Mavzu: Hujayra bo'linishining norasmiy tiplari va biologik ahamiyati. Kamalova Mavluda 302 huruj kimyo
Download 24.98 Kb.
|
gentichujayr
Bu jarayon hujayraning butun faoliyati davomida ro’y beradi.shularning hammasi G dan chiqqan interfazadagi hujayrada kechadi. Hujayradagi biosintetik jarayonlar a’zo yoki organizm uchun zarur moddalar ishlab chiqarishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham buni geterosintetik interfaza deb ham ataladi. Bunday hujayralarning hayot sikli odatda u hujayraning fiziologik o’limi bilan yakunlanadi. Ayrim hollarda masalan bir a’zo jarohatlansa shu interfaza holatidagi ayrim hajayralar qaytadan G holatiga, so’ng S davriga o’tishi va nihoyat jarohatlanish oqibatida yo’qotilgan hujayra sonini tiklash uchun qayta mitozga uchrashi mumkin. Demak, bunday hujayralarda hayotiy sikl mitoz bo’linish bilan yakunlanadi.Profazada xromasomalarning kondensasia bo’lishi va mitotik apparatning shakllanishi kuzatiladi.Xromasomalar kattalashadi va yo’g’onlashadi. Xromasomalarning kattalashishi va yo’g’onlashishi bilan birga xromatidolar ,sentromerlar deb ataluvchi ma’lum bulmalari bilan birlashadi. Profaza oxirida xromasomalar bo’linayotgan yadroni ekvatorial yuzasida joylashib, bo’linish dukchasini hosil qila boshlaydi. Yorug’likdan foydalanib ishlatiladigan mikroskoplar orqali bo’linishga kirishayotgan hujayralarni ko’rganda profazani boshlanishida xromasomalar yadroga tashlab qo’yilgan uzun iplar ko’rinishida bo’ladi.Keyin ip yo’g’onlashganligi tufayli kattalashadi, ma’lum tartibda joylasha boshlaydi. Bu vaqtda endi xromasomalar bitta emas ikkita o’zaro chalkashgan xromatidlar deb ataladigan iplar dan iborat bo’ladi.
Download 24.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling