Mavzu: hayol
Download 20.56 Kb.
|
9-mavzu seminar
MAVZU: HAYOL Reja: Hayol haqida tushuncha Hayol turlari. Hayol va ijod Xayol jarayonining - boshqa ruhiy xolatlardan o’ziga xos farqi shundaki, odam xayol yordamida avval idrok kilgan predmetlarni va voqyea-hodisalarni xam tasavvur eta oladi. Xayol jarayoni odam ongining mazmunini faqat u o’z tajribasida idrok qilgan narsalar to’g’risidagi tasavvurlar bilangina emas, ilgari idrok qilmagan narsalar to’g’risidagi tasavvurlar bilan ham boyitadi. Xayol tufayli tashqi olam odam ongida kengroq xilma-xilroq aks etadi, dunyoqarashi kengayib, tajriba boyiydi va mukammallashadi. Yana bar muhim tomosha shundaki, xayol odamdagi boshqa ruhni jarayonlarning faoliyatini kuchaytiradi, idrok timsollarini to’la va yorqin namoyon etadi. Xayolda yaratilayotgan timsollar odam emosional xolatlari uchun boy manba, xisoblanadi. Xayol tufayli odam kelajakka oid istak va maqsadlar bilan bog’lik tuyg’ularni his etadi. Bunday xislar odamni tetik qiladi, uning g’ayratiga g’ayrat qo’shadi kuch va tetiklik bag’ishlaydi. Xayolning yana o’ziga xos tomoni shundaki, odam xayol yordamida uzoq o’tmish voqyealarini, o’z davrdagi voqyea hodisalarning moxiyatini, kelajakka oid voqyea – hodisalarning ham tasavvur etadi. Bu tarzda idrok kilinmagan ta’sirotlar tug’risidagi xayollar xayoliy tasavvurlardir. Shaxsning uzoq, o’tmishdagi avlod-ajdodlar hayotiga doir tarixiy asar o’qishi yoki boshqa shaxsning suhbati yoki hikoyasini tinglashi natijasida unda o’sha davr va odamlar haqida tasavvur paydo bo’ladi. Odam xayol tufayli o’z xatti-xarakatlaridan kelib chiqishi mumkin bo’lgan natijalarni ham oldindan ko’ra oladi. Xayol surish jarayonida yuzaga keladigan timsollar idrok yordamida xosil qilingan tasavvurlar va bu tasavvurlarning xotira yordamida odam ongida hosil bulishi natijasida yuzaga keladi. Shunday ekan, xayol jarayonining sodir bo’lishi xayol tasavvurlariga asoslanadi va uning mazmuni shaxsnnng turmush tajribasi va bilim darajasiga bog’liq bo’ladi. Xayol boshqa ruhiy xolatlardan farqli o’larok, maxsus aks ettirish jarayoni sifatida hamma vaqt ijtimoiy tarixiy moxiyatga ega bo’lib, kadimga avlod-ajdodlarimshning ijtimoiy foydali mexnat bilan shug’ullanishi tufayli paydo bo’lgan va xozir ham shu moxiyatni saqlab kelmokda. Endilikda mustaqillik tufayli jamiyatimiz a’zolari ongida vujudga kelayotgan davr talabi asosidagi g’oyalar ularning orzu va ijodiy xayollarida ham o’z aksini topmokda. Inson hayotining eng murakkab va eng fantastik timsollari avval idrok kilingan timsollarni qayta ishlashga asoslanib, xalq og’zaki ijodidagi pari, dev, shayton, yengilmas kahramon, sadoqatda tengsiz kabi timsollar inson xayolining maxsuli sifatida o’sha davr muhiti va sharoitini xam aks ettiradi, xalqning istak-o’ylari va orzu-umidlarini ifoda etadi. Demak, doston va ertak, xikoyalar, afsonalar xalqning real xayollari tufayli yaratilib, xalq ma’naviyatining muhikhm manbaiga aylangan. Odamning xayoli natijasida vujudga keladigan timsollar uning faoliyatida namoyon bo’ladi. Bu tasavvurlar (timsollar) faqat ongning mazmunigina bo’lib qolmaydi! Odamning faoliyatida namoyon bo’ladigan timsollarning modeli avvalo, xayol yordamida tasavvur tarzida mavjud bo’ladi, sungra ruyobga chiqadi. Faqat odamlargagina xos bo’lgan ruhiy xolatni quyidagi misolda ham ko’rish mumkin: o’rgimchakning ishi to’quvchining ishini eslatadi, asalari ham mumdan uya solib, malakali me’morlarni ham uyatga qoldiradi. Lekin eng yomon me’mor ham eng yaxshi asalaridan xammadan avval shu bilan farq kiladiki u mumdan uya yasashdan oldin bu uyani miyasida quradi. Mexnat jarayonining oxirida bu jarayon boshlanmasdan oldinroq yumushchining, ya’ni ideal ravishda mavjud bo’lgan natija xosil bo’ladi. Odamda turli-tuman xayollar uning ehtiyojlari asosida vujudga keladi. Extiyojlar asosida vujudga keluvchi xayollarning real va noreal kabi ikki xil mazmuni bor. Ruyobga chikishi, amalga oshishi mumkin bo’lgan xayollar real xayollardir. Real xayollar shaxsni olg’a xarakat qilishga chorlaydi, uni yaratuvchilikka, ijodkorlikka undaydi kuch-g’ayrat bag’ishlaydi. Shuning uchun real xayollar odamning hayoti va faoliyati uchun muhim va foydalidir. Noreal xayollar esa, aksincha, shaxsni ruhiy tushkunlikka. uz qudratiga ishonchsizlikka duchor qiladi, bunday xayollar ro’yobga chiqmaydi amalga oshmaydi, yomon oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun odam noreal xayollarni surmagani ma’qul. Shaxsdagi siyosiy, sosial, estetik va intellektual ehtiyojlarning o’sishi unda real xayollarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Odamda turln real xayollarning vujudga kelishida yana bir manba uning orzu-istaklaridir. Shaxs xamma real xodisalarga nisbatan ijodiy munosabatda bo’ladi, mavjud narsalardan ko’ra afzal va mukammalrqlariga erishishga xarakat qiladi. Natijada unga bir qancha ijobiy moxiyatga ega bo’lgan hayollar vujudga keladi. Turli xayollar xotira materiallari asosida paydo bo’ladi. Chunki, xotira materiali (tasavvurlari) xayol yordamida qaytadan ishlanadi, analiz va sintez qilinadi, natijada yangi tasavvurlar hosil bo’ladi. Bu-tasavvurlarning xosil bo’lishi va ro’yobga chiqishida shaxsning tajribasi muhim rol o’ynaydi. Inson faoliyatidaa xayolning juda katta ahamiyati bor. Darhaqiqat, xayol yordamisiz odam o’z faoliyatining biror sohasini ham amalga oshira olmaydi. Masalan: biror buyum yasash, daraxt yoki o’simlik o’stirish, kiyim tikishdan avval odam undan afzal kutilgan natijani tasavvur qiladi. Shuning uchun xayol odam faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Odamda -mexnat jarayonida o’z muhitini o’zgartirish va bu ishni dastavval xayolda bajarish qobiliyati bor va bu qobiliyat shaxsning kundalik mehnati jarayonida o’sib boradi. Xayol faoliyatining o’ziga xos muhim tomoni yana shundaki, u har shaxsda kengligi, mazmuni, realligi va kuchi jixatidan alohida ahamiyatga ega bo’ladi.. Har bir shaxsdagi xayol jarayoni uning dunyoqarashi, g’oyaviy e’tiqodi, axloqiy komilligi va ijtimoiy-siyosiy qiyofasi bilan ham bog’liq bo’ladi. Shaxsning faolliga doirasi qancha keng bo’lsa, uning xayol jarayoni xam shuncha murakkab va turli-tuman bo’ladi.Ba’zi xollarda shaxsning xayol ko’lami real sharoit doirasida keng va yuqori bo’ladi. Fantastik timsollar va tasvirlar ana shu imkoniyatning natijasidir. Odam xayolining boyligi, xilma-xilligi, mazmundorligi, aqliy faoliyat samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi va uning maxsuldorligini oshiradi. Har bir odamning xayoli (fantastik imkoniyatlari) uning faoliyati maxsulida o’z ifodasini topadi. Masalan, olimning ilmiy xayoli darajasiga, shoir yoki yozuvchining badiiy maxsuli, uning badiiy xayol darajasiga, musiqachining maxorati undagi musiqaviy xayol darajasiga bog’lik bo’ladi va x.k. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xayolga quyidagacha ta’rif berish mumkin: tasavvurlarning qaytadan ishlanishi analiz va sintez qilinishi natijasida real borliq voqyea-xodisalarning inson miyasida aks etishidan iborat bo’lgan ruxiy faoliyat xayol yoki fantaziya deb aytiladi. Bosh miyaning katta yarim sharlari po’stlog’ida avval hosil bo’lgan muvaqqat bog’lanishlar o’rtacida yangi birikmalarning paydo bo’lishi xayolning fiziologik asosidir. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari ham xayol faoliyati bilan mustaxkam bog’liqdir. Chunki, yuqorida ta’kidlaganimizdek, turli xayollarning manbai odamning. tashqi dunyo voqyea-hodisalarini sezish va idrok qilishi natijasida hosil bo’ladigan tasavvurlaridir. Prof. I.P.Pavlovning uqtirishicha, odamning miyasida gavdalanishi va bu bog’lanishlar bir-biri bilan tutashib, yangi tarzda paydo bo’lishini xayolning nerv-fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak. Xayolning turlari quyidagilardan iborat : 1. Kaytadan aniqlash xayoli. 2. Tasavvur xayoli. 3. Orzu xayoli. 4. Ijodiy xayol. 5. Ixtiyoriy xayol: 6. Ixtiyorsiz xayol. Kitob o’qish, xikoya tinglash, boshqa shaxslarning suxbati natijasida vujudga kelgan xayol qaytadan tiklash xayolidir. Ikkinchi xil qilib aytganda, avval bo’lib o’tgan xayolning ma’lum sabablar asosida bir qancha vaqtdan so’ng odam miyasida kaytadan tiklanishi qaytadan tiklash xayolidir. Shuning uchun xam xayolning bu turining mazmuni o’tmishni ifodalaydi. Avvalo shuni aytish kerakki, xotira tasavvurlari va xayol tasavvurlari o’rtasida farq bor. Xotira tasavvurlari ilgari idrok qilingan predmetlar va voqyea-xodisalarning qaytadan gavdalanishi bo’lsa, xayol tasavvurlarini qayta ijodiy ishlash natijasi hisoblanadi. Ikkinchi xil qilib aytganda, xayol tasavvurlari xotira tasavvurlarining takrorlanishi bo’lmay, balki yangicha hosil qilingan tasavvurlar tarzida bo’ladi. Ikkinchidan, xayol tasavvurlari tuliq, lo’nda va yorqin bo’lishi bilan xotira tasavvurlaridan farq qiladi. Muhimi shuki, xayol tasavvurlari shaxsda kuchli ehtiyoj, qiziqish va ideallar sababli xilma-xil Hissiyotlar xamda yaratuvchilik xissining kuchli namoyon bo’lishi asosida vujudga keladi. Shunday qilib bo’lib o’tgan, lekin odamning tajribasida uchramagan va u tomonidan bevosita idrok qilinmagan narsa va xodisalar tug’risida timsol yaratishdan iborat bo’lgan xayol turi tasavvur xayoli deb ataladi. Soddaroq qilib aytganda, predmetlarning tasviri, chizmasi sxemalariga asoslangan xolda obraz yaratishddan iborat bo’lgan xayol turi tasavvur xayolidir. Tasavvur xayoli odam tomonidan bevosita idrok qilinmagan predmetlar haqidagi xayoldir. Tasavvur xayolinning inson uchun muxim tomoni shundaki, bu xayol yordamida odam bo’lajak predmetni, narsani oldindan idrok qiladi. Masalan, muxandis o’zi yaratmoqchi bo’lgan mashinasini uning sxemasidan tasavvur qiladi. Me’mor qurmoqchi bo’lgan binosini chizgan eskizidan tasavvur etadi. Orzu xayolida odamning kelajakka, ezgulikka intilishlari ifodalanib, yoqilmi va istiqbolli xush timsollar yaratiladi. Orzu xayolining bir yo’nalishi shirin xayol tarzida namoyon bo’ladi. Shirin xayolga xos tomoni shundaki, u aniq, bir narsaga qaratilmagan muayan sistemaga solinmagan bo’ladi. Shirin xayol surayotgan vaqtda shaxs yoqimli timsollarni ko’z oldiga keltiradi, ulardan zavqlanadi, ruhiy olami ravshanlashadi. Odamning yoshlik chog’idan boshlaboq, unda turli-tuman orzular paydo bo’ladi. Shuning uchun ham yoshlar mexanizator muxandis, kosmonavt, pedagog, vrach, kahramon bulishni orzu qiladilar. Ilgarigi obrazlar asosida yangi, yanada mukammal obraz yaratishdan iborat bo’lgan xayol turi ijodiy xayoldir. Ijodiy xayol shaxsning turmush tajribasida bo’lib o’tmagan, voqyelikda mavjud bo’lmagan, ammo uni yangi g’oyalar va yaratuvchilik sari fikr yuritishga undovchi ruhiy jarayon bo’lib, odamniig faolligini oshiradi, fikriy o’sishiga olib keladi, shaxsning sifatlarini o’stiradi. Shaxsning ijodiy xayoli uning ongiga ta’sir etib, unda yangi mazmun vujudga keltiradi va bu mazmun xaligacha turmushda bo’lmagan orzularni reallikka aylantiradi. Mustaqil faoliyat natijasida ijodiy xayol tufayli biror sohada yangilik yaratiladi. Ana shu yangilik yaratishga qaratilgan bo’lganligi uchun ham ijodiy xayol xayolning boshqa turlaridan. ancha murakkabdir. Ijodkorlikning barcha sohalarida ijodiy xayolning roli katta. Agar ixtirochi biror buyum yasamoqchi bo’lsa, avvalo u shu modelni xayol yordamida miyada yasaydi. Yozuvchi biror obraz yaratmoqchi bo’lsa, u shu obrazga xos xususiyatlarni xayol yordamida miyada sistemalashtiradi. Demak, ijodiy xayol natijasida odam ongining yangi mazmuni ro’yobga chiqadi. Muayyan maqsad asosida aniq obraz yaratishga qaratilgan xayol turi bilan band bo’lganda uning ixtiyoriy xayoli nomoyon bo’ladi. Garchi ixtiyoriy xayol jarayonida iroda kuchi sarflansa xam u hamma vaqt faoliyatnint murakkab turi emas, oddiy xarakatlarda ham ifodalanadi. Ixtiyoriy xayol ayniqsa badiiy ijod uchun juda zarurdir. Ixtiyoriy (maqsadli) xayol yordamiga yozuvchi o’z asarining mazmunini va temasini aniqlaydi, kompozisiyasini belgilaydi. Ixtiyoriy xayol odamning ehtiyoji, maqsadi, xissiy kechinmalari, tafakkuri va maslagi kabilarni ifodalaydi, hamisha ma’lum maqsad va vazifani bajarish bilan bog’lik bo’ladi. Masalan, olim yaratmokqi bo’lgan asarinint mazmuni, shoir yozmoqchi bo’lgan badiiy asarning g’oyasi, rassom yaratmoqchi bo’lgan asarining mazmuni, maksadi va vazifalarini ixtiyoriy xayol tufayli ruyobga chiqaradi. Maqsadi aniq bo’lmagan va irodaviy kuchning ishtiroki passiv bo’lgan xayol ixtiyorsiz xayoldir. Ixtiyorsiz xayol prosessini odam avvaldan o’ylamagan, rejalashtirmagan bo’ladi. Ixtiyorsiz xayol ba’zan odam turli orzular og’ushiga berilganda o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayollar hamisha bir-biri bilan chambarchas - bog’likdir, ularni-o’zaro chegaralash mumkin emas. Amaliy faoliyatda ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayoldan batamom ajralgan holda ro’y bsrmaydi, hamisha beixtiyor qilinadigan xayol maxsulini o’z ichiga qamraydi. Har kanday kasb egasi u yoki bu narsani ixtiyoriy tarzda yaratayotganda ba’zan- ixtiyorsiz ravishda boshqa fikrlarga ham. beriladi. Xayol prosesslarida aggtyusyunasiya va aksentirovka xollarining ham ahamiyati kattadir. Agglyusinasiya xotira tasavvurlarining bir-biriga qo’shib, yoki ulardan foydalanib, yangi narsa va hodisalarning obrazlarini yaratishdan iborat bo’lgan xayol faoliyatidir. Agglyusinasiya prosessida tasavvurlar qaytadan tiklanadi, yangi tasavvurlarning mazmuniga moslashtiriladi. Masalan, inson xayolining maxsuli bo’lgan suv parisining boshi va gavdasi xotinga, dumi baliqqa, sochi yashil suv o’simligiga qiyos qilingan. Ana shu uch qismni xayol yordamida biriktirish natijasida yangi obraz yaratilgan. Agglyusinasiyaga badiiy adabiyotda misollar juda ko’p. Chunki, badiiy adabiyotdagi obraz minglab-millionlab obrazlarga xos sifatlarni o’zida ifodalaydi. Aksentirovka xayol yordamida ayrim obrazlarga xos belgilarni yo nixoyatda kuchaytirish, yo nihoyatda kamaytirishdir. Masxara obrazlari, karikaturalar. loflarda aksentirovkaga misollar juda ko’p. Shuni ham unutmaslik kerakki, boshqa ruhiy xolatlar singari xayol surish xam shaxsning o’ziga bog’likdir. Yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan hayotda amalga oshirilishi kerak orzular xaaqida o’ylash, shunga erishish rejalari xaqida xayol surish kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi. Shuning uchun hamma vaqt hayotga tug’ri keladigan narsalar haqida xayol surish shaxs uchun juda foydalidir. Xayol hamma kasb egalari uchun zarur bo’lgan ruhiy jarayon bo’lib, faqat shoirga yoki olimga kerak deb o’ylash noto’g’ri. Fantaziya - xayol hammada va hamma vaqt bo’lishi shart. Odam xayolsiz bo’lmaydi. Xayol surish odamda yoshlikdan boshlanadn. Bola yoshining ulg’ayishi va tajribasinnng orta borishi bilan xayoli ham taraqqiy etadi. Xayolga ta’rif bering? Xayolning inson hayotidagi roli haqida so’zlang? Orzu va ijodiy xayol turlarini tavsiflang? Xayol jarayonidagi agglyusinasiya va akssentirovka haqida so’zlang? Real xayollar noreal xayollardan qanday farq qiladi? Shaxsda xayol jarayonining o’sishi haqida gapiring? Download 20.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling