misol. Ikki noma'lumli ikkita tenglamalar sistemasini grafik usulda yeching.
Yechish. Berilgan tenglamalar sistemasini quyidagi ko'rinishga keltirib olamiz.
Demak, tenglamalar sistemasining yechimi ikkita to'g'ri chiziqning kesishgan nuqtasi bo'lar ekan. Bu to'g'ri chiziqlarning kesishish nuqtasi qaysi oraliqda bo'lishi noma'lum bo'lgani uchun A ustunda x ning qiymatini -100 dan 0 gacha 10 qadam bilan hosil qilib olamiz. Awalgi darsda to'g'ri chiziq grafigini hosil qilgan edik. Shu kabi B va C ustunlarda x ning tanlangan qiymatlariga mos 1- funksiya va 2- funksiyaning qiymatlarini aniqlaymiz. Hosil bo'lgan qiymatlar asosida nuqtali grafik tuzib, kesishish nuqtasi borligini va x ning qiymati -10 dan katta ekanligini ko'ramiz.
Endi A ustundagi x ning qiymatini -10 dan 10 gacha 2 qadam bilan hosil qilib olamiz. Grafiklar ham mos ravishda o'zgaradi.
Grafiklardan ko'rinadiki, kesishish nuqtasida x ning qiymati 0 dan katta va 5 dan kichik ekan. Bundan A ustundagi x ning qiymatini 0 dan 5 gacha 0,5 qadam bilan hosil qilib, yangi grafiklarga ega bo'lamiz.
Demak, kesishish nuqtasida x ning qiymati 1 dan katta va 2 dan kichik. Shu tariqa oraliqni va qadamlarni kichraytirib borib, quyidagi natijaviy grafiklarga ega bo'lamiz. To'g'ri chiziqlar grafiklari kesishish nuqtasi aniqroq ko'rinishi uchun quyidagicha tahrirlashni amalga oshirdik:
a)afsonani olib tashladik;
b) diagrammalarning standart turidan Nuqtali (Точечная) turi o'rniga Grafik (График) turini tanladik. Javob: (1,25; 3,75).
IV. Gistogramma orqali qanday ma'lumotlarni taqqoslash qulay?
Grafik orqali qanday ma'lumotlar aks ettiriladi?
Qanday masala yechimlari doiraviy diagramma yordamida ko'rsatiladi?
Tahrirlashda diagrammaning qanday xususiyatlari o'zgartiriladi?
Diagramma o'lchamlari qanday o'zgartiriladi?
V. Uyga vazifa: o`qib kelish.
Maktab rahbarining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o'rinbosari ______________________ (imzo)
Sinf: ________
Sana: _______201 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |