Mavzu: Hujayra va organellelarning morfologik jihatdan tuzilmaviy asosi


Download 0.49 Mb.
Sana18.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1098344
Bog'liq
6 mavzu

Mavzu: Hujayra va organellelarning morfologik jihatdan tuzilmaviy asosi


Reja:
1.Hujayraning tuzilishi va oʻrganilishi
2.Hujayra organellalari
3.Hujayralarning shakli va vazifalari
4. Xulosa
Hujayraviy tuzilish haqidagi tushunchalar rivojlanishining dastlabki davrlaridanoq hujayra bilan organizmning bir butunligi haqidagi muammo paydo boʻlgan. Bu muammoning yechimi 2 yoʻnalishda rivojlandi,mexanistik tushunchalarga koʻra individning hayot faoliyati oʻz vazifasini bajaruvchi hujayralar yigʻindisidan iborat.
Vitalistik konsepsiya nuqtai nazaridan esa organizmning maqsadga muvofiq yashashi sifat jihatidan oʻzgacha ("yaxlitlik qismlarning yigʻindisiga teng emas") va "hayotiy kuch" ga bogʻliq deb tushuntirilgan.
Hujayraning mitotik boʻlinishini, hujayra organoidlarining kashf etilishi, keyinchalik esa biokimyo
va molekulyar biologiyaning rivojlanishi tufayli hujayraning strukturasi va funksiyasi tirik tabiat iyerarxiyasida hujayraviy pogʻonaning mavjudligi haqidagi tushunchalarning shakllanishiga olib keldi. Zamonaviy Hujayra nazariyasi koʻp hujayrali organizmlarni muayyan vazifani bajaradigan va bir-biriga taʼsir koʻrsatib turadigan hujayralardan tashkil topgan murakkab, integratsiyalashgan sistema sifatida eʼtirof etadi.
Organizm qancha murakkab tuzilgan boʻlsa, uning bir butunligi shuncha aniq namoyon boʻladi.
Hujayraning asosiy strukturaviy elementlari shakllangan yadroga ega boʻlgan eukariot organizmlar hamda yadrosiz prokariotlar uchun ham tegishli. Mustaqil hayot kechirishga moslashmagan hujayra parazitlari hisoblangan viruslarning mavjudligi tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi universal ekanligini koʻrsatadi.
Tirik organizmlar hujayraviy tuzilishining mushtarakligi hujayralarning kimyoviy tarkibi va metabolitik jarayonlarning oʻxshashligi bilan ham tasdiqlanadi. Nuklein kislotalar va oqsillar kabi muhim hayotiy komponentlar, ularning hosil boʻlishi va almashinib turishi barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal xarakterga ega.
Keyingi 150 yildan ortiqroq davr mobaynida hujayrani oʻrganish yanada chuqurlashib bordi. Hujayradagi barcha asosiy organoidlarning maʼlum vazifani bajarishga moslashganligi aniqlandi; elektron mikroskop yordamida hujayraning yanada nozikroq boʻlgan ultrastrukturalari oʻrganildi; ularning molekulyar tuzilishi ochib berildi
Hujayra alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi
Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalgr
Ayrim manbalarda hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik hujayrada boʻladigan membrana strukturalari — mikronaychalar, mikrofibrillalar hujayra shaklining; hujayra kiritmalari hujayra tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.
Hujayra ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham hujayrada sintezlanadi. Hujayraning har qaysi organoidi faqat unga xos vazifani bajaradi. Masalan, eukariotlarda hujayraning nafas olishi faqat mitoxondriyalar membranalarida, oqsil sintezi — ribosomalarda kechadi
Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning hujayrastrukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (konveyer prinsipi)ni taʼminlaydi. Hujayraga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi
Ixchamlik prinsipi ayniqsa DN K strukturasi uchun xos. Masalan, odam tuxumhujayrasining 61012g keladigan DNK si organizm uchun xos boʻlgan barcha oqsillarni kodlaydi. Hujayra ichida ionlarning muayyan konsentratsiyasi saqlanadi.
Hujayra muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega.
Oʻsimlik hujayrasi hujayra membranasi sirtidan qattiq qobiqbn qoplangan (qobiq jinsiy hujayrada boʻlmaydi).
Xulosa qilib aytganda,hujayra organellelari hujayra uchun eng zarur hisoblanadi. Ular hujayra hayotining asosini tashkil etadi.
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling