Mavzu: Hozirgi davrda chizmalar chizishning takomillashib borishi chizma geometriyani o‘rganish, rivojlantirish uchun nimalar qilish mumkinligi haqida


Download 1.09 Mb.
bet5/5
Sana08.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1253321
1   2   3   4   5
Bog'liq
Guliraʼno taqdimot

BERUNIY (973—1048)

Beruniy (to’liq ismi — Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad). U o’rta asrning buyuk qomuschi olimi. U Xorazm o’lkasining Kiyot shahrida tug’ilgan. Kiyot Amudaryoning o’ng qirg’og’i — hozirgi Beruniy shahring o’rnida bo’lgan. U yaqin vaqtlargacha Shabboz deb atalgan.

ABU RAYHON BERUNIY

Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning ba’zi masalalari bilan shug’ullandi. Minerallarni aniqlash, ularni sistemaga solishda solishtirma og’irliklardan foydalanish g’oyasi ham shu davrda tug’ildi.

BERUNIYNING GEOMETRIYAGA QO’SHGAN XISSASI VA ASARLARI

Beruniyning geometriyaga va fanning boshqa sohalariga qo’shgan xissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asarlardan ham ko’rish mumkin. Ulardan eng yiriklari — “Hindiston”, “Yodgorliklar”, “Kununi Ma’sudiy”, “Geodeziya”, “Minerologiya” va “Astronomiya”.

Qolganlarini esa quyidagicha taqsimlash mumkin; matematika — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, minerologiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima qilingan asarlar — 21 ta.

Afsuski, Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.

IBN SINO (980—1037)

Abu Abdulloh al-Husayin ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali. 980-yil Afshona qishlogida dunyoga keladi. 1037-yilda Eronning Xamadon shahrida vafot etadi.

Ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga qo’shgan o’rta osiyolik buyuk qomusiy olim. G’arbda Avitsena nomi bilan mashxur.

IBN SINONING ILM FANGA QO’SHGAN XISSASI

Ibn Sino asosan tibbiyot sohasida iznagan va ijod qilgan va tibbiyot sohasiga oid 30 dan ortiq asarlari yetib kelgan. Bu sohadagi eng mashhur asarlaridan biri “Tib qonunlari” va “Urjuza”. Shuningdek falsafada ham o’z zamonasining yetuk olimlaridan biri bo’lgan. Falsafa to’g’risida yozgan eng mashhur asari “Aksom al-ulum al-aqliya” ya’ni aqliy ilmlar tasnifi nomli asari.

Shu bilan birgalikda Ibn Sino nazariy falsafani 3 ga bo’ladi. Ular;

  • Quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik (tib, kime, astrologiya);
  • O’rta darajadagi ilm — matematika (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa);
  • Oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot).

EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling