Mavzu: Hujayra evolyutsiyasi,rivojlanishi va tarixi
Download 0.76 Mb.
|
hujayra evolyutsiyasirivojlanishi va (1)
Hujayra nazariyasi biologiya fanining rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Bu nazariya tufayli organizmlar bir xil morfologik asosga ega ekanligi isbotlandi. Hayotiy hodisalarni umumbiologik nuqtai-nazardan tushuntirishga imkon yaratildi.
Murakkab tuzilishga ega boigan odam tanasida yurak, jigar va boshqa ma’lum vazifalarni bajaruvchi organlar bo’lgani kabi, hujayrada ham turli xil vazifalarni bajaruvchi strukturalar mavjud. Bular organoid yoki organeila (kichik organoid) deb ataladi. Barcha tirik organizmlar hujayraning tuzilishiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’linadi: yadrosiz organizmlar — prokariotlar (tub ma’nosi yadrogacha-«pro»-gacha, «kario»-yadro) va «yadrolilar»-eukariotlar (“Eu”-haqiqiy, “kario”-yadro). Prokariotlar guruhiga barcha bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari (sianobakteriyalar), eukariotlar guruhiga esa zamburug’lar, o’simlik va hayvonlar kiradi. Shunday qilib, hozirgi davrda hujayralar tuzilishiga ko’ra ikkita sohaga ajratilgan va tegishli ravishda ikki yirik guruh: prokariot va eukariotlar deb ataladi.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling