Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi
30
Xulosa Men bu kurs ishi mavzusini o’rganish davomida shunday xulosaga keldimki, Olloh taolo tomonidan yaratilgan barcha mavjudotlarning gultoji hisoblangan odamzot o’zining hozirgi zamonaviy qiyofaga kelguniga qadar uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tgan va nihoyat Paleolitning so’nggi bosqichiga kelib, miloddan avvalgi 40-12 ming yillik oraligída zamonaviy ko’rinishda aks etgan. Shunday savol tugílishi mumkin, hozirgi zamonaviy qiyofadagi odamlarning ajdodlari kim?, ular qay tarzda shakllangan?. Hozirgi paytda odamzotni paydo bo’lishi masalasida biz ikki xil nazariyani ilgari surishimiz mumkin: birinchisi diniy, ikkinchisi ilmiy. Diniy nuqtai nazardan odamzot, Odamato va Momohavodan tarqagan bo’lsa, ilmiy nuqtai nazardan odamzot qadimgi odamsifat maymunlardan tarqagan. Xulosa qilib aytganda, biz faqatgina diniy tomondan yondoshmasdan, ilmiy tomondan ham tahlil qiladigan bo’lsak, odamzotni qadimgi odamsifat maymunlardan tarqagan ekanligiga shubha yo’q. Chunki, odamzotning qadimgi maymunlardan tarqaganligiga , suyak qolodiqlari, mehant qurollari va joy makonlarining topilishi bunga dalil bo’la oladi. Qadimgi maymunlarning morfologiyasi va ularning sekin –asta iqlimga moslashib, o’z mehnatlari orqali hayvonot olamidan ajralib, hozirgi zamonaviy inson qiyofasini shakllantirganligi fikrimizning dalilidir.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling