Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


ILK CHILLA DAVRIDA (TUG‘RUQDAN KEYINGI DASTLABKI SOATLARDA) QON KETISHI


Download 7.77 Mb.
bet21/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1507648726 69262

ILK CHILLA DAVRIDA (TUG‘RUQDAN KEYINGI DASTLABKI SOATLARDA) QON KETISHI
Yo‘ldosh tushish davrida qon ketishi kabi, yo‘ldosh tushgandan keyin qon ketishi ham akusherlik patologiyasining ko‘p uchraydigan turiga kiradi.
T ug‘ruqdan keyingi dastlabki soatlarda (ilk chilla davrida) qon ketishi quyidagi sabablarga bog‘liq: platsenta qismlarining bachadonda ushlanib qolishi, bachadon gipotoniyasi va atoniyasi, tug‘ruq yo‘llaridagi yumshoq to‘qimalarning yirtilishi, qon ivish tizimining buzilishi va boshqalar.
Profilaktikasi. Yo‘ldosh tushish davrini to‘g‘ri boshqarish, tushgan yo‘ldoshni sinchiklab ko‘zdan kechirish va tug‘ruq yo‘llarining yumshoq to‘qimalarini shikast lanishdan saqlash kerak. Akusher gipotonik qon oqish ehtimolini (infantil izm, qog‘onoq suvining ko‘pligi, egiz homiladorlik, fibromioma va hokazo) oldindan

45-pasm. Bachadon bo’shlig’ini qo‘lda tekshirish.

ko‘rishi va oqayotgan qonni to‘xtatishga hamda kamqonlikka qarshi kurash uchun zarur narsalarning hammasini oldindan

tayyorlab qo‘yish kerak.
Davosi. Qon ketishga qarshi kurashning muvaffaqiyati shu dahshatli hodisaning sababini bartaraf etishga bog‘liq. Bachadon bo‘yni, qin yoki tashqi jinsiy organlarning yirtilganligi qon ketish manbai bo‘lsa, yirtiqni choklash kerak. Platsentaning bir qismi bachadonda ushlanib qolgani sababli qon ketayotgan bo‘lsa, bachadon darhol qo‘lda tekshirilib, platsentaning ushlanib qolgan qismi olib tashlanadi. Gipotonik qon ketishda bachadon tonusini va qisqaruvchanligini oshirish choralari ko‘riladi.
Platsenta qismlari bachadonda ushlanib qolganda, shuningdek, platsentaning butun ligiga shubha tug‘ilganda bachadon qo‘lda tekshiriladi (45-rasm).
GIPOTONIK VA ATONIK QON KETISHIGA QARSHI KURASH CHORALARI

  1. Qovuq bo‘shatiladi. bachadon qorin devori orqali uqalanadi; qo‘l bachadon tubiga qo‘yilib, uqalangansimon yengil doiraviy harakatlar qilinadi (qo‘pol harakat qilish natija bermaydi). Uqalash ta’sirida bachadon qisqaradi va konsistensiyasi zich bo‘lib qoladi.

Bachadondan qon laxtalari surib chiqariladi. Uqalash bilan barovar 0,05% li ergotal eritmasidan 1 ml yoki 0,02% li metilergometrindan 0,5–1 ml, bu ham bo‘lmasa oksitosin (5–8 birligi 500 ml 5%li glyukoza bilan) venaga yuboriladi.
Qorinning pastiga muzli xalta qo‘yiladi.
Bachadon gipotoniyasi unchalik rivojlangan bo‘lmasa, qon ketishini to‘xtatish uchun ko‘rilgan choralar kifoya qiladi.

  1. Qon ketishi to‘xtamasa bachadonga qon kelishini kamaytirish yoki vaqtincha to‘xtatish usullari qo‘llaniladi. Bachadon qonsizlanishi tufayli qisqaradi.

Piskachek usuli. Bachadonning pastki segmenti chap qo‘lda ushlanib qisiladi (bosh barmoq bir tomondan, to‘rt barmoq ikkinchi tomondan qo‘yiladi), shu payt bachadon arteriyalari va venalari qisilib, puchayadi. Ayni vaqtda bachadon tubi o‘ng qo‘lda uqalanadi.

Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling