Mavzu. Hozirgi davrda g‘arb va sharq xalqlari ma’naviyatini uyg‘unlashtirish muammolari reja


Me’morchilik va tasviriy san’at yuksalishi


Download 40.25 Kb.
bet4/6
Sana25.01.2023
Hajmi40.25 Kb.
#1121480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xushnud kurs ishi

4.Me’morchilik va tasviriy san’at yuksalishi.
Biz ko’zdan kechirayotgan asrlarda Sharqda ilm-fan va madaniyatning yuksak darajada ravnaq topganligi ayni chog’da boshqa sohalarda, xususan me’morchilik hamda tasviriy san’atda ham o’z ifodasini topdi. Bunda ko’p jihatdan bu davrda o’lka hududlarida hukm surgan tinchlik, osoyishtalikning sharofati ham katta bo’ldi. Shu davrda mahalliy hukmdorlarning sa’y-harakatlari tufayli shaharlarda noyob tarixiy obidalar, hashamatli binolar, ilmiy-madaniy maskanlar, kutubxonalar, masjidu-madrasalar qad ko’tardi. Ayniqsa xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar tomonidan yurt dovrug’ini olamga tanitgan, ajoyib me’morchilik obidalari, tasviriy san’at namunalari yaratildi. Bu davr shaharsozligida xom g’ishtlar va paxsalardan keng foydalanilgan. Ularni shinamligi va ko’rinishini yanada ko’rkamlashtirishda ohakli qorishmalar ishlatilib, gajakdor qilib ishlov berilgan. qurilgan ayrim masjidlarning mehroblari esa silliqlangan g’ishtlar, o’yma ganchlar va hatto tillo suvlari bilan ham bezatilgan. Har bir shahar markazlarida kitob do’konlari, madaniy mollar bo’lishiga alohida e’tibor berilgan.
O’rta Osiyo Uyg’onish davrining yirik me’moriy obidalari sirasiga Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi (Х asr), Samarqand yaqinidagi Тim qishlog’idagi Arab ota maqbarasi (977-978), Uzun (Surxondaryo) tumanidagi Хo’ja Naxshron maqbarasi (IХ-Х asr), Namozgoh, Marvdagi Sulton Sanjar (ХI asr), O’zgandagi qoraxoniylar maqbarasi, G’azna yaqinidagi marmar qotishmalardan tiklangan g’aznaviylar yozgi saroyi, Buxorodagi Minorai Kalon (1127), Vobkent minorasi (1192), Jarqo’rg’on minoralari va boshqa ko’rkam me’morchilik inshoatlarini nisbat berish mumkin. Bu davrda me’moriy binolardan tashqari yo’nilgan g’isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli-xil o’lchamli, g’oyat puxta ishlangan inshootlar, suv omborlari - bandlar, novlar, ko’priklar, sardobalar va korizlar qurilgan.
Х asrdan boshlab binokorlikda sinchli imoratlar qurilishi keng tarqalgan. Yakkasinch va qo’shsinchli binolar asosan yog’ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g’isht yoki guvalalar bilan urib chiqilib, somon loylar yoki qumli loylar bilan suvalgan. Bunday qurilma imoratlar ХII asrda ham shahar me’morchiligida asosiy o’rinni egallagan hamda zilzila silkinishlariga o’ta chidamli bo’lgan. Ajdodlarimizning Uyg’onish davri me’morchiligi sohasidagi bunyodkorliklari bugunga qadar ham saqlanib qolingan. Ushbu tarixiy ma’lumotlarni olimlarimiz Afrosyob, Varaxsha, Buxoro, Poykand va boshqa shaharlar xarobalari misolida ham tadqiq etadilar. 
Sharqiy o’lkalarda IХ-ХII asrlarda me’morchilik bilan birga tasviriy san’at, naqqoshlik, sopol ishlash va ganch san’ati ham ancha rivoj topib borgan. Imoratlarni o’ymakor ustun va to’sinlar bilan, devorlarni esa bo’yoqli yoki ganchkorlik naqshlari bilan bezash keng tarqalgan. Bunga misol qilib, Zarafshonning yuqori oqimidagi Oburdom degan manzilda Х asrda barpo etilgan naqshinkor bino namunasini ko’rsatish mumkin. Inshootda o’ziga xos yangilik, go’zallik, ya’ni mahalliy an’ana, badiiy shakl ko’zga yaqqol tashlanadi. Shuningdek, ХІ-ХІІ asrlarga tegishli Samarqand bilan Buxoro oralig’ida bunyod etilgan Raboti Malik karvonsaroyi peshtoqiga ishlangan ganch o’ymakorligi ham tahsinga loyiqdir. Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o’z navbatida kulolchilik, misgarlik va zargarlikning rivojlanishiga ham turtki bo’ldi. Samarqand, Buxoro, Тoshkent va boshqa shaharlar ushbu sohalarda rivoj topgan markazga aylandi. Bu davrda ishlangan sopol buyumlar nihoyatda chidamli bo’lib, shahar va qishloq aholisining kundalik hayotiga kirib borgan, shuningdek, bu mahsulotlar chet mamlakatlariga ham chiqarilgan. Kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni esa butun boshli ishlab chiqarish jarayonlarini o’ziga qamrab olgan. Shu bilan birga bu davrda kumush, mis, bronzadan naqshinkor badiiy san’at buyumlari, chiroyli va bejirim idish-tovoqlar, qadahlar yasash ham rasm bo’lgan va ularning ko’rinishlari san’atkarona tarzda ustamonlik bilan bezatilgan. Bu sohada Samarqand, Farg’ona, Тoshkent, Хorazm, Naxshob, Kesh shaharlarining o’ziga xos maxsus maktablari faoliyat ko’rsatgan. Bunday jarayonlarning rivojlanishi xattotlik san’atining ham keng yoyilishiga bois bo’ldi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo’lyozma kitoblardan nusxalar hattotlar tomonidan qo’lda ko’chirilishi sabab xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Usta xattotlar va husnixat egalari o’z san’atlarini kitoblar bezash, masjid, madrasa xonaqolarning peshtoqlari, gumbazlari, eshiklari va devor ustunlariga har xil oyatlar yozish, saroylarda xonlar, amirlar, sultonlar va hokimlar sha’niga madhiyalar bitish kabi ishlarda namoyon etganlar, ularning mehnatlari esa juda qadrlangan.
Shu narsa diqqatga sazovorki, Uyg’onish davriga xos me’morchilik va unda ishlangan me’moriy naqsh uslublari o’z navbatida ajdodlarimizning hayotda ijodkor va bunyodkor bo’lganligini to’la tasdiq etadi. Ularning yaratgan noyob ishlari san’at asarining durdonalari sifatida hozirga qadar ham ajdodu avlodlar e’zozu hurmatiga sazovor bo’lib kelmoqda. Biz avlodlar o’tmishda Vatanimiz hududida shunday qo’li gul, yuksak yaratuvchilik salohiyatiga ega bo’lgan, xalqimiz va madaniyatimizni dunyoga tanitgan bunday ulug’ ajdodlarimiz bilan xaqli ravishda faxrlana olamiz. Xalqimizning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari tarixiga doir ma’lumotlar, dalillar hamda tahlillar Sharq, xususan, Markaziy Osiyo IX—XII, XIV—XV asrlarda kuchli ijtimoiy-siyosiy yuksalishni boshidan kechirganligini ko'rsatadi. Biroq shu qadar yuksak sivilizatsiyani boshdan kechirgan mintaqamiz va millatimiz XVII—XIX asrlar mobaynida tanazzulga yuz tutgani va Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylangani ijtimoiy fanlar, jumladan, siyosatshunoslik nuqtayi nazaridan o ‘rganilishi zarur bo‘lgan masalalardandir. 0 ‘zbek milliy mustaqil davlatchiligini yanada mustahkamlashda siyosiy tariximizdan bunday murakkab savollarga javob topish katta nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki xalq, millat va davlatning taqdirida faqatgina moddiy boyliklar emas, balki ma’naviy kuch-qudrat va salohiyat ham ko‘p narsani hal qiladi.
XVII—XIX asrlar mobaynida Markaziy Osiyo mintaqasida bir-biriga zid omillar, jarayonlar o ‘rtasidagi nomutanosiblikning keskinlashganini, kuchayganligini kuzatish mumkin. Ularni tizimni tuzuvchi va buzuvchi jarayonlar deb nomlash mumkin. Jumladan, Amir Temur va temuriylar hukmronligidan so‘ng tinchlik, barqarorlik, fuqaroviy hamjihatlikka intilish, jamiyatni boshqarishda taraqqiyotni ta’minlovchi qadriyatlar, davlatchilik tajribasi, Vatan shon-shuhrati uchun qayg‘ura olish kabi tizimni barqarorlashtiruvchi jarayonlar birin-ketin barbod bo‘lgan. Sekin-asta ular o ‘m ini vayron qiluvchi quyidagi omillar egalladi: 1) mahalliy xalq o ‘rtasidagi parokandalik; 2) qabilachilik va urug‘chilik kayfiyatining kuchayishi bois yagona xalqning bir-biriga yovlashishi; 3) birodarkushlik mojarolari (o ‘zbek xonliklari, qolaversa, markaz hamda bekliklar o ‘rtasida ro‘y bergan qonli to‘qnashuvlar); 4) siyosiy, hududiy-madaniy yaxlitlikni saqlab qolishga qodir kuchlaming mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lgani (Bobur va uning maslakdoshlari, Abdumalik to ‘ra' va boshqalaming qismati) va hokazolar. Natijada, mamlakatimiz tarixidagi so‘nggi 400 yil mobaynida yo‘qotilgan ko‘pgina qadriyatlarimiz oqibatlari xalqimiz mentalitetida jiddiy asoratlar qoldirdi. So‘z va ish birligi buzildi. Milliy birlikka, milliy vijdon va vataniy axloqqa2 da’vat etish borasida jiddiy amaliy harakatlar izchil olib borilmaganligi, faqat etnik, sulolaviy va hududiy birlashish bilan qanoat qilish, Vatan va millat manfaatlarini tor shaxsiy manfaatlarga almashtirib yuborish kabi noxush jarayonlar kuchaydi. Hokimiyatga kelgan yangi, ammo taraqqiyot uchun yaroqsiz kuchlar — xonlar sulolalari xalq ehtiyojlari, fuqarolaming hayotiy m anfaatlarini his etish va ifodalashga zaiflik qilganlar. Mahalliychilik va mintaqaviy mojarolar girdobiga tushib qolgan mamlakat Buxoro amirligi, Xiva va Q o‘qon xonliklariga bo‘linib ketgan. Shaxsiy va urug‘chilik manfaatlarining ustuvor ahamiyat kasb etishi mamlakatda boshboshdoqlikni keltirib chiqardi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy jarayonlardagi noxushlikning oldini olish, bunyodkorlikka erishish Sharq dunyosi sharoitida ko‘pgina hollarda xalq va Vatan taqdiri uchun butun mas’uliyatni o ‘z zimmasiga oladigan fidoyi yetakchining hokimiyat tepasiga kelishiga, uning kuchli irodasiga bog‘liq bo‘lgan. Biroq mahalliychilikka berilgan har uchala xonlik davrida Markaziy Osiyoda bunday yetakchi hokimiyat shakllanmadi. Aksincha, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari ham tashqi, ham ichki manfaatlarga erishish uchun bir-biriga qarama-qarshi davlatlar va davlatlararo guruhlar bilan til biriktirdilar. Masalan, Buxoro amirligi tashqi siyosatida Eronga moyillik, Xiva xonligi siyosatida esa ko'proq Rossiyaga suyanish tamoyili sezildi. Buning oqibatida ichki parokandalik, ittifoqchilikni mustahkamlash o ‘rniga najotni chetdan izlash istagi ustun keldi. Bu hoi esa mustamlakachi davlatlarning bosqinchilik istaklariga qo‘l keldi. Ma’naviy hushyorlik sezgisi zaiflashib, oxir-oqibatda millatimiz tarixida uch asrdan ziyodroq davom etgan inqirozga olib keldi. Markaziy Osiyoda ro‘y bergan bu tanazzul G ‘arb davlatlari tashqi siyosatida XVII asr boshlaridan kuchayib borgan istilochilik yurishlari bois yanada chuqurlashdi. G ‘arbda Sharq mamlakatlariga nisbatan ustuvor yevropatsentrizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, mustamlakachilik va umumbashariy hakamlik sari intilish bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyaviy-siyosiy amaliyot shakllandi. Pirovardida har ikki sivilizatsiyaga mansub xalqlar, mamlakatlar o ‘rtasidagi ma’rifiy munosabat zaiflashdi. Oxir-oqibatda Markaziy Osiyo hududi jahon siyosatining chekka, ikkinchi darajali obektiga aylandi, siyosiy-ma’muriy tizim sifatida o ‘z nufuzini yo‘qotdi. Qariyb uch asr davom etgan siyosiy inqiroz va o ‘zaro nizolar oqibatida mintaqamiz xalqlari bir yuz o ‘ttiz yillik siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy qaramlikka duchor bo'lishdi. Bu davrda Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy tafakkuri, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayoti qanday jarayonlar ta’sirida kechganini o ‘rganishda o ‘sha zamonlaming bevosita shohidi bo‘lgan olim-u fuzalolar merosini o ‘rganish katta ahamiyat kasb etadi.
XVI-XIX asrlar O’rta Osiyo hayotida murakkab va keskin burilish davri bo’ldi. Uning murakkabligi avvalo, Amir Temur imperiyasining parchalanishi hamda vorislar o’rtasidagi nizolar bilan bog’liqdir. Doimiy ixtiloflar maydoniga aylanib qolgan Movarounnaqr Shayboniyxon lashkarlari tomonidan bosib olinadi. Yurtda egasizlik, boshboshdoqlik qukm suradi. Mana shunday sharoitda haqiqiy ilm o’rnini diniy aqidaviy qarashlar egallaydi. Natijada aniq va tabiiy fanlar quvqunga uchraydi, ayniqsa matematika va astronomiya orqada qoladi. Buning oqibatida ilm-fan rivojining darajasi keskin pasayib ketadi. Ayni paytda bu davr oldingi mutafakkirlarning ilqor g’oyalarining o’zaro faol taosiri zaiflashuvi bilan xarakterlanadi. Din bevosita davlat siyosatining asosiga, hokimiyat uning raqnomalari qo’lida manfaatlarini niqoblovchi mafkuraga aylanadi. Natijada jamiyatda diniy tazyiq kuchayadi. har qanday ijodiy qur fikr taoqibga olinadi. Shunga qaramay O’rta Osiyoda ijtimoiy fikr, falsafa, adabiyot, tarix, musiqa fanlari, meomorchilik, tasviriy sanoat rivojlandi, qator madrasa va machitlar qurildi. Jumladan, Ibn MuHammad Yusuf Al-qoraboqiy, MuHammad Sharif, Mashrab va So’fi Olloyor, Nodira, Uvaysiy, Dilshod, Komil Xorazmiy, Avaz O’tar, Bedil, Fuzuliy, Aqmad Donish, Muhimiy, Ogaqiy, Furqat, Mulla Olim Maqdum qoji ijodiyotida ilqor ijtimoiy g’oyalar yaratiladi. Ehtirofli jihati shundaki, shu davr ijodkorlari qaysi sohada ijod qilmasin, shaxs va ziyoliylikka xos qudratda ularning asosiy diqqati xalq va uning turmush dardi bilan bevosita bog’liq bo’lganligiga amin bo’lamiz. Mullo Olim Maqdum qoji «Tarixi Turkiston» asarida shunday deydi. «Turkiston xonlari vaqtidagi musulmoniyalar nig’oyat darajada aqvoli olamidin xabarsiz bo’ldilar. Zolim qakamlarga rost va to’g’ri so’zni aytadurqonlar qolmay, zolimlar uchun besh-o’n tillo badaliga ertadan kechgacha xushomad so’zlar aytib, alar qanday so’z aytsa, maoqul deydurqonlar bo’lqon edilar. Ilmu maorifda bo’lsa Turkistonda o’tgan Ibn Sino, Forobiy, Ulug’bek, Aliqushchi o’rniga o’lturg’on olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va riyokorlikga tabdil bo’lub, jaql balosiqa mubtalo bo’lqon edilar. qakam va ulug’larimiz fuqarolardin o’z joyiqa va masrafiqa sarf qilmay, o’z xohishlariqa xarj va sarf qilar edi. qukumat ishida mutlaqo muntazam qoida va qonun yo’q edi. Fuqarolar olarning o’z molidek hisob qilinur edi». Mavjud manbalar milliy davlatchilik tariximizni tanazzulga tortgan siyosiy kurashlar va o’zaro ixtiloflarning sabablarini o’rganish, undan saboqlar chiharish imkoniyatlarini beradi.

Download 40.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling