Mavzu: Hayvonlar hayotining asosiy xususiyati. Sistеmatikasi. Reja


Download 202.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi202.82 Kb.
#216275
1   2   3
Bog'liq
2 daris

Mavzuning  maqsadi  va  vazifasi:  Hayvonlarning  xilma-xilligi  va  ular  orasidagi 

o`xshashlik va farq. Bir hujayrali hayvonlar. Ko`p hujayrali hayvonlar 

Hayvonlarning  yashash  muhitiga  moslashish  belgilari.  Hayvonlarning    yer  yo`zida 

tarqalishi.Tabiatda hayvonlarning hayotini yashil o’simliklar va boshqa organizmlar bog’liqligi. 

Hayvonlarning    o’simliklarga  o’xshashligi  va  farqi.  Hayvonlarning  hujayra  va  to’qimasi.  Inson 

hayotini  hayvonlar  bilan  bevosita  bog’liqligi.  Hayvonlarning  organ  va  organlar  sistemasi. 

Hayvonlarning klassifikatsiyasi. Zoologiya fani haqida umumiy tafsif. Uning asosiy bo’limlari 

Zoologiya  fanini  ilk  rivojlanish  tarixi.  Zoologiya  fanining  rivojlanishida  vatanimiz 

olimlarining qo’shgan hissasi. 

      


Vatanimizninг  tabiati  nihoyatda  jozibali,  uning  haynovot  dunyosi  esa  juda  xilma-xildir. 

Hayvonlarni  inson  qadami  yetgan  hamma  joyda:  gullab  turgan  vodiylardan    tortib  baland  qorli 

cho`qqilargacha,  suvliklardan  tortib  jazirama  qumli  cho`llargacha  uchratish  mumkin.  Ular 

orasida  yirik  va  murakkab  tuzilgan  ko`p  hujayralilardan  to  ko`z  ilg`amas  sodda  tuzilgan  bir 

hujayradan iborat turlari ham ko`p uchraydi.  

    


Mamlakatimiz  daryo  va  ko`llarida  baliqlarning  70  ga  yaqin  turi,  suvda  va  quruqlikda 

yashovchilarning  3  turi,  bepoyon  cho`llar,  daryo  vodiylari,  ulkan  tog`  tizmalari  va  vohalarda 

sudralib  yuruvchilarning 60 ga  yaqin  turi, so`t  emizuvchilarning 100 ga  yaqin  turi,  qushlarning 

400 dan ortiq turi, hasharotlarning 11 000 dan ortiq turlari mavjud.  

    

Vatanimiz  hayvonot  dunyosi,  butun  O`rta  Osiyo  hayvonot  dunyosi  kabi  juda  qadimdan 



shakllanib  kelan.  Bir  qancha  turlari  shu  yerning  o`zida  paydo  bo`lgan  bo`lsa,  boshqalari  esa 

qo`shni hududlardan kelib qolgan. Orol baqra balig`i, soxta kurak burun baliq, turkiston agamasi

turkiston  gekqoni,  qum  bug`ma  iloni,  ingichka  barmoqli  qo`shoyoq,  ko`k  sug`ur  va  boshqa 

ko`pgina turlar O`zbekiston hududida tarqalgan bo`lib, boshqa joylarda deyarli uchramaydi.  

    

 Hayvonlar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. 



   

 Jumladan,  oziq-ovqat,  kiyim-kechak,  parfyumeriya  sanoatida,  qurilish  materiallari 

sifatida,  zararkunandalarni  qirishda,  o`simliklarni  changlatib,  hosildorlikni  oshirishda,  tabiatni 

tozalovchi  (sanitarlik),  tuproq  hosil  qilishda,  shuningdek  o`zining  ko`rki  bilan  insonlarga  zavq 

berishda, ya`ni estetik va boshqa ahamiyatlari mavjud. 

   


 Hayvonlarning  orasida,  ekin  va  omborxonalarga  zarar  yetkazadigan  zararkunanda  va 

kasallik tarqatuvchi turlari ham bor.  

    

Noyob  va  qirilib  borayotgan  hayvonlarni  muhofaza  qilish  maqsadida  1983-yilda 



O`zbekiston “Qizil kitobi” ta`sis qilingan bo`ib, umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan. 

    


Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish,  turlarni  saqlab  qolish  va    ko’paytirish  uchun 

Respublikamizda bir qancha qo’riqxonalar, milliy bog’ va pitomniklar tashkil etilgan.    Lekin, 

bu chora tadbirlarning o’zi kamlik qiladi. Bu ishga umumxalq e’tiborini qaratish lozim.     



   

 Eramizdan  1  milliard  yilcha  muqaddam  eng  sodda  shaklda  paydo  bo'lgan    va  o`zoq 

davrlar mobaynida murakkab tajribiy takomillanish jarayonlari asosida rivojlanib  hozirgi davda 

yer  yo`zining  deyarli  hamma  qismini  egallagan.Hayvonlar  dunyosi  nihoyatda  xilma  –xildir. 

Hozirgi  paytda  hayvonot  dunyosi  2,5  mln  ga  yetdi.  Hayvonlar  ham  boshqa  tirik  organizmlar 

singari  oziqlanadi,  nafasoladi,  o’sadi,  ko’payadi.  Ularning    hayot  uchun  ham  oziq  moddalar, 

havo,  harorat  va  namlik  zarur.  Hayvonlarning  er  yo`zida  notekis  tarqalishiga    sabab,  yuqorida 

keltirilgan omillarning yer yo`zida bir  xilda  bo’masligidir. 

  

Hayvonlar hayot kechiradigan  joyning  tuprog’i, namligi,  harorati, yorug’ligi  o’simlik 



va hayvonlari, ya’ni   tirik va  notirik  tabiatning  barcha  tarkibiy  qismlari  yashash  muhitini  

hosil    qiladi.  Hayvonlarning      to`zilishi,    hatti-harakatlari    va  hayot    kechirish    xususyatlari   

tashqi    muhitning  muayyan    sharoitiga        moslashgan.  Masalan,  suvda  hayot  kechiruvchi    so`t 

emizuvchi   hayvonlarning   tanasi  suyri  shaklda  bo’lishi, oyoqlarning eshkakka aylanganligi, 

terisidagi   yo`nglarning  kalta  va  siniq  bo’lishi  bilan  quruqlikda   yashovchi  hayvonlardan   

farq  qiladi.  Bundan  tashhari,  suvda   yashovchi,  baliqlarning  tanasi  ustma-ust   tangachalar  

bilan  qoplanganligi    va  silliq  bo’lishi,  yelka  tomoni  qoramtir  va  qorin tomoni oqish rangda 

bo’lishi    yashash      muhitiga      moslashgan        belgilardir.  Hayvonlarning      yashash        muhiti   

sharoitning  muayyan      chegarada  o’zgarishiga  moslashgan.  Masalan,    oq    ayiq    shimoliy 

kengliklardagi  qadimiy  mo`zliklarda    yashab,  dengiz  hayvonlarini  ovlaydi.  Qo’ng’ir  ayiq  esa 

o’rta  kengliklardag  o’rmonlarda  o’simliklar  bilan  oziqlanadi.  Baqa  suvda  yoki  suv  bo’yida; 

qurbaqa esa suvdan o`zoqroqda, salqin joylarda hayot kechiradi. Sharoit qulay bo’lgan joylarda 

hayvonlar  ham  ko’proq  uchraydi,  aksincha  sharoit  noqulay  bo’lganda  ular  kam  uchraydi  yoki 

uchramaydi. Shunday qilib, quruqlikda, suv havzalarida  va boshqa joylarda muhit sharoitining  

bir xilda bo'lmasligi tufayli hayvonlar ham bir tekis tarqalmaydi.  

3.   Tabiatda hayvonlarning hayoti  yashil o'simliklar va boshqa organizmlar bilan bog'liq. 

O'txo'r hayvonlar yashil o'simliklar bilan oziqlanadi. O'txo'r hayvonlar esa yirtqichlar uchun yem 

bo'ladi. Hayvonlarning murdalari va axlati (ekskrimenti) turli xil boshqa hayvonlar, bakteriya va 

zamburug'lar uchun oziq bo'ladi.  

 Hayvonlar   o'simliklar hayotida ham  muhim  o'rinni  egallaydi.   Tuproq hosil bo'lishi  va 

uning hosildorligini oshirishda mikroorganizmlar bilan bir qatorda hayvonlar ham ishtirok etadi. 

Har  yili  kuz  kirganida  daraxtlardan  to'kilgan  barglar,  xazon  bo'lgan  o'simliklar,  bakteriyalar, 

zamburug'lar, mikroorganizmlar, chuvalchanglar, hasharotlar va boshqa organizmlar uchun oziq 

bo'ladi.  Hayvonlar  o'simlik  qoldiqlarini  maydalab,  ularning    chirishini    tezlatadi.  Chiriyotgan 

o'simlik qoldiqlaridagi organik moddalar  parchalanishi tufayli, tuproqda o'simliklarning  o'sishi 

uchun  zarur  bo'lgan  moddalar  to'planadi,  tuproqning  hosildorligi  oshadi.  Yomg'ir 

chuvalchanglari,  zaxkashlar,  hasharotlar  va  ayrim  umurtqali  hayvonlar  tuproqni  kovlab  in 

qazishi  tufayli  uni  aralashtirib  yumshatadi,  o`nga  havo  kirishi  va  suv  shimilishini  yaxshilaydi. 

Nektar  (asal)  yig'uvchi  hasharotlar  gullarni  changlantirib  o'simliklarning  hosildorligini  

oshirishga  yordam  beradi.    Shunday  qilib,  hayvonlar  bilan  o'simliklarning  hayoti  o'zaro 

chambarchas bog'langan bo'lib, ulardan biri ikkinchisiz yashay olmaydi.  

   


Hayvonlar  tabiiy  sanitarlar  vazifasini  ham  bajaradi.  Bir  qancha  hayvonlar  o'simlik 

qoldiqlari, to'kilgan barglar, o'lgan hayvonlarning murdalari va turli chiqindilar bilan oziqlanishi 

tufayli  yer  yo`zining  ifloslanishiga  yo'l  qo'ymaydi.  Suv  hayvonlari  suvdagi  mayda  organizmlar 

va organik moddalar bilan oziqlanib suvni ifloslanishdan saqlaydi.  

   

Odamzod  hayotining  dastlabki  rivojlanishi,    hayvonot  dunyosi  bilan    mustahkam 



boglangan holda borgan. Turli arxeologik qazilmalar odamning rivojlanishi va hayotida turli xil 

hayvonlar katta o'rin to`tganligidan dalolat beradi.  Odamzod ibtidoiy rivojlanishi davrlarida turli 

xil  umurtqasizlar,  baliqlar  va  sut  emizuvchi  hayvonlarni  ovlab  hayot  kechirgan  bo'lsa, 

keyinchalik ba'zi sut emizuvchi hayvonlarni o'ziga o'rgatib, xonakilashtira borgan. F. Engelsning 

ko'rsatishicha  mazkur hodisa, ya'ni hayvonot mahsuloti (go'sht, hayvon oqsili) dan foydalanish 

insonning  shakllanishida  katta  ahamiyatga  ega  bo'lgan.  Shuning  uchun  ham    qadimgi  davr 




odamlarida  bir  qancha  hayvonlarning    to`zilishi,  hayoti,  hatto  ularning  o'zaro  munosabatlari  va 

hulq-atvori  to'g'risidagi  ma'lumotlar  to'plana  borganligi  aniqlangan.  Yovvoyi  hayvonlarning 

hayoti va fe'l atvori to'g'risida ma'lumot to'plana borishi ularni qo'lga o'rgatishga imqon bergan. 

Odamlar  dastlab  itlarni  qo'lga  o'rgatishgan.  Itlar  yovvoyi  hayvonlarni  ov  qilishda  odamlarga 

ko`maklashgan, ularning turar joylarini qo`riqlagan. Hayvonlardan ko`proq mahsulot olish uchun 

odamlar cho`chqa, qora mol va parrandalarni; yo`k tashish maqsadida ot, eshak, tuya va boshqa 

sut emizuvchilarni qo`lga o`rgatishgan.  

   


Fan  va  texnika  kuchli  taraqqiy  etgan  hozirgi  davrda  ham  odamzod  hayoti  hayvonot 

dunyosi  bilan  mustahkam  bog`langan.  Chunki,  hayvonlardan  oqsil,  yog`,  sut  va  boshqa  oziq-

ovqat mahsulotlari: mo`yna, jun, ipak tolasi, teri kabi qimmatli xom-ashyo va hatto bir necha xil 

dori-darmon  olinadi.  Bir  qancha  hayvonlar  (jumladan  hasharotlar)  o`rmon,  bog`  va  qishloq 

xo`jaligi  ekinlariga  katta  zarar  yetkazadi,  bir  qanchalari  insonda  yoki  xonaki  hayvonlarda 

parazitlik qilib, ularning salomatligiga zarar yetkazadi. Qon so`ruvchi hasharotlar, kanalar odam 

hayvonlarga tinchlik bermaydi. Burga, bit va chivin kabi hasharotlar o`lat, terlama, bezgak kabi 

kasalliklarni  odamlarda  o`rtasida  tarqatadi.  Parazit  hayvonlar  odamlarga  qadimdan  ma`lum 

bo`lgan. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (980 – 1037) o`zining “Tib qonunlari” asarida 

kasallik paydo qiladigan hayvonlardan saqlanish to`g`risida yozib qoldirgan. 

   

Xonaki  hayvonlar  insonlar  uchun  go`sht  va  sut,  sanoat  uchun  jun,  teri  va  pilla  beradi. 



Yovvoyi  hayvonlar  terisi  va  go`shti  uchun  ham  ovlanadi.  Qushlarning  pati,  so`t 

emizuvchilarning suyagi va shoxi yengil sanoat uchun xom ashyo hisoblanadi. Yovvoyi qushlar 

zararkunanda  hasharotlar,  sichqonlar,  kalamushlarni  qirib  insonga  foyda  keltiradi.  Asalarilar 

qimmatli  asal  berishi  bilan  birga  ekinlarni  changlantirib,  hosildorlikni  oshiradi.  Yirtqich  va 

parazit  hasharotlar  qishloq  xo`jaligi  zararkunandalarini  qirib,  ularning  sonini  cheklab  turishga 

yordam beradi. 

    

Keyingi  yillarda  qishloq  xo`jaligi  mahsulotlar  yetishtirishni  ko`paytirish  uchun  tabiiy 



o`tloqlar  va  o`rmonzorlar  buzilib  ekinzorlarga  aylantirildi,  ko`plab  sug`orish  inshootlari  va 

gidrostansiyalar  qurildi.  Bu  ishlar  hayvonlarning  yashash  muhitini  yomonlashuviga  yoki 

butunlay  bo`zilishiga  sabab  bo`ldi.  Inson  faoliyati  tufayli  yovvoyi  hayvonlar  soni  keskin 

kamayib,  ayrim  turlari  esa  butunlay  yo`qolib  ketmoqda.  Bir  qancha  hayvonlar  qimmatli  terisi 

yoki  mazzali  go`shti  uchun  vahshiyona  qirib  yuborildi.  Bu  hol  hayvonlar  va  ular  yashaydigan 

muhitni  muhofaza  qilishni  talab  etadi.  Bunday  tadbirlarni  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish 

uchun hayvonlarning to`zilishi, tarqalishi va hayoti to`g`risida bilimlarga ega bo`lish zarur. 

4.  Hayvonlarning  o'simliklarga  umumiy  o'xshashlik  jihatlari  –  hujayralardan  tashkil 

topgan,  hujayralar  to'qimalarni,  to'qimalar  organlarni,  organlar  sistemasini,  organlar  sistemasi 

organizmni hosil qiladi. (Hujayra – to'qima – organ – organlar sistemasi – organizm).  

Hujayralar  organoidlardan  tashkil  topgan  bo`lib,  kimyoviy  tarkibi  suv,  oqsil,  uglevod, 

yog` va boshqalardan tashkil topgan. Hujayralardagi  ko`pgina hayotiy jarayonlar ham  o`xshash 

bo`ladi. 

    


Hayvonlarning  o`simliklardan  farqi  esa:  hujayra  qobig`i  sellyulozadan  emas,  yupqa 

plastik  oqsilli  pardadan  iborat.  Hujayrada  xloroplastlar    (yashil  tanacha)  va  vakuolaalr 

bo`lmaydi.  Oziqlanish  usuli  esa  avtotrof  emas,  geterotrofdir.  Bundan  tashhari  hayotning 

harakatsiz (o`simliklar)  formasi emas, balki harakatli formasidir. 

  

Barcha  hayvon  va  o`simliklarning  tanasi  hujayralardan  tashkil  topgan.  Hujayralar 



nihoyatda  mayda  bo`lganligi  uchun  ularning  to`zilishi  to`g`isidagi  dastlabki  ma`lumotlar  faqat 

maxsus asbob mikroskop ixtiro etilgandan keyingina (XVII-XVIII asrlarda) vujudga keldi. 

XVIII asr oxirlarida hayvonlarning embrion hujayralarini tekshirgan olimlar Kaspar Volf 

va  Karl  Ber,  shuningdek,  XIX  asr  boshlarida  hujayra  yadrosi  (mag`zi)  to`zilishini  o`rgangan 

chexoslovakiyalik  olim  Purkenye  hujayra  nazariyasi  va  ta`limotining  vujudga  kelishga  katta 

hissa qo`shdilar. 




    

Turli  xil  mikroskopik  metodlar  bilan  tekshirilishi  asosida  hujayra  quyidagi:  sitoplazma, 

yadro, qobiq, hujayra markazi-sentrisoma, golji apparati va boshqa xil bir qancha organoidlardan 

tuzilganligi  aniqlandi.  Shu  bilan  birga  hujayrada  bir  qancha  organik  va  anorganik  moddalar: 

oqsillar, uglevodlar, yog`, suv va mineral  to`zlar ham borligi isbotlandi. 

    


So`nggi  yillarda  elektron  mikroskoplar  vositasida    hujayralarning  to`zilishi  va  undagi 

muhim organoidlar va hayotiy yo`nalishlar tomoman yangi bioximiyaviy, biofizikaviy yo`llar va 

boshqa murakkab metodlar asosida o`rganila boshlandi.  

    


Bir-biriga o`xshash tuzilgan va bir xil vazifani  bajaradigan hujayralar to`qimalarni  hosil 

qiladi. Hayvon organizmi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to`qimalardan tashkil topgan. 

    


Download 202.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling