Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Download 116.37 Kb.
bet34/53
Sana28.03.2023
Hajmi116.37 Kb.
#1302356
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
Bog'liq
8 sinf

IV. Darsni mustahkamlash: kompyuterda Escel dasturini o`rganish;
V. Uyga vazifa: savol-javob.
Maktab rahbarining o'quv-tarbiya ishlar bo'yicha o'rinbosari _________________ (imzo)
Sinf: 8 V
Sana: ________ 201 yil
Mavzu: Elektron jadvalning elementlari
Maqsad: Talimiy: O`quvchilarga elektron jadvallar, ularning elementlari haqida ma’lumot berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va uning ahamiyatini tahlil qilishga yo`naltirish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning kompyuterlardan foydalanish bo`yicha bilim va tasavvurlarini kengaytirish va kerakli ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish.
Ko`rgazmali qurol: darslik, kompyuter, jadval. MS Excel dasturi.
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifani tekshirish. (15 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (5 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
I. Salomlashish. Jurnal to`ldirish. Kompyuterlarni ishga tayyorlash. Darsliklarni tekshirish. Davomatni aniqlash.
II. O`tilganlarni mustahkamlash. 1. Elektron jadvalning asosiy vazifasi?. 2. Excel dasturining ishchi oynasi qanday qismlardan iborat? . 3. Excel dasturidagi ustun va satr qanday belgilanadi va ularning soni?
III. Yangi mavzu bayoni:Avvalgi darsda aytib o'tilganidek elektron jadvallar ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval bo'lib, satr va ustun kesishmasi katakcha (yoki yacheyka) deb ataladi.
Katakcha quyidagi xossalarga egabo'lishi mumkin: fon turi va rangi; shrift turi, o'lchami va rangi; tekislash turi; son turi; matn yo'nalishi turi; himoya; chegara turi, rangi va o'tkazilish joyi.
Har bir katakcha ustun va satrning tartibidan kelib chiqqan holda o'zining adresi (o'rni)ga ega bo'ladi. Masalan, Al, X2, A3, T4, AZ1963, ... . Jadvaldagi ajratilgan (hoshiyali) katakcha joriy katakcha deyiladi. Elektron jadvallarda yana katakchalar bloki tushunchasi bo'lib, u jadvaldagi katakchalardan iborat ixtiyoriy to'rtburchak yoki to'rt-burchaklar to'plamidir. Masalan, A5:B7 - bloki A5, A6, A7, B5, B6, B7 katakchalarni, M3:M8 - bloki M3, M4, MS, M6, M7, M8 katakchalarni o'z ichiga oladi. Elektron jadvallarda bir katakchadan boshqa joyga murojaat qilish mumkin. Murojaat - bu formula yozishda qo'llanilayotgan katakcha, satr yoki ustun yoxud katakchalar blokining (shu varaqdagi, boshqa varaqdagi, boshqa kitobdagi) adresidir. Elektron jadvallarda ikki xil: nisbiy va absolyujmurojaat qo'llaniladi. Shuni yodda tutingki, murojaat boshqa fayl yoki varaqda ham bo'lishi mumkin. Nisbiy murojaatda formula nusxasidagi katakchalar adreslari nusxa joylashtirilayotgan katakchaga mos holda o'zgaradi. Masalan, A2 katakchadagi Al + B4 yig'indining A3 katakchaga nusxasi A2 + B5, A7 katakchaga nusxasi A6 + B9, F17 katakchaga nusxasi D16 + E19 kabi o'zgarib joylashadi.

Download 116.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling