Mavzu: Hujayra morfogistologiyasi


Download 3.13 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi3.13 Kb.
#1775921
Bog'liq
Sheraliyev Farrux


Mavzu: Hujayra morfogistologiyasi
Mikroskopning kichik obyektivi yordamida surtmaning qon hujayralari siyrakroq joylashgan joyi topiladi. Kichik obyektivda ko'pdan-ko'p eritrositlar ko'rinib , ular och qizil rangga bo'yalganligi va markazida qoramtir nuqtacha shaklida joylashgan o'zagi borligi bilan ajralib turadi. Tanlangan joy katta obyektiv yordamida o'rganiladi.
Baqaning eritrositlari o'z shakli va o'zagi mavjudligi bilan sut emizuvchi hayvonlarnikidan keskin farq qiladi. Shuningdek baqa eritrotsitlari bir-biridan shaklining (poykilositoz) va katta-kichikligining (anizositoz) biroz farq qilishi bilan ham harakterlanadi.
Eritrositlar umuman oval shaklda bo'lib, ularning sitoplazmasi och qizil (pushti) rangga bo'yalgan. Eritrositlarning markazida kuchli bo'yalgan oval shakldagi o'zagi joylashadi. Eritrositlar orasida
leykositlarning to'q bo'yalgan o'zaklari ko'rinadi.
2-preparat
Ushbu preparatda nerv hujayralaridagi to'rsimon apparat tuzilishining o'ziga hosliklari, shuning bilan birga bu apparatni aniqlashning impregnasiya usuli bilan tanishamiz. Bunda o'zak karmin bilan qo'shimcha bo'yalgan.
Bu yerda pufakchasimon o'zakli yirik hujayralarni ko'ramiz. Qo'llanilgan bo'yash usulida nerv hujayralaring o'zaklari tiniq, gomogen bo'lib ko'rinadi va o'zakchadan boshqa hech qanday strukturalar ajralib turmaydi;ammo o'zakcha juda aniq ko'rinib,karmin bilan qizil rangga bo'yalgan. Yuzaroq kesilgan ba'zi hujayralarda o'zak kesimga tushmagan. O'zak va o'zakchali hujayrani tanlab olib, undagi qoramtir torni ko'ramiz, katta obyektivda o'rganamiz va chizib olamiz. Nerv hujayralarida to'rsimon apparat qalin to'r harakteriga ega, u o'zakni hamma tomondan o'rab turadi ba deyarli
butun sitoplazma bo'ylab tarqalgan. Kesmada Golji apparati to'rining alohida-alohida ayrim qismlari ko'rinadi,ular o'rtasida aloqa mikrometrik vintni xoli zonasi bor. O'zakni to'lig'icha o'rab oluvchi to'r harakteridagi apparat faqat nerv hujayralarida uchraydi.
Download 3.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling