ati harakatining vaqt harakteristkasining ifoda etadi. Harakatning ma’lum vaqt davom etishi organizm faoliyatini o’zgartirishda muhim rol o’ynaydi. Jismoniy mashqlar bajarishning davomiyligini o’zgartirish bilan jismoniy yuklamalar va hajmini ta’sirini o’zgartirish mumkin. Jismoniy mashqlar texnikasida harakatning ayrim fazalari yoki gavda ayrim qismlarining harakati katta ahamiyatga ega. Bajarilayotgan ishining qancha vaqt davom etishi xaqida axborot berib turish ishchanlikni oshiradi. • Dinamik harakteristika. Gavda harakatiga ta’sir qiluvchi kuchlarni ichki va tashqi kuchlarga bo’linadi. Ichki kuchlar-tayanch harakat apparatning passiv kuchlari-muskul elastikligi va cho’ziluvchanligi; harakat apparatning aktiv kuchlari-muskul tortishish kuchi; reaktiv kuchlar- gavda qismlarning bir-biriga munosabatidagi kuchlar. Tashqi kuchlar kishi gavdasiga tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlardir. Bularga o’z gavda og’irlik kuchi; tayanch reaktsiyalarning kuchi; tashqi muhit va jismlar kuchi. Harakat kuchi gavdaning tashqi obektga ta’sir etishi tushuniladi. Sakrashdagi depsinishlar, kurashdagi raqibga ta’sirlar, sport turlari jism va jixozlarga ta’sirlar. Shuningdek harakatlarning harakteristikalariga muvofiq bir necha sifatlariga taqsimlash mumkin. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling