Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi predmetining paydo bolishi rivojlanish tarixi. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Download 66.92 Kb.
bet2/7
Sana15.02.2023
Hajmi66.92 Kb.
#1200228
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha

Biosfera - barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin boʻlgan atrof-muhit boʻlib, u murakkab tuzilishdagi yer sharining muhim qobigʻidir. Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan.
Zamonaviy olimlar biosferani moddalarni planeta boʻyicha harakatini ta’minlovchi yirik, global ekosistema sifatida qarashadi. Hozirgi erada hayot yer qatlamining yuqori (litosfera) qismida, yerning pastki havo (atmosfera) qobigʻida va yer sharining suvli qobigʻi (gidrosfera) da tarqalgan. Bu shu bilan izohlanadiki, litosferada yer osti suvlari va togʻ choʻkmalarida chuqurlikni sekin-asta ortib borishi bilan harorat ham ortib 2 km dan 16 km chuqurlikda 100 oC va undan yuqori (vulqonik faollik zonasida esa 200 dan 1500 oC cha)ni tashkil etadi. Yerning yuzasida hayotning konsentratsiyasi va faolligi eng yuqoridir.
Inson evolutsiyasi jarayonida oʻzini oziq-ovqat, moddiy boylikka boʻlgan ehtiyojlarini samaraliroq qondirish, iqlim va ob-havo ta’siridan himoyalanish, oʻziga qulaylikni oshirishga intilib tabiiy muhitga, birinchi oʻrinda biosferaga toʻxtovsiz ta’sirini oʻtkazdi. Bu maqsadga yetish uchun u biosferani bir qismini texnosfera band etgan joyga aylantirdi.
Texnosfera - oʻtmishda biosferaga taalluqli boʻlgan keyinchalik insonlar tomonidan moddiy,ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta’sir etgan hududdir.
Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, qoʻrgʻonlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit deb ataluvchi odamlar ommasi bilan ham uzluksiz aloqada boʻladi. Insonni ijtimoiy muhit bilan aloqasi tugʻilishni davom ettirishda, bilim va tajribalar almashishda, ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, intellektual qobiliyatlarni oshirishda foydalaniladi va shakllanadi.
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan oʻzaro ta’sirda boʻladi. Ya’ni, inson tabiiy atrof-muhitga uzluksiz ta’sir etsa, oʻz navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli boʻlgan texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga toʻgʻridan toʻgʻri yoki sirtdan doimiy ta’sir etadi. Yuqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. Zamonaviy inson uni oʻrab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya’ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz oʻzaro ta’sirda boʻladi;
2. XIX asr oxiridan boshlab XX asr davomida va hozirgi davrda ham texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali oʻzlashtirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir;
3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni oʻzgartirish hisobiga amalga oshmoqda.
Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalishi bilan birga ularning tinchligiga, sogʻligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib bormoqda. Ma’lum sharoitda ularni insonlarning ruhiy holatiga, sogʻligiga salbiy ta’sirini koʻrsatishi hammaga ma’lum. Shu sababli insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yoʻlda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sogʻligi haqida qaygʻurish masalalarini ijobiy hal yetish juda dolzarb masalalardan biridir.
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal yetishda hayot faoliyati xavfsizligi fanining oʻrni, uning nazariy ma’lumotlari bilan boʻlajak mutaxassislarni qurollantirish, muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi.



  1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.




Download 66.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling