Mavzu. Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta’minlashdagi
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
9-MAVZU
Sezish - bu moddiy olamdagi hodisalarning va predmetlarning odam ongida aks
ettirilishidir. Sezish ko’rish, eshitish, ushlab ko’rish, teri orqali, harakatlanish, tebranish va hokazolarga bo’linadi. Idrok - predmet va hodisalarni bilishda sezishdan keyingi yuqoriroq pog’onadir. Idrok etishda atrof-muhitdan sezish orqali olingan ma’lumotlar yaxlit umumlashgan holda namoyon bo’ladi. Avtomobilni boshqarishda ko’rish tahlil qiluvchi sifat shaklida atrofdagi muhit to’g’risidagi asosiy axborot vositasi hisoblanadi. Yo’ldagi harakat vaziyatini ko’rish yomonlashishi YTH kelib chiqishining asosiy omillaridan biri. Harakat miqdori sutkani qorong’i vaqtida 20 30 % ga pasayishiga qaramasdan, avtorning tahliliga ko’ra, Toshkent viloyati avtomobil yo’llaridagi oxirgi besh yil ichida sodir etilgan YTHning 35 45 % kunning qorong’i davriga to’g’ri keladi. Ikki polosali yo’ldan qarama-qarshi polosada harakat yo’q bo’lgan vaqtda, 80 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan haydovchi ko’z qarashining 43,2 % avtomobilning 25-120 m oldidagi yo’l bo’lagini ko’rishga, qolgan vaqtni esa yo’lni, qatnov qismini, yo’l yoqasini va boshqa yo’l elementlarini ko’rishga sarflaydi (6.2-rasm). Agarda ikki polosali yo’lda qarama- qarshi harakat kuzatilsa, unda haydovchi ko’rish diqqatining 30 % vaqtini qarshidan harakatlanayotgan avtomobil oladi. Yo’l elementlari esa 47,9 % ni tashkil etadi, uning asosiy qismi yo’l qoplamasini va avtomobil-ning oldidagi yo’l holatini baholashga sarflanadi. Eshitish orqali idrok etish - o’z mohiyatiga ko’ra ko’rishdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Eshitish or- qali idrok qilish uchta fak- torga bog’liq: eshitish tahlil qiluvchisi; ovoz Градуслар Гр ад ус л ар 16 0 4 4 8 12 8 12 8 0 4 4 2 2 6 6 2.4% 5.1% 43.2% 6.9% 26.3% 7.2% 6.2-rasm. To’g’ri yo’l bo’lagidan o’tganda haydovchining ko’z qarashi vaqtining bo’linishi (10 minutlik davrda) manbai; bosim o’zgarishini ovoz manbaidan ovoz tahlil qiluvchisiga uzatuvchi muhit. Haydovchi eshitish yordamida avtomobil asboblarining ishlash sifatini baholaydi, boshqa haydovchilar berayotgan tovushli ishoralarni, temir yo’l kesishmalaridagi qo’ng’iroq ovozlarini, maxsus avtomobillarning tovush moslamalari ovozlarini, ichki axborot quril-malarining zummerlarini hamda turli xildagi shovqinlarni qabul qiladi, ularning jadalligi va tez-tez qaytarilishi, harakatlanish tezligi va uning o’zgarishi to’g’risida birmuncha tassavur beradi. Muvozanat - bu muhitda tana holatining o’zgarishini hamda organizmga tezlanish va og’irlikning ta’sirini ehtirof etish va qabul qilishdir. Tezlanish - tezlikning yo’nalishi va miqdoriy ko’rsatkichlari bo’yicha o’zgarishni belgilaydi. To’g’ri chiziqli tezlanish harakatlanish tezligining ko’payishi yoki kamayishi orqali vujudga keladi; yoysimon yoki markazdan qochirma tezlanish esa egrilik bo’yicha harakatlanish davrida vujudga keladi. Tezlanish ta’siridagi odamning umumiy holati butun tana bo’yicha vazminlikni his qilishning vujudga kelishi orqali belgilanadi. Tebranish - (mexanik tebranish) kishi organizmiga ancha salbiy ta’sir ko’rsatadi, holbuki, uning ta’sir etish darajasi va xarakteri tebranish turiga bog’liqdir. Qabul qilish - haydovchi o’zining kasbiy faoliyati jarayonida doimo tuganmas axborotlar oqimi asosida vujudga kelgan va kelishi mumkin bo’lgan yo’l-transport holatiga mos ravishdagi harakatlarni bajaradi. Ayni paytda haydovchi qator taktik vazifalarga asoslanadi: harakatlanishning xavfsiz tezligiga, transport jarayonining o’rnatayotgan maqsadiga, to’xtash, to’xtab turish shartlari va h.k. larga asoslanadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling