Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
I. Salomlashish. Jurnal to`ldirish. Kompyuterlarni ishga tayyorlash. Darsliklarni tekshirish. Davomatni aniqlash.
II. 1. Elektron jadvalning asosiy vazifasi?. 2. Yacheyka nima? . 3. Excelda formula qanday belgidan keyin yoziladi? 4. Absolut va nisbiy murojaat nima?
III. Yangi mavzu bayoni: Avvalgi darslarda matematik amallar bajarishga oid qisqacha ma'lumotlar oldingiz. Excel elektron jadvali ishlashini quyidagi mashqlar yordamida ko'rib chiqamiz.
Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to'plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to'plamida 400 dan ortiq funksiya bo'lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga boiinadi.
Funksiyalarni formulalarda qoilanilishining umumiy qoidasi quyi-dagilardan iborat:
har bir funksiya boshqa takrorlanmaydigan o'z nomiga ega;
funksiyalarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro'yxati yoziladi.
Excel elektron jadvalidagi matematik funksiyalarning asosiylari bilan tanishamiz:
ABS(son) - sonning absolyut qiymati.
SIN(son) - radian o'lchov birligidagi songa mos burchakning sinusi (COS, TAN).
ASIN(son) - sinusi songa mos bo'lgan burchak (ACOS, ATAN).
EXP(son) - e (e=2,718282) ning songa mos darajasi. LN(son) - sonning natural logarifmi.
KOPEHЬ(son) - sonning kvadrat ildizi.
OCTAT(son; bo'luvchi) - sonni bo'luvchiga bo'lgandagi qoldiq.
CTEПEHЬ(son; daraja ko'rsatkichi) - sonni darajaga ko'taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |