Qadimgi davr va o‘rta asrlar tarixida turli xalqlarning o‘zaro munosabatlarida ko‘p hollarda harbiy kuch-qudrat etakchi o‘rinni tutardi. Bu jihatdan boshqa xalqlardan ustun bo‘lgan xalqlar boshqalarga, birinchi galda qo‘shni xalqlarga siyosiy, iqtisodiy, madaniy va g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishga intilib kelganligini ko‘rishimiz mumkin. - Qadimgi davr va o‘rta asrlar tarixida turli xalqlarning o‘zaro munosabatlarida ko‘p hollarda harbiy kuch-qudrat etakchi o‘rinni tutardi. Bu jihatdan boshqa xalqlardan ustun bo‘lgan xalqlar boshqalarga, birinchi galda qo‘shni xalqlarga siyosiy, iqtisodiy, madaniy va g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishga intilib kelganligini ko‘rishimiz mumkin.
- Bu ta’sirni tinch diplomatik yo‘l bilan ham, ko‘pincha esa to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy bosqin uyushtirish yo‘li bilan ham amalga oshirishga harakat qilinardi. Xususan, O‘rta Osiyoga janubdan kirib kelgan Eron ahamoniylari (mil.avv. VI asrda) va A.Makedonskiy (mil.avv. 329 yilda) bosqini yangi hududlarni bo‘ysundirish, o‘lkaning tabiiy boyliklari, xom ashyo manbalariga egalik qilish va shu kabi siyosiy-iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirishgan bo‘lsa,
- VIII asrda o‘lkani egallagan arablar unga qo‘shimcha ravishda bu hududda o‘zlarining g‘oyaviy ta’sirini ham o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu ta’sir esa, ma’lumki O‘rta Osiyoda yangi din - islom ta’limotini tarqatish, boshqa barcha diniy ta’limotlar, birinchi galda buddaviylik, zardushtiylik, butparastlik kabi islomda qattiq qoralanuvchi diniy ta’limotlarni yo‘q qilish yo‘li bilan amalga oshirildi.
O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixida katta rol o‘ynagan xalqlar –xioniylar, kidariylar, eftalitlarning tarix sahnasiga chiqishi va hukumronligi davriga, harbiy qo‘shin tuzilishi va boshqaruv tartiblarini o‘rgangan mutaxassislar kushonlar va toharlar bir xalq ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradilar. Tabiiyki, o‘tgan davrlar bu xalqlar harbiy san’atiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Lekin jang olib borish usullari, taktikasi, qurol-yarog‘lar turlari va ular jamiyatida hukum surgan odat, ya’ni voyaga etgan har bir kishi jangchi, suvoriy bo‘lganligi kabi faktorlarga e’tibor bersak, ular turmushiga xos an’analar ichida ko‘proq harbiy an’analar saqlanib, davom ettirilganligini ko‘ramiz. Bu davomiylik esa bu xalqlar xo‘jaligi, turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq edi. - O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixida katta rol o‘ynagan xalqlar –xioniylar, kidariylar, eftalitlarning tarix sahnasiga chiqishi va hukumronligi davriga, harbiy qo‘shin tuzilishi va boshqaruv tartiblarini o‘rgangan mutaxassislar kushonlar va toharlar bir xalq ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradilar. Tabiiyki, o‘tgan davrlar bu xalqlar harbiy san’atiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Lekin jang olib borish usullari, taktikasi, qurol-yarog‘lar turlari va ular jamiyatida hukum surgan odat, ya’ni voyaga etgan har bir kishi jangchi, suvoriy bo‘lganligi kabi faktorlarga e’tibor bersak, ular turmushiga xos an’analar ichida ko‘proq harbiy an’analar saqlanib, davom ettirilganligini ko‘ramiz. Bu davomiylik esa bu xalqlar xo‘jaligi, turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |