Mavzu. Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta’minlashdagi


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1017211
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-MAVZU

 
Xotira 
qabul qilish jarayoni, asab tizimining tashqi olam haqidagi axborotlarini va bu 
hodisalarga organizmning ehtibor berishini saqlash qobiliyati.
Fikrlash 
- sezish, qabul qilish, xotira, tasavvur bilan uzluksiz bog’liq bo’lib, uning asosiy 
ahamiyati bu jarayonlarni muvofiqlashtirish, tartibga solish va sintez qilishdadir. Haydovchilar 
uchun fikrlash tezligi muhimdir, chunki fikrlash asosida xulosa chiqarish va undan keyingi 
harakatlar avtomobilning harakatlanish tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha tez bajarilishi 
lozim. 
Haydovchining tezkorlik sifati 
- bu sifatlar kutilmaganda vujudga keladigan kritik 
vaziyatlarda to’g’ri xulosa chiqara olish va qisqa vaqt ichida kerakli harakatlarni bajara olishga 
tayyor bo’lishlikning darajasini aniqlaydi. 
Diqqat
 - bu sifat ruhiy faoliyat xarakteristikasi bo’lib hisoblanadi va ongning ma’lum bir 
ob’ektiga jalb qilish va yo’naltirish orqali ifodalanadi. 
Diqqatning avtomobil haydovchisi uchun muhim sifatlari bo’lib turg’unlik, to’plash, 
hajm, taqsimlash va ko’chirish hisoblanadi. 


Reaktsiya 
- organizmning har qanday signalga javob harakatidir. Reaktsiya oddiy va 
murakkab bo’ladi. 
Oddiy reaktsiya 
- bu avvaldan ma’lum bo’lgan bir dona ishoraga javob harakati. 
Masalan, yorug’lik yoki tovush qo’zg’otgich tugmasini bosish. Yorug’lik qo’zg’otgich 
tugmachani bosishning o’rtacha vaqti 0,2 s, tovushniki esa 0,15 s. Agarda qator mumkin bo’lgan 
javob harakatlaridan bitta yoki bir nechta aniq harakatni tanlash zarur bo’lsa, bunday reaktsiya 
murakkab reaktsiya deyiladi. Ko’pgina hollarda haydovchining kutilmagan vaziyatlarda 
vaziyatning o’zgarishiga bo’lgan reaktsiyasi murakkab harakat reaktsiyasiga kiradi va uning 
vaqti 0,4-2,5 s va undan ko’proq bo’lgan oraliqda bo’lishi mumkin.
6.2. HAYDOVCHI MEHNATINI TASHKIL ETISH VA UNING
KASBIGA MUNOSIBLIGINI ANIQLASH 
Ko’p vaqt mobaynida avtomobilni boshqarish natijasida haydovchining diqqati pasayishi 
va reaktsiya vaqti oshishi mumkin. Bu esa harakat xavfsizligi nuqtai nazaridan juda xavfli 
hisoblanadi. Bunday vaziyatning oldini olish maqsadida haydovchining ish vaqti tartibga 
solinadi. 
O’zbekiston Respublikasida mavjud mehnat kodeksining 115-moddasiga [19] amal 
qilgan ravishda avtokorxonalardagi haydovchilarning ish vaqti haftasiga 40 soatdan, haftada olti 
kun ishlovchilarga kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi 
lozim (bu ish tartibi avtobus, taksi, maxsus transport va tunda ishlovchi haydovchilarga taalluqli 
emas). 
Evropa davlatlarida haydovchining bir kunlik 
maksimal ish vaqti 9 soat qilib 
belgilangan. Haydovchilar 6 hafta ishlagandan so’ng 1 hafta dam olish rejalashtiriladi. Bunda 14 
kun mobaynida maksimal ish vaqti 90 soatdan oshmasligi kerak. To’xtamasdan avtomobilni 
maksimal boshqarish vaqti 4,5 soatni tashkil etishi, so’ngra 45 minut dam olishi o’rnatilgan. 
Belgilangan ish tartibini kuzatib (nazorat qilib) borish uchun avtomobillarga taxometr 
o’rnatiladi [11]. 
AQSHda tadqiqotchilarning oxirgi 25 yil ichida o’tkazgan YTH tahlili [11] bo’yicha yuk 
avtomobilini davomli boshqarish ortgan sari YTHni vujudga keltiruvchi nisbiy tavakkallik 
vaziyati oshib, 9 soat ishlagandagi nisbiy tavakkallik 4,5 soatdagidan 1,31 marta, 10 soatdagi esa 
1,5 marta katta (6.3-rasm) bo’lishi aniqlanilgan. 
Haydovchi mehnatini to’g’ri tashkil etish uning bir avtomobilda va aniq yo’nalishda 
muntazam ishlashini taqozo etadi.
Haydovchining mehnatini tashkil qilishdagi asosiy kamchiliklardan biri ko’pchilik hollarda 
ish vaqtidan tashqari ishlar bo’lib, ular ish vaqti va dam olish rejimini izdan chiqaradi hamda 
harakatlanish xavfsizligiga katta xavf tug’diradi. 
Haydovchilik kasbiga munosiblik birinchi navbatda uning haydovchilik kasbiga qanday 
tayyorgarlik ko’rgani, yo’l harakat qoidalarini mukammal bilishi, psixofiziologik jihatdan 
transport vositalarini boshqarishga tayyorgarligi, belgilangan qoidalarga xohish bildirishi, shaxs 
sifatida jamiyat bo’layotgan qiziqishlariga va jamiyat xavfsizligiga egoistik ruhda emasligi 
aniqlanadi. 


Haydovchilik kasbi-ni egallamoqchi 
bo’lgan shaxslar tibbiy ko’rikdan o’tishlari 
shart. Tibbiy ko’rikdan o’tishlari nati-jasida 
bo’lg’usi 
haydovchi-larning 
ko’rish, 
eshitish, o’z vaqtida tashqi (yo’l sharoitini) 
va ichki (avtomobil transportini) muhitga 
bo’lgan diqqati va boshqa psixologik xusu-
siyatlari tekshiriladi. Barcha transport vosi-
talari 
haydovchilari 
O’zbe-kiston 
Respublikasi 
Nisbi
y
tava
kka
ll
ik
6.3-rasm. Yuk avtomobil haydovchisining
dam olmasdan boshqarish davomiyligi
ortishi bilan YTHni nisbiy
tavakkallikni o’zgarishi 
Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. 
Haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish uchun vazirlik tomonidan joylarda maxsus hayhat 
tuziladi. Hayhat tarkibida terapevt, xirurg, okulist, nevropatolog, psixolog, otolaringologlar 
(ayollar akusher-ginekolog ko’rigidan xam o’tadilar) qatnashadilar. Agarda haydovchining 
kasbga munosibligini aniqlash davrida nizolar chiqadigan bo’lsa, uni vazirlik, viloyat, shahar, 
tuman miqyosidagi tuzilgan tibbiy hayhatlar hal qiladi. 
Ayrim hollarda ma’lum fiziologik yetishmovchiligi bo’lgan shaxslarga transportni 
boshqarishga ruxsat beriladi. Masalan, oyog’i shikastlangan nogironlarga transport vositasi 
konstruktsiyasini o’zgartirib, qo’lda boshqarishga moslashtiriladi yoki eshitish organida nuqsoni 
borlarga maxsus eshitish moslamasi taqib transportni boshqarishga ruxsat beriladi (bunday 
hollarda haydovchi faqat o’z shaxsiy transportini boshqarib, boshqalarga xizmat ko’rsatishi man 
etiladi). Hozirda rang ajratish qobiliyati past yoki yo’q (dalьtonik) shaxslarga transport vositasini 
boshqarishga ruxsat berish to’g’risida izlanishlar olib borilayapti. Umuman, bizda o’rnatilgan 
haydovchilikka moslikni aniqlash tartibi rivojlangan davlatlar tartibiga mos keladi. 
O’zbekiston Respublikasida barcha transport vositalari ularning turlariga, qo’llanilishiga 
va boshqarishning o’ziga xosligiga qarab A, V, S, D, Ye toifalarga hamda tramvay, trolleybus, 
motokajavalarga bo’linadi. Bularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi «O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 2 avgustdagi 156-sonli «O’zbekiston 
Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni 
tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida»gi 
qaroriga asosan beriladi. 
Haydovchilik guvohnomasida tegishli ruxsat beruvchi belgisi bo’lgan shaxslar 
quyidagilarni boshqarishi mumkin: 
«A» - mototsikl, motoroller, motochana va boshqa mototransport vosi-talarini; 
«V» - to’la vazni 3500 kilogrammdan va haydovchining o’rindig’idan tashqari o’rindiqlar 
soni sakkiztadan oshmaydigan, shuningdek, ular bazasida ishlab chiqarishda qo’l bilan 
boshqariladigan avtomobillarni; 
«S» - to’la vazni 3500 kilogrammdan ortiq bo’lgan yuk avtomobillarini; 
«D» - haydovchi o’rindig’idan tashqari o’rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo’lgan va 
yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan avtomobillarni; 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling